Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Talabalarni rag‘batlantirish


Download 1.45 Mb.
bet27/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Talabalarni rag‘batlantirish

Turli mualliflar oliy о‘quv yurtiga kirish motivlarini turlicha nomlaydilar, bu ushbu masalani о‘rganishga qaysi tomondan yondoshilyotganligiga, shuningdek mamlakatda sо‘ngi vaqtda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy о‘zgarishlarga bog‘liq. Biroq, ijtimoiy hayot har qanday bо‘lganda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmaydigan, muntazam namoyon bо‘ladigan ayrim motivlarni kо‘rsatish mumkin.
Oliy о‘quv yurtiga kirishning asosiy motivlariga quyidagilar kiradi:

  • Talaba yoshlar davrasida bо‘lish istagi;

  • Kasbning yuksak ijtimoiy ahamiyati va u qо‘llaniladigan sohaning kengligi;

  • Kasbning manfaatlarga va moyilliklarga mos kelishi hamda uning ijodiy imkoniyatlari;

Talaba yigitlar va talaba qizlarning bilim olishga intilishlarida ham farqlar mavjud. Talaba qizlar kо‘pincha kasbning ijtimoiy ahamiyati, qо‘llaniladigan sohaning kengligi, katta shaharlarda va yirik ilmiy markazlarda ishlash imkoniyati, talabalik badiiy uyushmalarida ishtirok etish istagi, kasbda yaxshi moddiy ta’minlanish imkoniyatlariga e’tibor qaratadi. Talaba yigitlar esa tanlanayotgan kasb ularning qiziqishlari va moyilliklariga mos kelishini, oilaviy an’analarni davom ettirishga imkon berishiga urg‘u berishadi.
Talabalarda yetakchi о‘quv motivlari “kasbiy” va “shaxsiyobrо‘”, “amaliy”, “о‘rganish” motivlarga farqlanadi. О‘qishning turli vositalarida yetakchi motivlarning kurslari о‘ta boshlaydi. Birinchi kursda yetakchi motiv “kasbiy”, ikkinchi kursda “shaxsiyobrо‘” asosiy о‘ringa kо‘tariladi. Uchinchi va tо‘rtinchi kurslarda bu ikki motiv birlashib ularga “amaliy” motiv ham qо‘shiladi.
A.I.Gebos talabalarda о‘qishga ijobiy motivatsiya shakllanishiga imkon yaratuvchi omillarni (sharoitlarni) ajratib kо‘rsatgan:
- О‘qishning eng yaqin va yakuniy maqsadlarini anglash;
- о‘zlashtirilayotgan bilimlarning nazariy va amaliy ahamiyatini anglash;
- о‘quv materialini bayon qilinishining hissiy kо‘rinishi;
- ilmiy tushunchalarni rivojlantirishda “istiqbolli yо‘llar”ning kо‘rsatilishi;
- о‘quv faoliyatining kasbga yо‘naltirilganligi;
- о‘quv faoliyati tuzilmasida muammoli vaziyatlarni yaratuvchi vazifalarni tanlash;
О‘quv guruhida qiziqish va “о‘rganuvchi psixologik iqlim”ning mavjudligi47.
О‘quv motivatsiyasi bо‘yicha boshqa bir mutaxassis P.M.Yakobson о‘quv faoliyati motivlari bо‘yicha boshqacha tasniflashni tavsiya etadi. U о‘quv faoliyati motivlarining birinchi kо‘rinishini “salbiy motivlar”, - deb ataydi. U о‘quvchilarning muayyan noqulayliklar va kо‘ngilsizliklarni anglash asosida yuzaga keladigan sabablarni mana shunday motivlar jumlasiga kiritadi. Bu motivlar ota-onadan tanbeh eshitish va boshva h.k holatlarda vujudga keladi. Mohiyatiga kо‘ra, bunday motivga asoslangan о‘qish biron bir xohishsiz bilim olishga qiziqishning yо‘qligi va о‘quv muassasasiga borishdan bosh tortish bilan birgalikda kechadi.
О‘quv faoliyatiga motivlarning ikkinchi turi ham о‘qishdan tashqari vaziyat bilan bog‘liq, ammo ular о‘quvchiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘quvchiga jamiyat ta’siri unda burch hissini shakllantiradi va bu his о‘quvchini oliy ma’lumot olishga, shuningdek kasbiy bilimga ega bо‘lishga hamda о‘z mamlakati va oilasi uchun foyda keltiruvchi tо‘laqonli fuqaroga aylanishga undaydi.
Motivatsiyaning uchinchi kо‘rinishi о‘quv faoliyati jarayoning о‘zi bilan bog‘liqdir. Bular о‘quvchini о‘qishga, bilimlarga bо‘lgan etiyojiga, qiziquvchanlikka, yangi narsalarni bilishga undaydi. О‘quvchilar yangi materialni о‘zlashtirishda о‘z bilimlari о‘sayotganligidan qoniqish oladilar. О‘qish motivatsiyasi о‘rganishning barqaror manfaatlarini aks ettiradi48.
V.Y.Kikot va V.Y.Yakunin о‘qitish va bilim olish maqsadlarini ajratib kо‘rsatishadi. О‘qitish maqsadlari tashqaridan beriladi hamda ijtimoiy talablar va qadriyatlarni ajratib kо‘ratadi. О‘qish maqsadlari shaxsning oldingi tajribasi asosida shakllangan individual ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ikkala maqsad ham eng yaxshi holatda bir-biriga mos tushunishi mumkin. Buning uchun esa о‘qitish maqsadlari individual motivlar tuzilmasida о‘z aksini topishi lozim49.
Ushbu barcha motivatorlar bir-biri bilan turlicha munosabatda turadi va о‘qishga turlicha ta’sir kо‘rsatadi, shu bois murakkab motivatsiya tuzilmasining ushbu barcha bо‘g‘inlari har bir о‘quvchi uchun qanchalik ahamiyatga egaligini aniqlagan holda о‘quv faoliyati motivlari tо‘g‘risida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lish mumkin.
О‘quv faoliyatining motivlari tashqi va ichki motivlarga bо‘linadi. Tashqi motivlar – о‘zlashtirilayotgan bilimlar va bajarilayotgan faoliyatga bog‘liq emas, mazkur holatda о‘qish о‘quvchi uchun boshqa maqsadlarga erishish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Masalan, о‘quvchi matematikani yoqtirmaydi va psixolog bо‘lishni orzu qiladi. Ammo matematikani yaxshi о‘zlashtirmasdan universitetning psixologiya fakultetiga kira olmasligini u yaxshi biladi. Psixolog bо‘lish istagi о‘quvchini matematika bilan jiddiy shug‘ullanishga majbur etadi.
Ichki motivatsiyada – muayyan fan bilan bog‘liq bо‘lgan о‘rganish qiziqishi asosiy motiv bо‘lib xizmat qiladi. Mazkur holatda bilimlar olish qandaydir boshqa maqsadlarga erishish vositasi emas, balki maqsadning о‘zi sifatida namoyon bо‘ladi50.
Masalan, talaba muayyan fanni aytaylik fizika yoki ximiyani qandaydir boshqa maqsadlar, ya’ni shu sohada buyuk mutaxassis bо‘lish, lavozimga kо‘tarilish uchun emas, balki fanning о‘zi qiziqarli bо‘lgani uchun о‘rganiladi. Ichki motivatsiyaning belgilovchi alomati faoliyat subektining faoliyatning о‘ziga uning ma’nosini tushungan holda bajarishga intilishi о‘z oldiga qiyin vazifalarni qо‘yish hamda ularni hal qilishga intilish, ularni hal qilish jarayonidan, yangilikni о‘rganishidan, yaratuvchanlik faolligidan qoniqish olishga intilishdir51.
Bu о‘quvchilarda о‘qishga ma’no baxsh etadigan, о‘quv faoliyatining о‘zini esa о‘quvchi yoki talaba uchun muhim maqsadga aylantiradigan motivlarni shakllantirish yо‘lidagi eng muhim bosqichdir. Aks holda muvaffaqiyatli о‘qishning imkoni bо‘lmay qoladi. О‘qishga rag‘bat taa’sufki, о‘z-о‘zidan juda kam paydo bо‘ladi. Aynan shu bois bunday motivatsiyaning shakllanishi uchun va ular uzoq vaqt davomida mahsuldor о‘quv faoliyatini ta’minlash hamda saqlab turishi uchun turli usullardan foydalanish zarur. О‘quv faoliyatiga motivatsiyaning shakllantirishning usullari va yо‘llari anchagina kо‘p sonlidir. Quyida biz bulardan eng kо‘p tarqalganlarini keltirib о‘tamiz.

  • Qiziqarli vaziyatni yaratish – bu о‘quvchilar e’tiborini jalb qiladigan va о‘rganilayotgan fanga qiziqish uyg‘otadigan qiziqarli va g‘aroyib tajribalarni hayotiy misollarni aql doirasiga sig‘maydigan hodisalarni о‘quv mashg‘ulotiga joriy qilish jarayonidir.

  • Hissiy kechinmalar – bu mashg‘ulotlar chog‘ida g‘ayri oddiy dalillar keltirish va tajribalar о‘tkazish yо‘li bilan yaratiladigan kechinmalardir. U bayon qilinayotgan mavzuning kо‘lamliligi va beqiyosligi bilan ham yuzaga keltiriladi.

  • Tabiiy hodisalarning ilmiy va hayotiy talqinlarini taqqoslash – bu shunday usulki, unda qandaydir ilmiy dalillar keltiradi hamda kishilar hayot tarzidagi о‘zgarishlar bilan solishtiriladi, bu esa о‘quvchilarda kо‘proq qiziqish va bilish istagini vujudga keltiradi, chunki bular voqelikni aks ettiradi.

  • О‘rganish munozarasi vaziyatini yuzaga keltirish – bu usul bahs doimo о‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni orttirishga asoslanadi. О‘quvchilarni ilmiy munozaralarga jalb qilish ularning bilimlarini chuqurlashtirishga imkon yaratadi, ularning e’tiborini о‘ziga tortadi hamda bahs qilinayotgan masala bо‘yicha qiziqish va masalaning tagiga yetish istagini uyg‘otadi.

  • О‘qishda muvaffaqiyatvaziyatini yaratish – ushbu usul о‘qishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgan о‘quvchilarga nisbatan qо‘llaniladi. Mazkur usul quvonchli kechinmalar о‘qishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga imkon yaratishiga asoslangandir.

Sanab о‘tilgan usullardan tashqari о‘qishga motivatsiyani yuksaltirish uchun boshqa usullar ham mavjud. О‘quv materialini muhim kashfiyotlarga va yutuqlarga bog‘lash, yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratish ana shunday usullardan hisoblanadi. Shuningdek, ijobiy va salbiy о‘rganish motivatsiyalari ham mavjud (yuqoriroqdagi ijobiy va salbiy motivatsiyalarga ham qarang)52.
Ayrim olimlar о‘quv faoliyatining mazmuni hamda о‘quv materialining mazmuni о‘quvchilar motivatsiyasiga ulkan ta’sir kо‘rsatishini ta’kidlaydilar. Bundan о‘quv materiali qanchalik qiziqarli bо‘lsa va о‘quvchi/talaba faol о‘quv jaryoniga qancha kо‘proq jalb qilinsa, uning ushbu jarayonga motivatsiyasi yuksaladi degan fikr kelib chiqadi.
Kо‘pincha motivatsiyani yuksalishiga ijtimoiy motivlar ham ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, jamiyatga foydali bо‘lishga intilish, jamiyatda muayyan maqomga ega bо‘lish, obrо‘ orttirish istagi ana shular jumlasidandir. Kо‘rinib turgandek, maktab о‘quvchilari va oliy о‘quv yurti talabalarining о‘qishga rag‘batini yuksaltirish uchun о‘ta turli-tuman usullardan foydalanish mumkin. Biroq, ushbu usullar doimo har-xil bо‘lishi lozimligini tushunish muhimdir. Ayrim holatlarda jamoaviy motivatsiyalarga urg‘u berish zarur. Masalan, guruhdagi har bir о‘quvchidan u yoki bu masalada о‘z fikrini bayon qilishni sо‘rash, о‘quvchilarni munozaralarga chorlagan holda ularning qiziqishi va faolligini kuchaytirish mumkin. Boshqa holatllarda har bir о‘quvchining о‘ziga hosligini hisobga olish, ularning xatti-harakati va ehtiyojlarini о‘rganish zarur. Kimgadir о‘z tadqiqotini о‘tkazish va bu haqda ma’ruza tayyorlash yoqishi mumkin. Bu uning о‘zini namoyon etish ehtiyojini qondiradi. Kimgadir о‘qish yо‘lida ilgarilayotganligini anglash zarur. Bunday holatda о‘quvchini maqtab qо‘yish uning salgina bо‘lsada oldinga siljiganini eslatib turish, dalda berish zarur. Bu muvaffaqiyat hissini va ushbu yо‘nalishda ilgarilash istagini vujudga keltiradi. Yana boshqa holatda о‘quvchilarda о‘zlari о‘rganayotgan fanning muhimligini anglash va bu bilan ularning qiziqishini orttirish uchun о‘rganilayotgan mavzu hamda voqea hayot о‘rtasidagi о‘xshashliklarni kо‘proq misol keltirish mumkin. О‘quvchilarning faol fikrlash jarayoni, о‘quv jvrvyonini о‘quvchilarining rivojlanish darajasiga mos ravishda olib borish hamda mashg‘ulotlar chog‘idagi hissiy iqlimga tayanish о‘quv faolligining shakllantirishning asosiy shakllaridir.
Motivatsiya usullari orasida о‘z-о‘zini motivatsiyalash usuli ham mavjud. Chunki, insonning biron narsaga intilishi va buning natijasida biron maqsadga erishishi faqatgina ish beruvchilar, о‘qituvchilar va atrofdagi boshqa kishilarning uni rag‘batlantirishiga emas, balki u о‘z- о‘zini mustaqil tarzda qanchalik rag‘batlanitira olishiga bog‘liqdir.




    1. Download 1.45 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling