Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
San’at va madaniyat xodimlarini axloqiy-ma’naviy meyorlar asosida rag‘batlantirish
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
San’at va madaniyat xodimlarini axloqiy-ma’naviy meyorlar asosida rag‘batlantirish
Mustaqillikdan sо‘ng О‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar san’at va madaniyatga tegishli о‘quv yurtlarida ham tub о‘zgarishlarni taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi bugungi san’at va madaniyat muassasalari faqat musiqa chalish, raqsga tushish va ashula aytishni biladigan mutaxassisga emas, balki muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga ijobiy motivatsiyaga ega bо‘lgan mutaxassisga muxtojdir. Mohiyatiga kо‘ra gap bu yerda madaniyat va san’at oliy о‘quv yurtlarida bilim olayotgan talabalarda hamda shunday о‘quv muasassalarini bitirib turli sohalarda ishlayotgan san’at va madaniyat xodimlarida kasbga munosabatni nafaqat moddiy muammolarni hal qilish vositasi sifatida emas, balki asosiy hayotiy qadriyat, ya’ni о‘z-о‘zini ijtimoiy namoyon etish vositasi sifatida shakllantirish tо‘g‘risida bormoqda. Bunga bо‘lg‘usi mutaxasislarning kasbiy motivatsiyasini yuksaltirishga asoslangan uzluksiz kasbiy ta’lim doirasida erishish mumkin55. Ma’lumki, motivlar bu faoliyatga undovchi kuch bо‘lib u doimo ichki va tashqi omillar ta’siri ostida shakllanadi. Aynan motivlar shaxs psixikasining boshqaruv vazifasining bir qismi bо‘lgan holda inson xatti-harakati va faoliyatining asosidir. B.F.Lomovning fikriga kо‘ra, shaxs psixikasining boshqaruv vazifasi unga о‘z olidiga maqsad va vazifalar qо‘yishga, motivlar topishga, qarorlar qabul qilishga(tanlovni amalga oshirishga) va maqsadlarga erishish uchun xatti-harakat usullarini ta’minlashga imkon beradi56. Albatti boshqaruvchilar (regulyatorlar) tashki va ichki boshqaruvchilar bо‘lishi mumkin. Tashqi va ichki omillarni (rag‘batlar, boshqaruvchilarni) farqlash rag‘bat ta’sir kо‘rsatadigan mustaqillik yoki nazorat darajasiga bog‘liq. Ichki motivlashgan xatti-harakat, masalan ashulla aytishga qiziqish butkul mustaqildir, chunki bu xatti-harakat faqat individual afzal kо‘rishlarga asoslanadi. Shu bilan birga har qanday faoliyatni ijtimoiy (tashqi) boshqaruvga muhtoj bо‘lgan munosabatlardan tashqarida tasavvur qilib bо‘lmaydi.О‘ziga munosabatlarning eng murakkab turidir, chunki u barcha tashqi boshqaruvchilarni о‘z-о‘zining boshqarishning shaxsiy mexanizmlariga, ya’ni ichki ehtiyoj va ishonchga fe’l atvor jihatiga aylantirishni taqozo etadi. Insonning ichki erkinligi kishilar faoliyati erkinligini boshqarish (shu jumladan, о‘z-о‘zini boshqarish) masalalari bilan о‘zaro bog‘liqlikda kо‘rib chiqilishi lozim. Shunga bog‘liq holda qadriyatli maqsadlar hamda qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy mas’uliyat ahamiyati ortadi.Biroq, mavjud hayotda inson xatti-harakati kо‘pincha ma’naviy emas, balki sodda, tajribadan kelib chiqadigan undovchi motivlar bilan farqlanadi. Psixologiyada motivatsiiya bilan farqlanuvchi qarorlarni qabul qilishni boshqaruvchi jarayonlarni о‘rganishning turli paradigmalari shakllangan. Mazkur fanda shaxs maqsadlari, qarorlar qabul qilish strategiyalari hamda shaxs tanlovlarining natijadorligi о‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Anglangan tanlov odatda shaxsning bir muncha barqaror о‘z-о‘zini boshqaruvchi mexanizmlari bilan belgilanadi. Qarorlar qabul qilish jarayonida ma’naviy qadriyatlar asosiy boshqaruvchidir. Chunki, aynan ma’naviy qadriyatlar inson butun ma’naviy olamining markazi bо‘lib, shaxsning boshqa boshqaruvchilariga, munosabatiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Axloq inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini boshqaradi. Chunki, oxir-oqibatda axloqning vazifasi alohida insonning fikrlari va harakatlarini yо‘naltirish-ku. Axloqningboshqaruv vazifasi tuzilmasini ajratib kо‘rsatish mumkin. U tо‘rtta vazifani: yо‘l kо‘rsatish, cheklash, bashoratlash va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Yо‘lga solish vazifasi – jarayonning muayyan yо‘nalishini tanlashdan iborat (buni orzular, qadriyatlar amalga oshiradi hamda bu maqsadlarni ishlab chiqishda foydalaniladi). Cheklash vazifasi – bu faoliyat chegaralarini belgilash (buni ma’naviy meyorlar va tamoyillar ado etadi). Bashoratlash vazifasi – bilimlar va hissiyotlar yoramida umuman jarayonni kо‘rishdan iboratdir. Nazorat vazifasi – faoliyat о‘zining borishiga zaruriy о‘zgarishlarni (agar zarurat bо‘lgan holatda) о‘zgarishlarini kiritish maqsadida tekshirishdan iborat57. Tashqi rag‘batlarni 4 guruhga: majburlash, о‘ziniki bо‘lmagan, cheklangan, mustaqil rag‘batlarga bо‘lish mumkin. Tashqi boshqariluvchi (majburiy) rag‘batlar. Bunday rag‘batlar tashqaridan tо‘liq nazorat ostida bо‘ladi. Agar talaba vazifani faqat shuni bajarib qо‘yib undan keyin sevimli telekо‘rsatuvini tomosha qilish uchun bajarayotgan bо‘lsa, uning xatti-harakati albatta tashqaridan bajarayotgan bо‘ladi. Ongsiz bajariladigan (о‘ziniki bо‘lmagan) rag‘batlar. Insonni u yoki bu harakatni ularning ma’nosini tо‘liq anglamagan holda bajarishga majbur etadigan muayyan qoidalar va talablar mavjud. Talabaga mavjud qoidalarga bо‘ysunish yoqmaydi. Ammo, agar ularni buzsa jazolanadi yoki о‘z aybini his qiladi. Bu ham tashqi va ichki rag‘batlar ziddiyatidir. Taqqoslashlar vositasida boshqariluvchi (cheklangan) rag‘batlar. О‘z xatti-harakatini о‘zi baholash va kо‘rsatmali nazorat qabul qilish. Masalan, talaba berilgan vazifadan kо‘proq vazifa bajaradi va bu о‘z-о‘zini rivojlantirish uchun zarur deb hisoblaydi. Umumlashtirish yо‘li bilan boshqariluvchi (mustaqil) rag‘batlar. Inson boshqa qadriyatlar bilan umumlashtirgan holda nima bilandir motivatsiyalashgan harakatning istalgan harakat ekanligini tо‘liq anglab yetdi. Kо‘rinib turganidek, kasbiy ta’limda subekt – subektli munosabatlar kasbiy motivatsiyaning tashqi omillari sifatida faoliyaning cheklangan va mustaqil boshqariluvchilari hukumronligini nazarda tutadi. Shu bois, tashqi boshqaruvchilarni talabalarni о‘zlari boshqa qadriyatlar bilan umumlashtiradigan, shuningdek talabalar tomonidan berilgandan kо‘proq vazifa bajarish vaziyatini yaratish oliy maktab о‘qituvchisining pedagogik maqsadi bо‘lishi mumkin. Bu maqsadlarga erishish uch omil bilan: qо‘llaniladigan о‘quv vazifalari; о‘qituvchininng obrо‘si; talabalarning say harakati natijasi sifatidagi baho (e’tirof) bilan yuzaga chiqadi. Ushbu barcha omillar о‘qituvchi tomonidan boshqarilishi mumkin, masalan u о‘z obrо‘sini mustahkamlashi, taklif etilayotgan vazifalarni hamda baholash usullarini о‘zgartirishi mumkin. О‘quv vazifalarining motivatsion ahamiyatini oshirishni quyidagi g‘oyalar asosida yuksaltirish mumkin: vazifalar о‘ziga xos har xil va talabalar uchun qiziqarli bо‘lishi lozim; vazifalar mustaqil hal qilish uchun bir necha kichik vazifaga bо‘linishi lozim; vazifalar rivojlanishga hamda kasbiy faoliyat yoki shaxsiy hayotda ishlatishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim58. Ijtimoiy madaniy va badiiy faoliyat sohasidagi kasbiy ta’lim umumiy qonunlarga bо‘ysunsada, ayrim о‘ziga xosliklarga ega. O.V.Stukalovaning ommaviy madaniyatning bostirib kelishi, ta’limning insonparvarlikdan uzoqlashuvi, talabalarning nazariy tayyorgarligi susayishi, о‘qituvchilar tarkibining qarib borayotganligi, о‘rganish qiziqishlari faqat tajribaga tayanib qolayotganligi, о‘qitish sifati monitoringining yuzakiligi, yuqori malakali kadrlarning ketib qolayotganligi madaniyat va san’at oliy о‘quv yurtlarining umumiy muammolari ekanligi borasidagi fikrga qо‘shilish mumkin59. Bundan tashqari badiiy ma’rifat vakili olamga о‘zining munosabatini u yoki bu shaklda (raqs, musiqa, ashulla va x.k.) malakali va mustaqil ifodalashi lozimligi bois u о‘zining asosiy fanidan (masalan, xoreograf uchun raqs) tashqari о‘z munosabatlarini namoyon etadigan estetik faoliyat maxsulotlarini (inson faoliyatining maxsulotlari, ijtimoiy jarayonlar, kishilarning ma’naviy olami, tabiiy hodisalarni) tushunishi, ularga о‘z munosabatini masalan, raqs kо‘rinishida ifodalab berishi lozim60. Shu bois salohiyatli badiiy ma’rifat vakili keng dunyoqarashga ega bо‘lishi hamda hissiy-qiyofali tafakkurga, tasavvurga qodir bо‘lishi zarur. Chunki, aynan madaniyat va san’at sohasidagi mutaxassis faoliyatining fanlari obektiv voqe’lik va insonning subektiv olami о‘rtasidagi vositachi bо‘g‘indir. Shunday qilib, kasbiy faoliyatni boshqarish, ahloqning boshqaruv vazifasini amalga oshirish muammolari madaniyat va san’at oliy о‘quv yurti talabalari uchun asosiy muammolardir. Albatta, madaniyat va san’at oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy motivatsiyasidagi faqat tashqi omillarni boshqarish bilan cheklanib bо‘lmaydi. Bu yerda shubhasiz о‘z-о‘zini boshqarish jarayonlari ham muhimdir, bularning samaradorligi esa, kasbiy muvafaqqiyat va faoliyatga shaxsiy qiziqishga bog‘liqdir. Kasbiy motivatsiyaning ichki omillarini tadqiq qilish о‘ta murakkab bо‘lib alohida kо‘rib chiqilishi zarur. Ushbu muammolarni hal qilish zaruratiDTSda belgilangan. Biroq, hali aksariyat о‘qituvchilar tomonidan tegishli tarzda mulohazadan о‘tkazilmagan. О‘qituvchilar mazkur ta’lim standartini hayotga aniq tadbiq etishlari lozim. О‘z navbatida madaniyat va san’at oliy о‘quv yurti о‘qituvchilari kasbiy (о‘quv, ilmiy) faoliyatga ijobiy motivatsiyaga ega bо‘lishi lozim. Mutaxassislar tomonidan oliy maktab о‘qituvchilari faoliyatini ijtimoiy nazorat qilishning о‘ziga xosliklari о‘rganib chiqilgan61. Biroq, о‘qituvchilar faoliyatidagi maqsad belgilash va cheklash vazifalarini amalga oshirishning о‘ziga xosliklari xanuzgacha kam о‘rganilgan mavzuligicha qolmoqda. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling