Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Iroda kuchini rivojlantirish


Download 1.45 Mb.
bet32/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Iroda kuchini rivojlantirish. Bu usul haqida kо‘p manbalarda qayd etilgan. Chunki, inson hayotiga iroda kuchining ta’sirini baholashning iloji yо‘q. Aynan kuchli iroda insonning rivojlanishiga, о‘z-о‘zini takomillashtirishiga va yuksak marralarni egallashga yordam beradi. U doimo kishiga о‘zini boshqarishga muammolar va holatlar bosimi ostida bukilib qolmaslikka, kuchli chidamli va qat’iy bо‘lishiga imkon yaratadi65.
Iroda kuchini rivojlantirishning eng oddiy va ayni vaqtda eng murakkab usuli о‘zida xohish yо‘q narsani bajarishga о‘zini majbur qilishdir. Aynan, qiyinchiliklarni bartaraf etgan holda“hohlamayman deb bajarish” insonni kuchliroq qiladi. Agar biron narsani qilgin kelmasa eng oson yо‘l bu ishni orqaga surish, keyinga qoldirishdir. Shu sababdan ham kо‘p kishilar о‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Qiyin holatlar yuzaga kelganda taslim bо‘lishadi. О‘z zaifliklariga iqror bо‘lishadi va о‘z dangasaliklariga ergashib yurishadi. Zararli odatlardan qutilish ham iroda kuchini toblashdir. Agar qandaydir odat sizdan ustun keyotganini his etsangiz bu odatdan voz keching. Dastlab qiyin bо‘ladi. Chunki, zararli odatlar sizning quvvatingizni toritib oladi. Biroq keyinchalik kuchayib borayotganingizni va odat sizning harakatlaringizni boshqarmayotganligini sezasiz. Iroda kuchi ni toblashni mayda narsalardan boshlang va asta-sekin murakkabroq narsalarga о‘ting. О‘z ishlaringiz rо‘yxatida esa eng og‘ir ishni tanlang va buni birinchi navbatda amalga oshiring. Oson ishlarni bajarishingiz yengilroq kechadi. О‘z iroda kuchingizni muntazam mashq qildirishingiz kо‘p о‘tmay о‘z natijalarini berishni boshlaydi. О‘z zaif tomonlaringizni, biron narsani uddalashingizda dangasalikni yenga boshlaganingizni his etasiz. Bu esa sizga kuch-g‘ayrat baxsh etadi.
Vizualizatsiya – (kо‘z oldiga keltirish). Kо‘z oldiga keltirish – bu usul о‘z motivatsiyasini yuksaltirish bо‘yicha ta’sirchan usullardan yana biridir. U istalayotgan narsani hayolda tasavvur qilishdan iborat66.
Bu usuldan foydalanish juda oson, sizni hech kim chalg‘itmaydigan qulay vaqt toping, qulayroq о‘tirib oling, о‘zingizni bо‘sh qо‘ying va kо‘zingizni yuming. Biroz vaqt shunchaki о‘tiring, nafas olishingizni kuzating. Bir tekis, xotirjam nafas olin. Asta-sekin о‘zingiz istayotgan narsa tasvirini tasavvuringizda kо‘z oldingizga keltirishni boshlang. Bu tо‘g‘rida shunchaki о‘ylamang. Balki, gо‘yoki sizda bor deb tasavvur qiling. Agar siz juda yangi avtomobilga ega bо‘lishni hoxlasangiz siz unda о‘tirganingizni, kalitni burayotlagingizni, rulni ushlayotganingizni, gaz berayotganingizni va joyingizdan qо‘zg‘alayotganingizni tasavvur qiling. Agar siz о‘zingiz uchun muhim bо‘lgan biron joyda bо‘lishni istasangiz о‘zingizni о‘sha yerda deb tasavvur qiling va u yerdagi barcha mayda-chudalarni, atrof-muhitni, о‘z hissiyotlaringizni kо‘z oldingizga keltirishga uring. Kо‘z oldingizga keltirishni 15-20 daqiqa davom ettiring.

Bu ishni nihoyasiga yetgach sizda о‘z maqsadingizga erishish uchun nimanidir tezroq boshlash istagi tug‘ilganligini his qilasiz. Vizualizatsiyaning har kunlik amaliyoti sizga hammadan kо‘ra kо‘proq nimani hoxlashingizni doimo eslatib turishingizga yordam beradi. Eng muhimi doimo nimadir qilish uchun doimiy quvvatga egsha bо‘lasiz. Motivatsiyangiz doimo yuksak darajada bо‘ladi. Demak, istayotgan narsangiz kundan-kunga sizga yaqinlasha boshlaydi.
О‘z-о‘zni motivatsiyalash tо‘g‘risidagi mulohazalarni nihoyasiga yetkazar ekanmiz bu о‘z-о‘zini rivojlantirish va shaxsiy yuksalish yо‘lidagi eng muhim bosqich ekanligini ta’kidlash joiz. Chunki, atrofimizdagi kishilar bizda biron narsani amalga oshirishga undayvermaydi. Inson hamma narsani о‘zi qilishga, о‘zi uchun yо‘l topishga, о‘zining kuchli va zaif tomonlarini о‘rganishga hamda har qanday vaziyatda oldinga intilish yuksak marralarni egallash, belgilangan maqsadlarga erishiish istagini о‘zida uyg‘ota olishi boshqalardan rag‘bat kutishga nisbatan ancha yaxshiroqdir.


XULOSA
О‘quv qо‘llanmada keltirilgan nazariy g‘oyalar, qarashlar, amaliy kuzatuvlar natijasida xodimlarning kasbiy motivatsiyalari takomillashtirish bо‘yicha quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin:


  1. Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling