Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Malaka va kо‘nikmalarning turli tumanligini ta’minlash


Download 1.45 Mb.
bet33/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Malaka va kо‘nikmalarning turli tumanligini ta’minlash. Mehnatni boyitish deyilganda insonga yuksalish, ijod qilish, mas’uliyatli bо‘lish, о‘zini namoyon etishga imkon beradigan ish taqdim etishni, rejalashtirish, asosiy va ba’zan oraliq mahsulot sifati ustidan nazorat qilishning ayrim funksiyalarini unga yuklashni nazarda tutadi.

  • Ishning yaxlitligini ta’minlash. Mehnat funksiyalarining kengaytirish deyilganda xodim ishiga turli tumanlik bahsh etish, ya’ni bir xodim bajaradigan amaliyotlar sonini oshirish nazarda tutiladi.

  • Ishning muhimligini orttirish. Agar xodim uning mehnat natijalari qay tarzda ishlatilishini bilsa u о‘z ishining muhimligini his qila boshlaydi, bu esa uni ishni sifatli qilib tezroq bajarishga undaydi.

  • Mustaqillikni kо‘paytirish. Ish boshqaruvchining ishi muhimlik darajasi turlicha bо‘lgan ishlarni bajarishdan iboratdir. Ayrim quyi darajadagi boshqaruv vazifalarini xodimlarga berish ikkiyoqlama samara keltiradi – ish boshqaruvchi bir muncha muhimroq vazifalarga kо‘proq e’tibor qaratadi va bir vaqtning о‘zida xodimlar motivatsiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

  • Qayta aloqani kuchaytirish. Qayta aloqa faoliyatga yoki о‘tkazilayotgan siyosatga munosabat sifatida belgilanadi. Qayta aloqa ichki, ya’ni ishning о‘zidan paydo bо‘ladigan munosabat va tashqi, ya’ni iste’molchi mahsulotning sifati haqida ijobiy munosabat bildirganda, yoki xodim kо‘pchilik oldida maqtab qо‘yilganda sodir bо‘lishi mumkin.

  • Maqsadlar belgilash yoki maqsadli boshqarish maqsadga erishish yо‘llarini tо‘g‘ri belgilagan holda aniq qо‘yilgan maqsad xodim uchun rag‘batlantiruvchi vosita bо‘lib xizmat qilishini anglatadi.

  • Mehnat sharoitlarini yaxshilash – bugungi kunning eng keskin muammolaridan biridir. Mehnat sharoitlari na faqat ehtiyoj balki muayyan darajada jon kuydirib ishlashga undovchi motiv ham bо‘lib bir vaqtning о‘zida mehnat unumdorligi va uning samaradorligining natijasi bо‘lishi mumkin. Ish joylarini bezash uchun turli vositalardan foydalanish ham bu yerda ishlovchilarga yaxshi rag‘bat bо‘lishi mumkin.


  • Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling