Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifl, tavsifi va baholanishi
Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni belgilangan muddatlarda tugatilishi va buyurtmachilarga topshirilishida muhim omillardan biri bo‘lib qurilish tashkilotlarida turli xildagi hamda tegishli miqdordagi materiallarning mavjudligi hisoblanadi. Ularga qurilish materiallari, yoqilg‘i, moylash materiallari, xo‘jalik inventarlari va boshqalar kiradi.
Qurilish tashkilotlariningmoddiy ta’minotbo‘limlari materiallarni o‘z vaqtida va kerakli miqdorda kelib tushishini ta’minlashlari, moddiy javobgar shaxslar esa ularning butligini va sifatini buzmasdan saqlashlari hamda qurilish maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda yetkazib berishlari lozim.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning holati va harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini ta’minlash, bu boyliklarning sintetik va tahliliy hisobini yuritish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida berish kabi muhim vazifalar yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallarni turli belgilari bo‘yicha tasniflash va tavsiflash mumkin. Materiallar hisobini to‘g‘ri yuritishda, ayniqsa, ularni quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘ linadi.
Asosiy materiallar deganda obyektlarni qurish, montaj qilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi. Ulaiga sement, g‘isht, taxta, bolar, armatura, truba, linoleum, marmar, granit, mix, oyna, ohak, bo‘yoq, gips va shu kabi ko‘plab boshqa materiallar kiradi. Ushbu materiallarsiz qurilish ishlarini olib borib bo‘lmaydi. Shu bois ham ushbu asosiy materiallarning mavjudligi, ularning butligi, harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish buxgalteriya hisobi oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |