Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Amaliy mashg’ulotlar materiallari SAMARQAND – 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI M. ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI “QURILISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI «QURILISH JARAYONLARI, BINO VA ISHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI» fanidan O´QUV USLUBIY MAJMUA Ta’limda innovatsion texnologiyalar 5. Amaliy mashg’ulotlar materiallari SAMARQAND – 2023 1-Mashg`ulot . Vaqt va ishlab chiqarish me`yorlarini aniqlash. Ishchilarga haq to`lash. Mashg`ulot maqsadi : Talabalarni ishchilarning samarali mehnat faoliyati ko`rsatkichi, mehnat unumdorligi, ish vaqti va mehnat sarfi me`yorlari bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, ishchilarni mahsulot ishlab chiqarish meyorini aniqlash bo`yicha fanni o`rganish natijasidagi nazariy bilimlarini mustahkamlaydi. Ushbu mashg`ulot boshlangunga qadar talabalar “ Qishloq qurilishi ishlab chiqarish texnologiyasi “ fanining “Texnikaviy va tarifli me’yorlash” bo`limi ma’ruzalarini yaxshi o`rgangan bo`lishlari zarur. 1.1-Masala. “3 kishilik” g`isht teruvchilar zvenosining smena davomidagi ishdab chiqargan mahsuloti miqdori (ishlarni bajarish hajmi) quyidagi sharoitda hisobalansin: Devor o`rtacha murakkablikda hamda suvaladi. Devor qalinligi (eni) 1,5 g`isht. Yechilishi: Mehnat sarfi - bu yuqori sifatli qurilish mahsulotlari birligiga sarflanadigan mexnatdir. Mahsulot ishlab chiqarish me’yori mehnat sarfi me’yoriga teskari proporsional bo`lib , mehnat sarfi qancha kam talab qilsa, mahsulot ishlab chiqarishi shuncha ko`p buladi. Bir necha ishchining smena davomida ishlab chiqargan mahsuloti me’yori quyidagi formula orqali aniqlanadi: Nm.i.ch. = tsm· n / Hm.s (1.1) Bunda: tsm - mahsulot ishlab chiqarish ish smenasining davomiyligi (soatda), tsm =8.2 soat, n - zvenodagi ishchilar soni, n = 3 kishi, Hm.s - 1m3 g`isht terish uchun (misolimizdagi shart uchun) mehnat sarfi, kishi-soat [4], Hm.s =3.7 kishi-soat U holda Nm.i.ch = 8,2·3 / 3,7 = 6.64m3 Maxsulot ishlab chiqarish me’yori o`lchov birligi har bir ishning natural o`lchamida (m3, m2 ,100m2,1000m3, 1000 dona va xokazo) belgilanadi. Yuqoridagi masala oddiy jarayon uchun edi. Endi murakkab jarayon uchun navbatdagi masalani o`rganamiz. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling