Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- Mashg`ulot. Tosh-g`isht terish ishlari hajmini hisoblash . 9-rasm . Binoning tarxi Mashg`ulot maqsadi
- 3.1 – Masala
- 3.2-Masala.
Nazorat savollari:
1. Maydonni tekislashda «Nol balansi» degani nima ? 2. Gruntning tabiiy kiyalik burchagi nima va u kanday aniklanadi ? 3. Tabiiy (kora ) satx (otmetka) nima va kanday aniklanadi ? 4. Loyixa (tekislash yoki kizil) satx nima va kanday aniklanadi ? 5.Ishchi satx nima? « Nol ishlari» chizigi nima ? 6.Gruntning yumshatilish koeffisiyenti nima va necha xil buladi ? 7.Ekskavator ish joyi (zaboyi) nima va kanday turlari mavjud ? 8.Ekskavatorning ishlash radiusi nima ? 9.Ekskavator sikli deganda nimani tushunasiz va u kanday jarayonlar majmuasidan iborat ? 10.Avtoagdargich (samosval) ning ish sikli nima va u kanday jarayonlar majmuasidan iborat ? 3- Mashg`ulot. Tosh-g`isht terish ishlari hajmini hisoblash. 9-rasm . Binoning tarxi Mashg`ulot maqsadi: Talabalarning fanning g`isht-tosh terish ishlarini bajarishda ish hajmlarini aniqlash, ishlarni bajarish uchun mehnat sarfini, ishchilar tarkibini, ishning davomiyligi, ya’ni muddatitni aniqlashlari zarur. Quyidagi masalalarni yechishga qadar talabalar g`isht-tosh ishlari, g`isht teruvchilarning ishi va ish o`rni (joyini) tashkil etish bo`yicha nazariy bilimga ega bo`lishlari lozim. 3.1 – Masala. Balandligi 5 qavat, qavat balandligi 2,8 m, devor qalinligi 1,5 g`ishtli o`rtacha murakkablikdagi, tashqi devor choklari pardozlanadigan, ichki devorlari suvaladigan turar joy binosi g`isht terish ishlari hajmi aniqlansin, mehnat sarfi hisoblansin , g`isht teruvchilar soni aniqlansin, zvenolarga bo`lib, ularning smena davomida ish bajarish bo`lak (bo`linma-delyanka) lari aniqlanib, sxemaga joylashtirib chizilsin. Binoning tarxi 9 - rasmda keltirilgan. Shartli ravishda binoning o`xshash (tipavoy) kavatida g`isht terish ishlari 3 kun davom etadi deb olinsin. O`xshash qavat g`isht terish ishlari hajmi quyidagi jadvalga asosan hisoblanadi.
Jami:173.79 m3 G`isht terish ishlari uchun mehnat sarfi yagona me’yorlar va narxlar (YeNiR)ning 3-to`plami E3-3§ ga asosan quyidagicha hisoblanadi. - jadval
Jami: 88,07 ish-kuni G`isht teruvchi ishchilar brigadasi sonini aniqlaymiz. Aniqlangach ularni zvenolarga bo`lib, ularning ish bo`laklari kamrov (zaxvatka)ga tarqatilib chiqiladi. Qurilayotgan binoning balandligi 2,8 m bo`lganligi uchun ushbu balandlik ikki yarus (pog`ona)ga bo`linadi, ya’ni 1,2 m dan bo`lgan balandlik asosiy so`rilarda turib terilsa, qolgan 0,4m balandlik so`richa ustida bajariladi. Ish smenasi davomida ishlayotgan g`isht teruvchilar brigadasi soni quyidagicha topiladi: N = T / m· a·Ku·P =88.07 / (1· 2 ·3 ·1.2) = 12.23 ≈12 kishi, bunda: T – bir qavatdagi g`isht terish ishlari uchun umumiy mehnat sarfi (1 - jadvaldagi) , ishchi-kun; m - bir qavatdagi qamrovlar soni; Ku- qamrovda ish davom etish smenasi; P- gisht terish ishlarini me’yorini ortig`i bilan bajarish 120% yoki rejaviy koeffisiyenti, P=1,2. Zvenodagi g`isht teruvchilar soni , ularni qamrovda joylashishi g`isht devor qalinligi, murakkablik darajasiga va ish bajarish usuliga bog`likdir. Qalinligi 1,5 (380 mm) g`ishtli tashqi va ichki devorlarni terish uchun ikki kishidan iborat «ikki kishilik» zveno qabul qilamiz. Ular bajaradigan ishning solishtirma hajmi quyidagiga teng, (90.92+36.75) / 173.79·100% = 73.46% Qalinligi 1,0 va 0,5 g`ishtli ichki pardadevorlarni ham «ikki kishilik» zveno bajargani samaralidir, uning solishtirma ish xajmi 26,54% ni tashkil etadi . Bajariladigan ish hajmiga va devor qalinligiga qarab, yuqoridagi ish taqsimotida g`isht teruvchi ishchilarni bo`linishini va zvenolar sonini aniqlaymiz. Qalinligi 1,5 g`ishtli ichki va tashqi devorlarni terishdagi g`isht teruvchilar soni: 12·0.735 ≈ 8 yoki 2 zveno , ya’ni 4 ta ishchi tashki va 4 ta ishchi ichki devorlarni teradi. Qalinligi 1,0 va 0,5 gishtli devor va pardadevorlarni terishda ishchilar soni: 12·0.265 = 3.18 ≈ 4 kishi yoki 2 zveno. Devorlar qalinligi va murakkabligiga qarab, har bir zveno uchun smena davomidagi ish fronti (bo`lak yoki bo`linma o`lchami) quyidagicha hisoblanadi: lb = (N· tsm·P ·Kpr) / H· δ ·h , m bunda: N-zvenodagi ishchilar soni, kishi; tsm -smena davomiyligi, soat; P- me’yorni ortigi bilan bajarish koeffisiyenti; Kpr-eshik va deraza o`rinlarini hisobga olish koeffisiyenti; δ - devor qalinligi, m ; H – qavat balandligi , m h-bir smena davomida ish bajarishda yarus (pogona) balandligi: Endi qalinligi 1,5 gishtli tashki choki tekislanadigan devorni terishda zveno uchun ish fronti, ya’ni bulinma ulchami «lb»ni topamiz, lb = (4· 8.2 · 1.2·1.2) / (4.2· 0.38 ·0.7) = 42.3 m Qalinligi 1,0 gishtli ichki suvaladigan devorni terishda zveno uchun ish fronti, ya’ni bulinma ulchami «lb» ni topamiz, lb= (2.8· 8.2·1.2 ·1.3) / (3.7· 0.25·0.7) = 39.51 ≈ 39.5 m Qalinligi 0,5 gishtli pardadevor terishda ish fronti, lb = (2 ·8.2 ·1.2 ·1.3) / (0.63· 0.125·0.7) = 48.34 ≈ 48.5 m. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda binoning rejasida devor va pardadevorlarni zvenolar smena davomida uzluksiz ishlashlari uchun ish fornti «lb» ni uzunligi belgilab chiqiladi. 3.2-Masala. Yuk ko`tarish qobiliyati 5 tonna bo`lgan KB-100 rusumli minorali kranning, yukni 15 m balandlikkacha uzatib berishni hisobga olganda ish smenasi davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur bo`lgan ishchilar soni aniqlansin. Quyidagilar shartli ravishda ma’lum: g`isht har biriga 200 dona g`isht joylashadigan tagdon bir ko`tarishda 2 tagdondagi 400 dona g`ishtni ko`taradi, qorishma hajmi 0,38 m3 bo`lgan qorishma quti (yashik) da ko`tarilishi mo`ljallangan. Devor qalinligi 1,5 g`isht bo`lib, o`rtacha murakkablikda suvaladigan devor. Tashqi devor hajmi umumiy koeffisiyenti Kt=0,71; ichki devorniki Ku=0,29; me’yorni orttirib bajarish koeffisiyenti R=1,15 Yechish: Tashqi va ichki devori g`ishtdan bo`lgan binolarni g`isht teruvchilari umumiy sonini quyidagi formula yordamida xisoblanadi: N= {2.5(Kt · Nms(t) + Ku·Nms(u) )} / {R(Nms(Fy) + 0,625· Nms(ku))} = 28 kishi bunda: 2,5-1000 dona gishtni xajmga aylantirilishi; R-g`isht terish me’yorini ortig`i bilan bajarilishi, R= 1,15 ; 0,625-1000 dona g`ishtni terish uchun zarur bo`lgan qorishma hajmi, m3 ; Nms(t) -1m3 tashqi devorni terish uchun mehnat sarfi, ishchi-soat. YaM va N (YeNiR) 3-to`plam § 3-3 dan olinadi; Nms(u)-1m3 ichki devorni terish uchun mehnat sarfi, ishchi-soat. YaM va N (YeNiR) 3- tuplam § 3-3 dan olinadi; Nms(Fy)- 1000 dona gishtni ish joyiga uzatib berish uchun mashina mehnati, ya’ni mash-soat YaM va N ning 1-to`plamidan olinadi; Nms(ku)-1000 dona g`ishtni terish uchun zarur bo`lgan qorishmani ish joyiga uzatib berish uchun mashina mehnati, mash-soat da YaMvaN ni 1-to`plamidan olinadi. Tashqi va ichki devor koeffisiyentlari quyidagicha topiladi, Kt=Vt / ∑v ; Ku= Vi / ∑v , bunda , Vt- tashki devor g`ishtlari hajmi (3.1-masala bo`yicha 90,92 m3 ); Ѵi- ichki devor g`ishtlari hajmi ( 3.1- masala bo`yicha 36,75 m3 ) ; Unda, Kt= 90.92 / 127.67 = 0.71; Ki= 36.75 / 127.67 = 0.29; Nms(t)= 4,2 kishi-soat; Nms(u)= 3,7 kishi-soat; Nms(Fy)= 0,167 mashina-soat; Nms(ku)= 0,239 mashina-soat. U holda kranning uzluksiz (to`xtovsiz) ishlashi uchun zarur g`isht teruvchilar soni: N= 2.5 (0.71·4.2 + 0.29 ·3.7) / [1.15 (0.167 + 0.625· 0.239)] = 28 ta gisht-teruvchilar 3.3-Masala: Har kuni g`isht tagdonlarda g`isht zavodidan tashib keltiriladi. Bir kunda 64 ming dona g`isht teriladi. Tashish masofasi 32 km. G`isht terish ishlarini to`xtatmasdan bajarishga nechta tagdon kerakligini topish talab qilinadi. Zavoddagi tagdonlar zahirasi quyidagicha: A) yuklangan tagdonlarni saklanish vaqti 3 soat ( qurilishga kerak bo`lgan g`ishtlar uchun); B) Bo`sh qaytayotgan tagdon vaqti 4 soat. Bitta tagdonga 200 dona g`isht taxlanadi. Bitta avtoag`dargichning yukni olib borishi va qaytish (sikli) 2 soat bo`lganda nechta tagdon kerakligini topish lozim. Avtomobilga n=7 ta tagdon sig`adi. Transport ikki smenada ishlaydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling