Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 0.5 Mb.
bet11/19
Sana02.12.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1780321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar

Nazorat uchun savollar.
1.G`isht-tosh terishning asosiy qoidalarini tushuntiring ? 2. Bir va ko`p qatorli terim deganda nimani tushunasiz ? 3. Zveno uchun ajratilgan ish bo`lagi (delyanka) qanday hisoblanadi ? 4. G`isht-tosh terish ishlari murakkabligi darajasi qanday aniqlanadi ? 5. G`isht teruvchi ish joyi, zonalari va o`lchamlari qancha ? 6. Yarus (pog`ona) deganda nimani tushunasiz ? 7. G`isht-tosh terishda qo`llaniladigan asbob-uskunalar necha guruhga bo`linadi va ularni izohlang ? 8. G`isht terishda ish unumining terim balandligiga bog`likligini tushuntiring?




10-rasm. Binoning ko`ndalang qirqimi.
1-mashgulot.
Beton va temirbeton ishlari hajmini hisoblash.
Mashg`ulot maqsadi: Talabalarning fanni beton va temirbeton ishlarini bajarishda ish hajmlarini hisoblashdan iborat. Buning uchun fanning nazariy qismi bo`yicha beton qorishmasini tayyorlash, tashish, joyiga yotqizish, zichlash va betonni parvarishlash bo`yicha to`liq bilimga ega bo`lishi shart. Natijada shu o`rganilgan bilimlarni puxta mustahkamlab o`zlashtiradi.
1.1-Masala. Sig`imi (yuklanishi) 375 litr bo`lgan beton qorishmani kam qo`zgaluvchan beton qorishmasi o`rniga qo`zgaluvchan beton qorishmasi tayyorlashga o`zgartilganda 1 soat davomidagi mehnat unumdorligini oshirish imkonini quyidagi shartlar bo`yicha hisoblansin: bunda beton qorishma betonni tashkil qiluvchilarni yuklash o`zgarmagan holda τyu = 15 sonini tashkil qilganda, qorishmani aralashtirish vaqti τa=120 soniyadan 100 soniyaga, beton qorishmasini to`kish esa τt=40 soniyadan 25 soniyaga qisqardi. Betonning chiqish koeffisiyenti β=0,67 ga teng.
Beton qorgichning 1 soat davomida bajarish sikllar soni, «n» quyidagicha: n1=15; n2=20
Yechilishi: Beton qorishmasini tayyorlash sikli davomiyligi τs ni (tashkil etgan jarayonlar yig`indisidan iborat) topamiz:
τs= τyu + τa + τt
U holda kam qo`zgaluvchi aralashma uchun :
τs=15+120+40=175 soniya τs=15+100+25=140 soniya.
Bir soat davomidagi aralashtirishlar soni:
n = 3600 / τs ;
Unda, n1 == 3600 / 175 = 20,53 ta n2= 3600 / 140 = 25,71 ta.
Beton aralashtirgichning bir soat davomidagi mehnat unumdorligi: Mun=V· β · n , m3/soat
bu yerda : Ѵa- aralashtirgich sigimi , m3 , β - betonning chiqish koeffisiyenti ; n- 1 soat davomida aralashtirgich bajaradigan sikllar soni. Topilgan va berilgan qiymatlarni qo`yib aniqlaymiz: Kam qo`zgaluvchan beton qorishmasini tayyorlashda beton qorgichning mehnat unumi,
Mun= 0.375· 0.64 ·21 = 5.02 m3/soat
Kuzgaluvchan beton tayyorlashdan beton korish mexnat unumdorligi,
Mun= 0.375· 0.67· 26 = 6.53 m3/soat
Endi mehnat unumdoroligini ortishini miqdorini aniqlaymiz: ∆ Mun= 6.53- 5.02 = 1.51 m3/soat; yoki
[ ( 6,53 - 5,02 ) : 6,53 ]·100%= 23% .

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling