Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 0.5 Mb.
bet2/19
Sana02.12.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1780321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar

1.2 – Masala. Har birining xajmi V=7,0 m3, qolip yuzasi F=21m2 va armatura sarfi Q=125 kg bo`lgan 41 dona temir-beton ustunlar osti qyma (yaxlit) poydevorlari quyish uchun mehnat sarfi, ishning davomiyligi va mahsulot ishlab chiqarish me’yori aniqlansin. Qoliplar yuzasi 2 m2 bo`lan tayyor shitlardan urnatiladi. Armatura massasi 20 kg gacha bo`lgan yassi to`rlar tarzida o`rnatiladi. Ishni 4 kishilik duradgor-betonchilar zvenosi bajaradi. Ish ikki smenada olib boriladi.
Yechilishi: 1.Qoliplarni o`rnatish va ajratib olish uchun mehnat sarfi yagona me’yor va narxlar (YaM va N-YeNiR) - §-4-1-34 ning 2-jadvaliga asosan hisoblanadi: A) Qolipni o`rnatish uchun mehnat sarfi: 0,51· 21· 41=439,11 kishi-soat . B) Kolipni ajratib olish uchun mexnat sarfi: 0,13· 21·41=111,93 kishi-soat 2.Armaturani o`rnatish uchun mehnat sarfi YaM va N § 4-1-44 ning 2-jadvaliga binoan xisoblanadi.
0,17 ·6·41=41,82 kishi-soat .
Izoh: Bunda har bir ustun osti poydevori uchun massasi 20kg gacha bo`lgan 6 dona yassi turli armatura o`rnatiladi, shundan 2 ta poydevor plitalari gorizontal va 4 ta yassi to`rli poydevor stakanga vertikal urnatilib, ular o`zaro po`lat sim yordamida bog`lanadi.
3.Qolipga beton korishmasi quyish uchun mehnat sarfi Ya M va N
§ 4-1-49 ning 1- jadvaliga asosan aniqlanadi. 0,33·7,0 ·41=94,71 kishi-soat . Poydevorni quyib , tayyorlash uchun umumiy mehnat sarfi : 551,04+41,82+94,71=687,6 kishi-soat yoki 687,6:8,2=83,8 kishi-kun
Duradgor –betonchilarning poydevor quyishdagi smena davomida maxsulot ishlab chiqarish me’yorini aniqlaymiz:
Qolipni o`rnatishda,
Nm.i.ch= 4·8,2/0,5=64,31m2
Qolipni ajratib olishda,
Nm.i.ch=4·8,2·/0,13=252,3m 2 Armaturani o`rnatishda,
Nm.i.ch=4·8,2/0,17 = 192,9m2
Beton qorishmasini qolipga quyishda,
Nm.i.ch=4·8,2/0,33 = 99,39m3 .
Umumiy vaqt me’yori 83,7 kishi-kunligi ma’lum bo`lgani holda, ushbu ishni bajarish uchun necha kun talab etilishini topamiz:
T = 83,7/4·2=10 kun.
bu yerda ishni ikki smenada tashkil etilganligi (yukoridagi shart buyicha) hisobga olindi. 1.3-Masala . Tashki va ichki devor 1,5 g`isht qalinligida, pardadevor ½ g`isht qalinligida bo`lgan turar-joy binosi g`isht terish ishlari uchun mehnat sarfi, ish haqi va ishlarni davom etish muddatini quyidagi shartlar uchun hisoblansin: G`isht devorlar o`rtacha murakkablikda , shuningdek, tashqi va ichki devorlar suvaladi. Tashqi va ichki devorlar hajmi- 2560 m3 pardadevorlar hajmi -1020m3 . G`isht terish ishlarini 20 kishilik g`isht teruvchilar amalga oshiradi. G`isht teruvchilar zvenosi quyidagicha tarkibda : 2 ta ishchi VI malaka darajali , 2 ta ishchi V malaka darajali , 6 ta ishchi IV malaka darajali, 6 ta ishchi III malaka darajali, 4 ta ishchi II malaka darajali. Ishni bir smenalik qilib tashkil etilgan holsa me’yorni ortig`i bilan bajarishi 15% ni tashkil etadi. Ishni bajarishda g`isht teruvchilarning barchasi bir xil vaqt miqdorida ishga katnashadilar. Yechilishi: Umumiy mehnat sarfini [4] ga asosan aniqlaymiz:
Tashki va ichki devor uchun ,
3,7·2560 = 9472 kishi-soat yoki 9472:8,2 = 1155 kishi-kun
Poydevor uchun ,
0,66·1020 = 673,2 kishi-soat yoki 673,2:8,2 = 82 kishi-kun
Umumiy mexnat sarfi ,
1155 + 82=1237 kishi-kun
Shart buyicha me’yorni ortigi bilan , ya’ni 115% ga bajarilishini xisobga olganda:
1237:1,15=1075,6 kishi-kun
Ishni bajarish (davomiylik) muddati:
1075,6 : 20 = 53,78 ≈ 4 kun.
G`isht teruvchilarning ish haqi [4] E3-3 va E3-12 ga asosan quyidagicha aniqlanadi,
Tashqi va ichki devorni terishda,
2,76·2560 = 7065,6 so`m yoki aniqrog`i 7065,6·1,61 · 70 = 796293,12 so`m
Poydevorni terishda,
0,472·1020 = 481,44 so`m yoki aniqrog`i 481,44· 1,61 · 70 = 54258,29 so`m
Jami ish haqi,
796293,12 + 54258,29 = 850551,4 so`m
Bu yerda o`zgarmas ish haqini hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida belgilash imkoni yo`qligi uchun quyidagi koeffisiyentlar hisobga olindi: 1,61- mehnat uchun bahoni 1987 yildan 1991 yilga ish haqini o`tish indeksasiya koeffisiyenti; 70 yoki 80 -1991 yildan hozirgi kungi bajarilgan ish haqi bahosiga, ya’ni haqiga o`tish indeksasiya koeffisiyenti . Ushbu koeffisiyent qurilish tashkilotlarida o`zgaruvchandir.
Ish haqini ishchilar orasida taqsimlashning 2 xil uslubi mavjud: qo`shimcha pul olish koeffisiyenti orqali va I malaka darajali holatga keltirib topish.
Ish haqini ishchilar orasida tarqatib berish tarif koeffisiyentlariga asoslanib amalga oshiramiz.
I ta malaka darajali uchun o`rtacha ish haqi:
850551,4 / [(1,8·2) + (1,43·6) + (1,6·2) + (1,27·6) + (1,12·4) = 30951,65 so`m.
 G`isht teruvchilarga quyidagicha taqsimlanadi, 2 ta VI malaka darajali ishchining ish haqi:
30951,65 · 1,8 · 2 = 111425,94 so`m;
2 ta V malaka darajali ishchining ish haqi:
30951,65 · 1,6 · 2 = 9904520 so`m;
6 ta IV malaka darajali ishchining ish haqi:
30951,65 · 1,43 · 6 = 235851,57 so`m;
4 ta II malaka darajali ishchining ish haqi:
30951,65 · 1,12· 4 = 138663,39 so`m;
Umumiy ish haqi:
11425,94+99045,25+265565,15+235851,57+138663,39 = 850551,4 so`m .

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling