Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


- Mashg`ulot . Yer qazish bo`yicha mehnat xajmi, xarajatlar kalkulyatsiyasini tuzish


Download 0.5 Mb.
bet4/19
Sana02.12.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1780321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar

2 - Mashg`ulot . Yer qazish bo`yicha mehnat xajmi, xarajatlar kalkulyatsiyasini tuzish.
Mashg`ulot maqsadi : Talabalarga “yer qazish ishlari texnologiyasi” mavzusini nazariy jihatdan o`rgatilganidan so`ng , o`qitilgan qism bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlashdan iborat. Yer (tuproq) ishlari tarkibi , gruntning texnologik xususiyatlari, yer inshootlarining turlari, qazish o`rni (zaboy) turlari hamda ish (mehnat) hajmlarini aniqlash, shuningdek, mos ravishda qo`llaniladigan mashinalarni tanlash va ularni samarali qo`llashni hamda xarajatlar (mehnat sarfi) kalkulyatsiyasini tuzishni o`rganadilar.
2.1 – Masala . Muhandislik tarmog`ini yotqizish (o`tkazish) uchun xandak (transheya) qazish talab etiladi. Xandak uzunligi L = 86 m, ostki eni b = 3,0 m, muhandislik tarmoq eni b1 = 2,2 m va balandiligi h=2,3 m bo`lgan temir beton ariq ushun qaziladi. Qazishga mo`ljallangan xandakning boshlang`ich qismi chuqurligi h1=2,5m, tugash qismi chukurligi h2=3,1m. Tuproq (grunt) turi – qum. Shart shundan iboratki, qaziladigan xandak hajmini soddalashtirilgan va aniq formulalar yordamida hisoblansin, shuningdek, qayta ko`miladigan tuproqning ham xajmi topilsin.
Yechilishi: Quyidagi ikki soddalashtirilgan formulalar asosida yer inshooti (xandak) ning hajmini aniqlash mumkin.
V1-2 = [(F1 + F2) / 2] · L1-2 yoki V1-2 = Fo`rt · L1-2 m3. Bu yerda: F1 va F2 - xandakning boshlanishi va tugashi qismidagi ko`ndalang kesimlari yuzasi , m2;

L1-2- xandakning boshlanish va tugash qismlari oraligi masofasi, m;

Fo`rt -xandakni uzunligi bo`yicha o`rtasining ko`ndalang kesimi yuzasi , m2.

Agar (h2 - h1) > 0,5m, L>50m bo`lsa, inj. F. Murzo formulasi asosida tuproq xajmi aniqroq topiladi, shuning uchun misolimizda shu formuladan foydalanamiz.


Ya’ni,
V1-2 = {[Fo`rt + m(h1 – h2)2] / 12}· L1-2 ,m2
bu yerda: m - gruntning tabiiy kiyalik koeffisiyenti (6-ilovaga asosan, grunt turiga nisbatan m=1,0). Yuqorida ta’kidlangan soddalashtirilgan va anik formulalarga oid kiymatlarini xisoblaymiz:
ho`rt = (h1 – h2) = 2.8m;
F1 = 13.75m2; F2=18.91m2; Fo`rt = 16.24m2.
Ushbu kiymatlarni yukoridagi ta’kidlangan formulalarga kuyib xandak xajmini xisoblaymiz, natijalarni yakkol takkoslanishi bilish uchun jadval kurinishida keltiramiz.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling