55
Tabiiy gips toshini yoki angidritni (SaSO
4
) 600–700
o
S da pishirib, sung tuyib,
havoda kotadigan bog‘lovchi modda – angidrit sementi olinadi.
Sement aktivligini oshirish maqsadida
unga katalizator sifatidagi
qoʻshimchalardan ohak (2-5%), pishirilgan dolomit, domna shlagi (10-15%) va
yonuvchan slanets kuli qo‘shiladi.
Angidrit sement sekin quyuqlanuvchan bog‘lovchidir. Quyuqlanishining
boshlanishi 30 daqiqadan kam boʻlmaydi, oxiri esa 24
soatgacha, suvga
chidamliligi gipsga nisbatan yuqori. Siqilishiga bo‘lgan mustaxkamligi bo‘yicha G-2
dan G-10 gacha markalarga boʻlinadi.
Zichligi 2,8-2,9 g/sm
3
, oʻrtacha ogirligi 850-1100 kg/m
3
ga teng.
Angidrit sement yaxlit pollvr kurishda, gisht terish va suvokchilik qorishmalari
olishda va su’niy marmar olishda ishlatiladi.
Angidritli boglochi moddalar.
Tabiiy angidritni (yoki tarkibida angidrati bor ishlab chiqarishi chikindisini)
kotirishga yordam beruvchi kristallsimon aktivizatorlarni birga qoʻshib mayda kilib
tuyish yuli bilan olinadi.
Aktivizatorlarga ohak, pishirilgan dolomit,
domna shlagi,
xamda ba’zi bir sulfat tuzlari va natriy bisulfat kiradi.
Yuqori haroratda pishirib olinadigan gips. (ekstrixgips) – ikki molekula suvli
gipsni 900-1000
o
S haroratda pishirib, sung tuyishdan xosil bo‘lgan mahsulotdir.
Markalari: 100, 150, 200.
Yaxlit pollar kurishda, gisht terish va suvokchilik qorishmalari, su’niy marmar
olishda ishlatiladi.
1. Ohak qotishi.
Ohak qurilishda toʻldirgichlar qoʻshib aralashma xosil kilib, qorishma va beton
koʻrinishida ishlatiladi. Ohakni havoda qotishi vaqtida tarkibidagi
suvni buglanishi
hisobiga bir vaqtni uzida ikki jarayon - gidroksid kalsiyni karbonatlanish va
kristallanishi ruy beradi. Gidroksid kalsiy havodagi ikki kislorodli uglerod (SO
2
)
bilan birikishi hisobiga ohaktoshga aylanadi:
56
Sa (ON)
2
+ SO
2
+ N
2
O
SaSO
3
+ 2N
2
O
Suv buglangan sari gidroksid kalsiyni kristallarini oʻzaro
jipslashishi ortib
boradi. Buning natijasida ular oʻzaro chirmashib,
kristall xosil kilib, qorishmada
toʻldirgichlarni oʻzaro boglab yaxlit xolat xosil boʻlishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: