Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Nazorat uchun savollar 
1. Gidravlik bog‘lovchi moddalar haqida umumiy ma’lumot bering. 
2. Gidravlik ohakning havoda qotuvchi ohakdan qanday farqi bor? 
3. Qanday portlandsement xom-ashyosini bilasiz? 
4. Portlandsement klinkerining qanday kimyoviy –minerologik qo‘shimchalari 
mavjud? 
5. Portlandsement klinkerini qanday ishlab chiqarish usullari mavjud? 
 
 
VII BOB. PORTLANDSEMENT TURLARI 
7.1 Tez qotuvchi, plastifiyrlangan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq va rangli, 
kengayuvchi portlandsementlar 
Bizning sanoatimizda ishlab chiqariladigan 45-55% S
3
S, S
3
N, 8-13%. S
4
Al
2

12-18%. S
2
S - 25-30% tarkibli portlandsement qurilishni ba’zi sohalari uchun beton 
va temir - beton ishlab chiqarishda qo‘yiladigan talablarni qondirmaydi. 
Shu tufayli qurilishning alohida turlarining sement xossalariga o‘ziga xos 
talablarini to‘liq qondirish uchun portlandsementning maxsus turlarini ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu portlandsementlarning hususiyatlari, qo‘llanish 
sohalari, kimyoviy tarkibidagi farqlari ularning kamida o‘z kasbini topadi.
Giltuproq sementlar deb tayyor mahsulotda past asosli kalsiy alyuminatlaridan 
kup bo‘ladigan kilib tanlangan tarkibli va erib kesaklanguniga kadar kuydirilgan xom 
ashyo aralashmani tuyishdan xosil bo‘lgan tez kotadigan gidravlik moddaga aytiladi. 
Giltuproq sementlar qoʻshilmalarsiz yoki mineral moddali qoʻshilmalar bilan 
ishlab chiqariladi. Qoʻshilmalar ishlatilganda sementning ba’zi xossalari 


147 
yaxshilanadi, narxi arzonlashadi. Qoʻshilmalar borligi va uning turiga qarab, 
sementlarning quyidagi turlari bo‘ladi: 
- qoʻshilmalarsiz kuydiriladigan aralashmani mayda tuyganda xosil bo‘ladigan 
giltuproq sement; bu turi giltuproq sementlar orasida eng kup tarkalgani
- giltuproq-angdrid sement – giltuproq sement klinkeriga angidrid qoʻshib 
tuyishdan xosil bo‘lgan mahsulot; 
- toʻldirgichlar qoʻshilgan giltuproq sement klinkeriga yog‘och kumir bilan 
eritilgan nordon domna shlaklari qoʻshib yoki tuyilgan kvars kumi bilan tuyib 
ishlanadigan giltuproq sement. 
Giltuproq sement – bog‘lovchi moddalarning eng kimmati. Uni tayyorlash 
uchun metallurgiya sanoatining kimmatbaxo xom ashyosi – boksitlar talab qilinadi. 
Boksitlar alyuminiy metalini olish uchun zarur material hisoblanadi va asosan suvli 
alyuminiy oksidi (Al
2
O
3
* nH
2
O) dan tashkil topgan. 
Giltuproq sement ishlab chiqarish. Bunday sement ishlab chiqarish uchun zarur 
xom ashyo materiallariga ximiyaviy va mineralogik tarkibi jixatidan juda qattiq 
talablar kuyiladi. Giltuproq sement asosan bir kalsiy alyuminatdan iborat boʻlishi 
kerak; boshqa oksidlar xosil qilgan moddalar bor boʻlsa, sifati buziladi. Shuning 
uchun begona aralashmalar qoʻshilmagan, faqat giltuproq va kalsiy karbonat 
(ohaktosh) dan tashkil topgan xom ashyolar eng yaxshi material hisoblanadi. Lekin 
tabiyatda ximiyaviy sof giltuproq va ohaktosh uchramaydi; jinslarda ma’lum 
miqdorda xar xil aralashma – qumtuproq, temir oksidi, magniy oksidi va boshqalar 
xam bo‘ladi. Giltuproq sement ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo materiallarda 
qumtuproq muayyan miqdorda (6 – 8% gacha) boʻlishi kerak. Temir oksididan xom 
ashyo aralashmada 10% dan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Xom ashyo materiallarini kuydirish uchun konstruksiyasi xar xil issiklik 
apparatlari ishlatiladi. Xom ashyo erib kesaklashgunicha yoki batamom erigunicha 
kuydirilishi mumkin. Erib kasaklashgunicha kuydirish uchun aylanma yoki shaxtali 
pechlar ishlatiladi. Yokilgi sifatida gaz yoki sement kuldan ifloslanmasligi uchun 
kam kulli kumir ishlatiladi. 


148 
Batamom erigunicha kuydirish uchun vagrankalar, elektr va domna pechlaridan 
foydalaniladi. Domna pechlarda bir yula ikki xil maksulot – chuyan va giltuproq 
sement klinkeri olinadi (klinker pechdan faqat muayyan ximiyaviy tarkibli shlak 
xolida olinadi).
Giltuproq sementni elektr pechda eritayotganda texnologik operatsiyalar 
quyidagi tartibda bajariladi (sxemaga karang). 
Domna pechida kuydirish nixoyatda tejamliligi bilan farq qiladi, chunki xom 
ashyo materiallar xam chuyan eritish uchun kerak bo‘ladigan yokilgi hisobiga eriydi. 
Giltuproq sement bilan chuyanni baravariga eritayotganda yoqilgʻidan 
qoʻshimcha suratda ozgina iste’mol qilinadi. 
Elektr pechda eritayotganda esa koʻp (1 t klinkerga 1000 kvt/soat gacha) elektr 
energiya sarflash kerak bo‘ladi. Natijada giltuproq sement narxi ancha kimmatlashib 
ketadi. 
Ammo elektr pechlardan foydalanayotganda eritish jarayonini ancha aniq 
uzgartirib turish va ancha boy eritma olishga imkon tugʻiladi. Shuning uchun ham 
yuqori sifatli sement chikadi. 
Ohaktosh ombori Boksitlar ombori 
Ta’minlagichli bunker Ta’minlagichli bunker 
Maydalagich Begunlar (maydalash) 
Kuydirish pechi Boksitni qizdirish pechi 
Kesaksimon ohak (qaynama) bunkeri
Ta’minlagichli bunker 
Maydalagich 
Tarozili dozalagichi bor bunker Tarozili dozalagichi
bor bunker 
Elektr pech 
Ferrosilitsiy eritmasi Klinker eritma 


149 
Chuyan idishlar Chuyan idishlar 
Sovish Sovish 
Klinker ombori 
Maydalagich 
Magnit separator 
Klinker 
Ta’minlagichli bunker 
Shar tegirmon 
Ferrosilitsiy ombori Giltuproq sement ombori 
 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling