Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet17/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni ularning ota-bobolari bir nasldan tarqalgan suloladir. Masalan, Muso bilan Horun Imrondan,
Imron Yashardan, Yashar Qohasdan, Qohas Lovaydan, Lovay Ya'qubdan, Ya'qub Ishoqdan. Shuningdek, Iso Maryamdan, Maryam Imrondan, Imron Mosondan, Moson Yahudoga borib yetadi, Yahudo esa Ya'qub o'g'illaridandir. Ularning hammasi Ibrohim Xalilullohga zurriyotdir. Shuningdek, Muhammad (a. s.) ham Ibrohim (a. s.)ning Ismoil nomli o'g'illariga zurriyotdirlar. Ikkinchi tafsiri shuki, ular bir-birlariga din yuzasidan zurriyot sanaladilar. Zero, hammasining dini ham tavhidga asoslangan ilohiy dindir.

  1. Eslang (ey, Muhammad,) Imronning xotini: "Ey, Rabbim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. (Uni) mendan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi va bilimdon zotdirsan", - deb duo qildi.


  1. Ko'zi yorigach, dedi: "Ey, Rabbim, men qiz tug'dim", - vaholanki, Alloh uning nima tuqqanini yaxshiroq bilardi. Axir, (u kutgan) o'g'il bu qizdek (xislatli) bo'lmasdi. - "Men unga Maryam deb ism qo'ydim va unga hamda zurriyotiga quvg'in etilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan so'rayman".


  1. Bas, Parvardigori uni (Maryamni nazrlikka) husni qabul etib, yaxshi parvarish qildi va Zakariyo qaramog'iga topshirdi. Har gal Zakariyo (Maryamning) oldiga - mehrobga kirganida, oldida rizq (muhayyo) turganini ko'rar edi. U: "Ey, Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?" - deb so'rasa, (Maryam): "Bular Alloh huzuridan. Albatta, Alloh O'zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur", - deb javob berar edi.


  1. O'sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qildi: "Rabbim, menga (ham) o'z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan".


  1. So'ngra, mehrobda turib namoz o'qiyotganida, farishtalar unga nido qildilar: "Alloh senga Yahyo (ismli farzand) xushxabarini berur va u Allohning so'zini tasdiq etadigan, (o'z qavmiga) peshvo bo'lib, (shahvatlardan) o'zini tiyadigan solih payg'ambarlardan (bo'lur)".


  1. (U dedi): "Rabbim, o'zim keksaygan, xotinim esa tug'mas bo'lsa, menga o'g'il qayoqdan bo'lsin?" (Alloh) dedi: "Shunday, (lekin) Alloh xohlagan ishini qilur".


  1. (U) dedi: "Rabbim, menga (homiladan darak beruvchi) biror belgi bergin". (Alloh) aytdi: "Senga belgi shuki, uch kun imo-ishoradan tashqari odamlarga gapira olmaysan. Rabbing zikrini ko'p qil va ertayu kech tasbeh ayt!"

Izoh:Uning tili Allohga zikr va tasbeh aytishga bemalol kelar, odamlar bilan gaplashishga esa soqov bo'lib qolar edi.

  1. Farishtalar: "Ey, Maryam, Alloh seni (fazli uchun) tanlab oldi va (yomon ishlardan) pokladi hamda seni butun olam ayollaridan mumtoz etdi.


  1. Ey, Maryam, Rabbingga itoat et, sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan birga ruku' qil!" - deganlarini eslang!


  1. (Ey, Muhammad,) g'ayb xabarlaridan bo'lmish bu (qissa)ni Sizga vahiy qilmoqdamiz. Zero, Maryamga qaysilari kafil bo'lsin (aniqlash) uchun qalamlarini (qur'a niyatida) tashlaganlarida ular huzurida bo'lmagansiz, (shu xususda) nizolashganda ham ular huzurida bo'lmagansiz.


  1. Eslang, farishtalar: "Ey, Maryam, Alloh senga O'zining "kalimasi" xushxabarini beradikim, uning ismi Iso Masih ibn Maryam bo'lib, dunyoyu oxiratda obro'li va (Allohga) yaqinlardandir.


  1. Odamlarga go'daklik chog'ida ham, voyaga yetganda ham gapiradigan, solih bandalardan bo'lur", - dedilar.

Izoh:Iso Masihning qiyomatga yaqin osmondan Yerga tushib odamlar bilan gaplashishiga shu oyatni dalil sifatida keltiradilar.

  1. (Maryam) dedi: "Rabbim, menga inson (qo'li) tegmagan bo'lsa, qayoqdan menga farzand bo'lsin?" Alloh aytdi: "Shunday, (lekin) Alloh O'zi xohlagan narsasini (xohlagan tarzda) yarataveradi. Qachon biror ishni iroda qilsa, faqatgina unga "Bo'l!" desa, bas, u bo'laveradi".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling