Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet18/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh:Iso (a. s.)ning bir nomi "Allohning kalimasi"dir. Zero, ul zot Allohning bir kalimasi, ya'ni "Bo'l!" - degan so'zi bilan paydo bo'lganlar.

  1. Unga (Isoga Alloh) yozishni, (ilmu) hikmatni, Tavrot va Injilni ta'lim beradi.


  1. Shuningdek, uni Isroil avlodiga payg'ambar (qilib yuboradi va u aytadi): "Men sizlarga Rabbingiz huzuridan (payg'ambarligimga dalolat qiluvchi) mo''jiza bilan keldim; men sizlarga loydan qush shaklini yasab, unga dam ursam, u Allohning izni bilan (rostakam) qush bo'ladi. Ko'r va pesni tuzataman. Allohning izni bilan o'liklarni tiriltiraman hamda sizlarning yeyayotgan va zaxirada saqlayotgan narsalaringizni aytib beraman. Agar mo'min bo'lsangizlar, albatta, bu ishlarda sizlar uchun alomat bordir.


  1. (Men) o'zimdan oldingi (nozil etilgan) Tavrotni tasdiqlash va sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilib berish uchun keldim. Yana, sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. Shunday ekan, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat qilingiz!


  1. Darhaqiqat, Alloh mening Rabbim va sizning ham Rabbingizdir. Unga ibodat qilingiz! To'g'ri yo'l shudir. "


  1. Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: "Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?" Havoriylar aytdilar: "Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo'yin sunuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bo'lgin (ey, Iso!)


  1. Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga (qo'shib) yozgin!"


  1. Ular (yahudiy kofirlari Isoning qatli borasida) makr qildilar. Alloh ham "makr" qildi. Alloh makkorlarning yaxshisidir.

Izoh:Allohning "makri" bu yerda ularning makri muqobiliga beradigan jazosidir. Zero, Allohni makkor deb sifatlash joiz bo'lmagan bo'lur edi.

  1. Alloh aytdi: "Ey, Iso! Men seni vafot ettiruvchi*, huzurimga ko'taruvchi, inkor etganlardan seni poklovchi (xalos etuvchi) hamda senga ergashganlarni qiyomat kunigacha kofirlardan yuqori qo'yuvchidirman. * So'ngra, Menga qaytursizlar. O'shanda sizlar ixtilof qilgan (kelisha olmagan) narsalar borasida o'rtangizda hakamlik qilurman.

Izoh:Bu oyatdagi "vafot ettiruvchi" iborasini turli xil tafsir qilganlar. Binobarin, Iso (a. s.)ni Alloh o'z huzuriga tirigicha ko'targanmi yoki haqiqatan ham vafot ettirib, so'ng ko'targanmi degan savolga tadqiqotchi ulamolarning ba'zilari: "Bu yerdagi vafot so'zi uyqu ma'nosidadir. Uni oldin uxlatib qo'yib, so'ng ko'targan yoki vafot ettirishi osmonga chiqqanlaridan keyindir" - desalar, boshqa tafsir sohiblari jonsiz holda ko'tarilganlar deb ta'kidlaydilar. Biz - hanafiylarning aqidamiz bo'yicha, Iso (a. s.) tirik holda ko'tarilganlar, deymiz. Oyatni esa: "Ey, Iso! Men seni o'z ajaling bilan vafot ettiruvchiman, ularning qatli bilan emas", - deb ta'vil qilamiz. Izoh(a): Ushbu oyatda nasroniy dini ham qiyomat kunigacha boqiy qolishiga ishorat bordir.

  1. Bas, kofir bo'lganlarni dunyo va oxiratda shiddatli azob bilan azoblayman. Ular uchun yordamchilar bo'lmas.


  1. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotni mukammal berur. Alloh zolimlarni yoqtirmas".


  1. Bu Sizga tilovat qilayotganimiz oyatlar va hikmatli zikrlardandir.


  1. Albatta, Isoning (otasiz tug'ilish) misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam (Ato) kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga "Bo'l!" dedi, bas, (u) bo'ldi.


  1. (Bu) Haq (So'z) Rabbingizdandir. Bas, shubha qiluvchilardan bo'lmang!


  1. Sizga kelgan shu (haqqoniy) bilimdan keyin (nasroniylardan) kim Siz bilan (Iso) to'g'risida bahslashmoqchi bo'lsa, (unday kimsalarga) ayting: "Kelinglar, o'g'illarimiz bilan o'g'illaringizni, xotinlarimiz bilan xotinlaringizni, o'zimiz bilan o'zlaringizni chorlab, so'ng (birgalikda) iltijo qilamiz, bas, yolg'onchilarga Alloh la'natini tilaymiz".

Izoh:"Madorik" tafsirida aytilishicha, Nijron qabilasining yepiskopi Oqib boshchiligida nasroniylar uchrashuv belgilangan joyga yaqinlashganlarida payg'ambarimiz nabiralari - Hasan, Husan va Fotima qizlari bilan kelayotganini ko'rishadi. Shunda Oqib o'z izdoshlariga: "Ey, nasroniylar jamoasi! Ortingizga qaytaveringiz! Men biz bilan bahslashish uchun kelayotgan shunday zotlarni ko'rayapmanki, ular agar Allohdan tog'ni ko'chirishni so'rasalar ham ijobat bo'lur", - deb qaytib ketishgan ekan.

  1. Albatta, bu rost qissadir. Allohdan o'zga iloh yo'q. Allohning O'zigina qudrat va hikmat egasidir.


  1. (Shunda ham) agar yuz o'girsalar, albatta, Alloh buzg'unchilarni (yaxshi) biluvchidir.


  1. Ayting (ey, Muhammad): "Ey, kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar), biz bilan sizning o'rtamizda (ahamiyati) barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birlarimizni iloh qilib olmaylik!" Agar (bu taklifdan) yuz o'girsalar, (sizlar ularga): "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", - deb aytingiz!


  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Ibrohim haqida (u bizning dinimizda bo'lgan deb) bahslashasizlar? Axir, Tavrot bilan Injil undan keyin nozil bo'lgan-ku! Aqlni ishlatmaysizmi?!


  1. Ey, siz (ahli kitoblar) - o'zingiz biladigan narsalar (Muso va Iso) haqida (bilib-bilmay)

bahslashdingiz. Nega endi bilmagan narsangiz (Ibrohim dini) haqida bahslashasiz? Alloh bilur, sizlar esa bilmaysizlar.

  1. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki to'g'ri yo'ldan toymagan (hanif) musulmon bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan.


  1. Odamlar ichida Ibrohimga yaqinrog'i - unga ergashganlar, ushbu payg'ambar (Muhammad) va mo'minlardir. Alloh (esa) mo'minlarning do'stidir.


  1. Ahli kitoblardan bir toifasi sizlarni (to'g'ri yo'ldan) yanglishtirishni istaydilar. Lekin, o'zlari sezmagan holda faqat o'zlarinigina yanglishtiradilar.


  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Allohning (Tavrotdagi Muhammad haqida kelgan) oyatlarini inkor etasiz, vaholanki, o'zlaringiz unga guvohsizlar?!


  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun o'zingiz bila turib haqni nohaqlikka aralashtirasiz va haqiqatni yashirasiz?!


  1. Ahli kitoblardan bir toifasi (bir-birlariga shunday) deyishdi: "Mo'minlarga nozil qilingan narsa (Qur'on)ga kunning boshida imon keltirib, oxirida uni inkor etinglar, shoyad (shunda) ular (ham imonlaridan) qaytsalar.

Izoh:Ya'ni sizlarga taqlid qilib ular ham o'z dinlaridan qaytsalar ajab emas, degan ma'noda bir-birlariga tavsiya etdilar. Bu qiblaning Ka'ba tomonga o'zgarishi xususida edi. Ahli kitoblar shu uslub bilan musulmonlarni chalg'itmoqchi bo'lganlar.

  1. Diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmangizlar". Ayting (ey, Muhammad): "To'g'ri yo'l - bu Allohning yo'li". (Ahli kitoblar davom etib dedilar): "Toki biror kishiga sizlarga berilgan ma'lumot berilmasin yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashib yurmasin". Ayting: "Albatta, fazl Allohning "qo'li"dadir. Uni xohlagan kishilariga berur. Alloh fazli keng, bilimdon zotdir.


  1. Rahmatini (payg'ambarlik yoki Islomni) O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh buyuk fazl egasidir.


  1. Ahli kitoblar orasida shundayi (ham) borki, unga katta miqdordagi pulni omonat bersang, senga (xiyonatsiz yana) qaytaradi. Lekin, shundayi (ham) borki, unga bir dinor (pul)ni omonat bersang, to ustida qattiq turib olmaguninggacha, senga qaytarib bermaydi. Buning sababi: "Omiylar (arab musulmonlar)ga bizga (darajamizga yetishga)cha yo'l bo'lsin", - deyishlaridir. Ular bila turib, Alloh haqida yolg'on gapiradilar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling