Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet19/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh:Bu oyat omonatga xiyonat qilmaydigan, keyinroq Islomga kirgan yahudiy Abdulloh ibn Salom hamda xiyonatkor Fanhos ibn Ozuro haqida nozil bo'lgan.

  1. Aslida esa kim (Alloh) ahdiga vafo qilsa va taqvoli bo'lsa, albatta, Alloh taqvodorlarni sevadi.


  1. Allohga bergan ahdlari va qasamlarini ozgina bahoga almashtiradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo'qdir. (Qiyomat kunida) Alloh ularga gapirmaydi, (rahmat nazari bilan) boqmaydi va ularni oqlamaydi ham. Ular uchun alamli azob bordir.


  1. Ular (Ahli kitoblar)ning yana bir guruhi sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo'lmagan narsani Kitobdan deb o'ylashlaringiz uchun Kitobni tillarini burab (o'zgartirib) o'qiydilar hamda uni "Alloh huzuridan" deydilar. Aslida esa u - Alloh huzuridan emas. Ular bila turib, Alloh nomidan yolg'on so'zlaydilar.


  1. Hech bir insonga Alloh Kitob, Hikmat va payg'ambarlik berganidan keyin uning odamlarga: "Allohni qo'yib, menga banda bo'linglar!" - deyishi mumkin emas, balki ularga "Kitobdan ta'lim beradigan va o'zingiz ham o'rganadigan rabboniy (Parvardigorga sig'inuvchi) kishilardan bo'lingiz!"

(deyishi joizdir. )

  1. (O'sha payg'ambar) sizlarga farishtalar va payg'ambarlarni ma'bud qilib olishingizni ham buyurmaydi. Axir, musulmon bo'lganingizdan keyin sizlarga kufrga qaytishingizni buyurarmidi?!


  1. Eslang (ey, ahli kitoblar,) Alloh (payg'ambarlardan) ahd olgan: "Men sizlarga Kitob va Hikmat bergan bo'lsam, sizlardagi (Kitob)ni tasdiq etuvchi bir payg'ambar (Muhammad) kelganda, albatta, unga imon keltirasiz va yordam berasiz!" (Alloh): "Tan oldingizmi va mazkur ahdnomani shu shart bilan qabul qilasizmi?" - deganida, ular: "Tan oldik",- deb javob berdilar. Alloh dedi: "Guvoh bo'lingiz! Men ham sizlar bilan birga guvohlardandirman".


  1. Bas, kim shundan (ahdidan) keyin yuz o'girsa, ana o'shalar fosiqdirlar.


  1. Allohning (haq) dinidan o'zga dinni istaydilarmi?! Vaholanki, osmonlaru Yerdagi barcha zotlar (farishtalar, insu jinlar) xoh ixtiyoriy, xoh majburiy Unga bo'yin sungandir va Uning huzuriga qaytarilurlar.


  1. Ayting (ey, Muhammad): "Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Qur'on)ga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq,

Ya'qub va (uning) avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barcha payg'ambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. Ularning orasida birortasini (tasdiqlashda) farq qilmaymiz va Uning o'zigagina bo'yin sunuvchilarmiz".

  1. Kimki Islomdan o'zga dinni istasa (ixtiyor etsa), undan (u) sira qabul qilinmagay va u oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir.


  1. Imon keltirib, Payg'ambarning barhaqligiga guvohlik berganlaridan va ularga hujjatlar kelganidan keyin kofir bo'lganlarni Alloh qanday (qilib) hidoyatga yo'llasin?! Alloh zolimlar qavmini hidoyatga yo'llamaydi.


  1. Ana o'shalarning jazosi - Alloh, farishtalar va barcha odamlarning ularga la'nat aytishidir.


  1. Ular unda (la'nat yoki do'zaxda) abadiy qoluvchilardir, ularning azoblari yengillashtirilmas va kechga ham surilmas.


  1. Illo, shundan (kufrdan) keyin tavba qilib, (xatolarini) tuzatsalar, albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.


  1. Albatta, imon keltirganlaridan keyin (yana) kufrga ketgan, so'ngra kufrda mustahkamlangan kimsalarning tavbalari sira qabul qilinmas. Ana o'shalar adashgan (gumroh)lardir.


  1. Albatta, kofir bo'lgan va kofirliklaricha o'lganlarning birortasi agar yer yuzi to'la oltinni badal sifatida bersa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'shalarga alamli azob boru, yordamchilar yo'qdir.


  1. Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilik (jannat)ga yeta olmaysizlar. Nimaiki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling