Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
QORILAR ODOBIKalomullohni diliga jo qilgan hofizi Qur'onlar oddiy musulmonlardan ma'naviyatlari yuksakligi jihatidan farq qilib turishlari lozim. Quyida ularga lozim bo'lgan ba'zi odoblarni bayon qilamiz: Qori odamning siyratu shamoillari, fe'lu atvorlari yuqori saviyada bo'lishi lozim. * * Qur'oni karimda taqiqlangan ishlardan o'zini uzoq olib yurishi kerak. * * Mutakabbir, zolim va johil kishilardan o'zini yuqori qo'yishi, oddiy va solih bandalarga nisbatan esa kamtarlik izhor etishi talab etiladi. * * Vaqorli, og'ir, sokin, sabr-bardoshli bo'lmog'i lozim. * * Abdulloh ibn Masu'd (r. a. ) aytgan ekanlar: “Hofizi Qur'on doimo boshqalardan qandaydir xususiyatlari bilan ajralib turishi kerak. Masalan, tunda odamlar uxlaganda u Qur'on tilovati bilan bedor, kunduzi odamlar ovqatlanganda, u ro'zador, odamlar g'aflatda o'yin-kulgi bilan band, u esa oxirat tashvishi bilan g'amgin, odamlar turli bema'ni gaplar bilan mashg'ul, u esa tafakkur og'ushida sokit”. * * Hasan ibn Ali (r. a. ) demishlar: “Sahobalar Qur'onni Allohdan kelgan maktub deb bilar, tunlari uni o'qib chiqib, kunduzi uni hayotga tatbiq etar edilar”. * * * Fuzayl ibn Iyozdan naql etilibdurki, hofizi Qur'on hojat so'rab hech kimning huzuriga, hech qanday amaldor oldiga bormasligi lozim. Zero, u islom tug'ini ko'tarib yuruvchi insondurki, unga chalg'ish ham, xayolini parishon qilish ham mumkin emas. * * * Hofizi Qur'on Allohning kalomini zinhor tirikchilik vositasi qilib olmasligi kerak. Hadisi sharifda voridkim: “Qur'onni o'qinglar, lekin, u tufayli rizq yemanglar, uning qiroatini tark etmanglar va unda g'uluvga ketib, og'ib ketmanglar”. IZOH: Bundan xatmi Qur'onlarda qorilarga ixtiyoriy ravishda beriladigan pul va buyumlarni olish joiz emas degan xulosa chiqarmaslik kerak. Balki, oldindan ma'lum miqdordagi summaga shartlashmagan, aksincha, qorilarga hadiya sifatida ixlos bilan berilgan ashyolar mubohdir, inshoallohu taolo. Shuningdek, Qur'on ta'limi uchun haq olishning joizligi yuqorida zikr etildi. * * * Qorilar Qur'onni muntazam, takror va takror o'qib turishlari lozim. Salafi solihlar ichida bir oyda, bir haftada, uch kunda, bir kechada bir bor xatmi Qur'on qiladiganlar bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan. Bir kechayu kunduzda sakkiz marta xatm qiluvchilar ham bo'lgan ekan. Har shom bilan xufton o'rtasida bir bor xatm qiluvchi bo'lganlardan Mujohid ibn Jubayr, Ali Azdiyni, bir rakaatda xatmi Qur'on qilganlardan Usmon ibn Affon, Tamim ad-Doriy, Said ibn Jubayrlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Lekin, salafi solihinlarning ko'pchiligi bir haftada bir xatm qilishni ma'qul ko'rganlar. Yana debdurlarki, ilmu fan bilan shug'ullanuvchi olimlar Qur'onni xatm qilishda vaqtni chegaralamaganlari yaxshi. Ular ilmiy ishlariga xalal yetkazmagan holda xatm muddatini o'zlari belgilashlari lozim. Mazkur zotlarga Alloh taolo g'ayri oddiy iqtidor ato etgani bois oz muddatda ko'p zikr va qiroat qila bilganlar. Lekin, oddiy qorilar uchun xatmi Qur'onga uch kundan kam vaqt ajratish joiz emas. Zero, hadisi sharifda: “Har kim Qur'oni karimni uch kundan kam vaqtda o'qib chiqqan bo'lsa, demak hech narsa tushunmabdi” – deganlar (Imom Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari). * * * Qur'onning hammasini yoki ba'zisini yodlab, so'ngra esidan chiqarib, unutib yuborgan kishilarga nisbatan oxiratda qattiq uqubatlar bo'lishi hadisi shariflarda ta'kidlangan. Tarjima va izoh muallifi: Abdulaziz Mansur Mas’ul muharrir: Hamidulla Karomatov TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI: Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling