Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Zinokorlar to'g'risidagi hukmlar "Nur" surasida batafsil bayon etilgan.
Sizlardan o'sha (zinokorlik)ni qilganlarning ikkisi (erkak va ayol)ga (koyish va ta'zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o'zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo'yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, rahmli zotdir. Izoh: Bu oyat zino to'g'risida ilk nozil bo'lgan oyatlardandir. Unga ko'ra zinokorlarni dab-durustdan darra urish yoki toshbo'ron qilish bilan jazolamaslik, balki birinchi marta koyib, uyaltirib, ogohlantirib qo'yishga buyurilgan. "Nur" surasida esa jazoning qat'iyligi bayon etiladi. Albatta, Allohning tavba qabul qilishi faqat yomonlik (gunoh)ni bilmasdan qilib qo'yib, so'ngra tezlik bilan tavba qilganlar uchun (muqarrar)dir. Alloh aynan o'shalarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat egasidir. Gunoh ishlarni qilib yurib, qachonki, birortalariga o'lim kelganda, "Endi tavba qildim" deydigan, shuningdek, kofirligicha o'lib ketadiganlarning tavbalari esa qabul qilinmagay. Ana o'shalar uchun alamli azob tayyorlab qo'yganmiz. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olishlik halol emasdir. Yana, ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringlar. Agar ularni yomon ko'rsalaringiz, (bilib qo'yinki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilar. Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biror narsani qaytarib olmangiz. Uni bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?! Axir, bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u (mahr)ni (qaytarib) olasizlar?! Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang. Magar ilgari o'tgan bo'lsa (ular kechiriladi). Albatta, bu qabih, jirkanch va yomon yo'ldir. Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan "ona"laringiz, emishgan "opa-singil"laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo'lgan xotinlaringizning qaramog'ingizda bo'lgan qizlari - jinsiy yaqinlikda bo'lmagan bo'lsangiz, sizlarga gunoh bo'lmas - yana, o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning xotinlaridir. Ikki opa-singilni qo'shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi). Magar ilgari o'tgan bo'lsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh mag'firatli va marhamatli zotdir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling