Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet27/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu oyatdagi "Sizga" deb qilinayotgan xitob faqat Payg'ambar (a. s.) ga emas, balki hammaga tegishlidir.

  1. Kimda-kim Payg'ambarga itoat etsa, demak, u Allohga itoat etibdi. Kimda-kim bosh tortsa, Sizni ular ustidan qo'riqlovchi qilib yuborganimiz yo'q.


  1. "Itoat (etamiz)" deydilar, lekin huzuringizdan chiqqanlarida, ularning bir toifasi Siz aytgan gapning teskarisiga til biriktiradilar. Alloh (ularning) til biriktirishlarini yozib qo'ygan. Siz esa, ulardan yuz o'girib, Allohga tavakkul qiling. Alloh vakillikka kifoyadir.


  1. Qur'on (oyatlarining ma'nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o'zganing huzuridan (kelgan) bo'lsa edi, unda ko'p ixtiloflarni topgan bo'lur edilar.


  1. Ularga (jang maydonidan) omonlik yoki xavfli ish (xabari) kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar uni Payg'ambarga yoki o'zlaridan bo'lgan amirlarga yetkazsalar, uni bilib olishni istovchilar o'shalardan (so'rab) bilaverar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmasa edi, ozchilikdan tashqari, (ko'plaringiz) shaytonga ergashib ketgan bo'lar edingiz.


  1. Bas, Alloh yo'lida jang qiling! (Siz) O'zingizdan boshqalar uchun javobgar emassiz. Mo'minlarni (jangga) undang, shoyad (shunda) Alloh kofirlarning shiddatini so'ndirsa. Allohning shiddati eng keskin va jazosi ashaddiydir.


  1. Kimda-kim yaxshi shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba (savob) bo'lur. Kimda-kim yomon shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba (gunoh) bo'lur. Alloh har narsaga qodirdir.


  1. Qachon sizlarga biror salomlashish bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki o'sha (ibora)ni qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchidir.

Izoh: Hadisi sharifda aytilganidek, salom beruvchi "Assalomu alaykum" desa, "Va alaykum assalomu va rahmatulloh" deb alik olinadi. Agar u "Assalomu alaykum va rahmatulloh" deb salom bersa, "Va alaykum assalomu va rahmatullohi va barakotuh" deb alik olinadi. Shunday qilinganda, oyatda buyurilgandek, chiroyliroq qilib alik olingan bo'ladi. Salom beruvchi "va barakotuh" qo'shimchasini ham qo'shsa, alik oluvchi ham o'sha qo'shimchadan nariga o'tmasligi lozim. Mazkur oyatda bunga ishorat bor. Salom odoblaridan piyodaga suvora (ulovdagi odam), ko'pchilikka ozchilik, o'tirgan yoki o'rnidan turganga yurgan kishilar salom berish kabilarga rioya etish tavsiya etiladi. Lekin kichikdan oldin katta yoshdagi odam kamtarlik uchun salom bersa bu fazilatdir. Salom berishlik sunnat, alik olishlik esa farz ekanligi mazkur oyati karima mazmunidan olingan.

  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) sizlarni, albatta, qiyomat kuniga yig'ajakkim, unda shubha yo'qdir. Kim ham Allohdan to'g'riso'zroq ekan?!


  1. Sizlarga ne bo'ldikim, munofiqlarga nisbatan ikki guruh (bo'lib oldingizlar)?! Holbuki, Alloh ularni qilmishlari tufayli (oldingi hollariga) qaytardi. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyatga solmoqchimisizlar? Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, unga sira yo'l topa olmaysiz.

Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishiga sabab bir guruh munofiqlarning Badr jangiga chiqish uchun Rasulullohdan ruxsat olib jang qilish o'rniga borib mushriklar safiga qo'shilib ketishlari bo'lgan. Musulmonlar ular to'g'risida o'zaro ixtilof qilishib ba'zilari ularni kofir desa, boshqalari musulmon deb turganlarida, ushbu oyat bilan qat'iy xulosaga kelingan.

  1. Ular o'zlari kofir bo'lganlaridek, sizlar ham kofir bo'lib, (ular bilan) barobar bo'lishlaringni istaydilar. To Alloh yo'lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan (hech kimni) do'st tutmangizlar! Agar bosh tortsalar, ularni qayerda topsangiz, tutib o'ldiringizlar! Ulardan hech bir do'st va yordamchi tutmangiz!


  1. Faqat oralaringizda ahdlashuv bo'lgan qavmga kelib qo'shilgan yoki sizlar bilan yoxud o'z qavmi bilan urushaverib, dillari tang bo'lgach, huzurlaringizga (qaytib) kelganlar (bundan mustasnodir). Agar Alloh xohlasa, ularni ustilaringga hukmron qilib qo'ygan va ular, albatta, sizlarga qarshi jang qilgan bo'lur edilar. Agar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay, sulhni taklif qilsalar, Alloh ularga qarshi sizlar uchun yo'l bermaydi.


  1. Yana (ulardan) boshqa (munofiq)larni ham uchratasizlarki, ular sizlardan ham xotirjam, o'z qavmlaridan ham xotirjam bo'lishni xohlaydilar. Qachon bir fitna (kufr)ga burib qo'yilsalar

(chaqirilsalar), o'zlarini unga oturlar. Agar ular sizlardan chetlanmasalar, sulhni (ham) taklif qilmasalar va qo'llarini ham (sizlarga qarshi urushishdan) tiymasalar, ularni tutib, qayerda topsangiz o'ldiraveringiz! Ana o'shalar ustidan sizlarga aniq hukmronlik berib qo'ydik.

  1. Mo'min (ikkinchi bir) mo'minni faqat yanglishibgina o'ldirib qo'yishi mumkin. Kimda-kim mo'minni yanglishib o'ldirgan bo'lsa, (uning zimmasiga) bir mo'min qulni ozod qilish va u (marhum)ning oilasiga - agar kechib yubormasalar - xun to'lash (farzdir). Agar (marhum) sizga dushman qavmdan bo'lib, o'zi mo'min bo'lsa, bir mo'min qulni ozod qilish (buyuriladi). Agar u sizlar bilan ular o'rtasida sulh

(tuzilgan) qavmdan bo'lsa, uning oilasiga xun to'lash va bir mo'min qulni ozod qilish (buyuriladi).
Kimda-kim (qul) topmasa, Allohdan kechirim so'rab, ikki oy muttasil ro'za tutish (bilan kifoyalanadi). Alloh bilimli va hikmatlidir.
Izoh: Ya'ni xun to'lash bilan birga ikki oy muttasil ro'za tutadi. Muttasil deganda bir kun tutib, ikkinchi kun tutmay emas, balki 60 kun uzluksiz tutish bir qul ozod qilganning o'rniga o'tadi.

  1. Kimda-kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g'azab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo'ygay.


  1. Ey, imon keltirganlar! Alloh yo'lida (jang uchun) safarga chiqsangiz, aniq ish tuting! Sizlarga salom bergan kishiga bu dunyo foydasini ko'zlab: "Mo'min emassan", - demangiz! Allohning huzurida ko'p o'ljalar (bordir). Ilgari sizlar ham shunday (mo'minligingizni sir tutadigan) edingiz, (so'ngra) sizlarga Alloh ne'mat ato etdi. Bas, aniqlab ish tutingiz! Albatta, Alloh ishlaringizdan xabardordir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling