Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet28/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bir necha sahobalar Madina tashqarisiga chiqqanlarida bir guruh mushriklarga duch keladilar.
Sahobalardan qo'rqib tarqab ketishganda, Mirdos ismli mushrik qolib ularga salom beradi va Imon kalimasini aytadi. Shunga qaramay uni o'ldirib, narsalarini o'lja qilib keltirgan Zayd (yoki Miqdod)ni Rosul alayhis-salom qattiq koyiydilar.

  1. Beuzr bo'la turib (uyida) o'tiruvchi mo'minlar bilan Alloh yo'lida mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilar teng bo'lmaydilar. Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarni (uyida) o'tiruvchilardan (ko'ra) ortiq darajali qildi. Hammasiga ham Alloh chiroyli (savob) va'da qildi. Alloh ulkan mukofot (taqsimi)da o'tiruvchilardan ko'ra mujohidlarni buyuk ajr bilan afzal etdi.

Izoh: "Haj" surasining 39-40- oyatlariga muvofiq, Makka mushriklaridan qattiq aziyat chekkan musulmonlarga, Madinaga kelib qaror topganlaridan keyin ulardan qasos olishga Alloh tomonidan ruxsat etiladi. Jihod so'zi hamma vaqt ham jang va urush mazmunida emas, balki jiddu jaxd, ca'y-harakat, ijtihod, kurash ma'nolarida ham keladi.

  1. Undan (berilmish) darajalar, mag'firat va rahmat (ham shular jumlasidandir). Alloh kechiruvchi va rahmlidir.


  1. Albatta, o'zlariga (hijratdan bosh tortib) zulm qiluvchilarning jonini olgan farishtalar (ularga): "Qaysi holda bo'ldingizlar?" - desalar, ular: "Yer yuzida bechorahol edik", - deb aytadilar.

(Farishtalar): "Allohning yeri unda hijrat qilishlaring uchun (yetarlicha) keng emasmidi?" - deydilar. Ana o'shalarning joyi jahannamdir. Naqadar noxush joy u!

  1. Faqat biror chora-tadbirga qodir bo'lmagan va (hijratga) yo'l topa olmaydigan nochor erkak, ayol va bolalar borki,


  1. aynan o'shalarni, shoyad Alloh afv etsa. Alloh afv etuvchi, kechiruvchi zotdir.


  1. Kimda-kim Alloh yo'lida hijrat qilsa, yer (yuzi)da ko'p boshpana va kenglik topadi. Har kim Alloh va Uning payg'ambari sari hijrat qilib, (o'z) uyidan chiqsayu, so'ngra (yo'lda) unga o'lim yetsa, albatta, uning mukofoti Alloh zimmasidadir. Alloh kechiruvchi va rahmlidir.


  1. Yer (yuzi) bo'ylab safar qilganingizda, agar kofirlarning sizlarga fitna (hujum) qilishidan qo'rqsangiz, namozni qasr (qisqa) qilishingizda sizlar uchun gunoh yo'qdir. Kofirlar sizlarga aniq dushmandir.

Izoh:Safarga chiquvchilarga shariati Islomiya qator yengilliklar beradi. Ulardan biri to'rt rak'atli farz namozlarni ikki rak'atli qilib qisqartirishdir. Bunga "qasr" deyiladi. Uch rak'atli shom namozi qisqartirilmaydi. Yana safarda vitr va bomdod namozlarining sunnatidan boshqa sunnat namozlar ham o'qilmaydi. Safarda Ramazon oyining ro'zasini ham tutmasdan, keyin qazosini tutishga ruxsat etiladi.

  1. Har qachon Siz (ey, Muhammad), ular (sahobalaringiz) orasida bo'lib, namozlariga imomlik qilsangiz, (ularni ikki qismga bo'ling!) ulardan bir qismi Siz bilan birga (namozga) tursin! (Ikkinchi qism) qurollarini olsin (va yovdan mudofaa qilib tursin). Sajda qilishgach (ya'ni, bir rak'at o'qishgach), ortingizga (qo'riqlash uchun) borib tursinlar. O'qimagan qism kelib, Siz bilan (namozni) o'qisin! Yana, ehtiyot choralarini ko'rib, qurollarini (qo'lga) olsinlar. Kofirlar sizlar qurol va anjomlaringizdan g'aflatda bo'lgan paytingizda birdaniga hamla qilishni xohlaydilar. Agar yomg'irdan aziyat cheksangiz yoki bemor bo'lsangizlar, qurollaringizni (yechib) qo'ysangiz, sizlarga gunoh bo'lmas. (Ammo) ehtiyot choralaringizni ko'rib qo'ying! Albatta, Alloh kofirlar uchun xorlovchi azobni tayyorlab qo'ygandir.


  1. Namozni ado etib bo'lganingizdan so'ng, turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollaringizda (ham doimo) Allohni yod eting! (Yov xavfidan) xotirjam bo'lsangiz, namozni (mukammal) ado etingiz. Zero, namoz mo'minlarga vaqti tayin etilgan va (farz etib) bitilgandir.


  1. Qavm (yov)ning iziga tushishda sustlik qilmangiz! Agar (urushdan) azob chekayotgan bo'lsangiz, ular ham xuddi sizlardek azob chekmoqdalar. Sizlar Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilasizlar*. Alloh bilim va hikmat egasidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling