Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet31/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ey, imon keltirganlar! Bitimlar (ahdlar)ga vafo qilingiz! Sizlar uchun chorva (xonaki) hayvonlar (go'shti) halol qilindi. Sizlarga (nomlari) o'g'ilajak (hayvonlar) bundan mustasno. Ehrom (haj ibodati)da bo'lganlaringizda ov qilishni halol deb sanamagaysiz. Albatta, Alloh iroda qilgan narsaga hukm qilur.


  1. Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, Harom oy (haj oylari)ni, qurbonliklarni,

(ularga taqib qo'yilgan) taqinchoqlarni, Parvardigorlarining fazli va roziligini topish niyati bilan BaytulHarom (Ka'ba)ga boruvchilarni (ularga qarshilik qilishni) halol deb hisoblamangiz!* Halol (qilingan holat)ga chiqqanlaringda esa, ov qilaveringiz. Sizlarni Masjidul-Haromdan to'suvchi qavmning adovati tajovuz qilishingizga undamasin! Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir.

  1. O'limtik, qon, cho'chqa go'shti, Allohdan o'zganing nomi aytib so'yilgan, bo'g'ilib o'lgan, urib o'ldirilgan, yiqilib o'lgan, suzishdan o'lgan va yirtqich hayvon (qisman) yegan (hayvonlar) sizlarga harom qilindi, illo (shar'an) so'yganingiz (haloldir). Yana, but-sanamlarga atab so'yilgan hayvonlar (go'shti) va fol cho'plaridan qismatingizni istashingiz (ham harom qilindi). Bu ishingiz fosiqlikdir. Bugunga kelib, endi kofirlar diningiz (mag'lubiyati)dan noumid bo'ldilar. Shuning uchun ulardan qo'rqmangiz, Mendan qo'rqingiz! Ana, endi bugun, diningizni kamoliga yetkazdim, ne'matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim. Kimki, gunohga moyilligidan emas, balki ocharchilikda (mazkur man etilgan narsalardan yeyishga) majbur bo'lsa, albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.


  1. Sizdan (o'zlariga) halol qilingan narsalar haqida so'raydilar. Ayting: "Sizlarga pokiza narsalar va Alloh sizlarga bildirganidan sizlar o'rgatgan yirtqichlar (keltirgan ovlar) halol qilindi. Bas, ular sizlar uchun tutgan (ovlar)idan "Bismilloh"ni aytib yeyaveringiz va Allohdan qo'rqingizlar. Zero, Alloh hisobi tez zotdir.


  1. Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi. Shuningdek, Ahli Kitoblarning taomi sizlar uchun halol va taomingiz ular uchun haloldir. Zinokorlik va maxfiy o'ynash qilib olish uchun emas, balki mahrlarini bersangiz, mo'mina ayollarning iffatlilari va sizlardan oldin Kitob berilganlarning iffatli ayollari (ham haloldir). Kimki, imondan kufrga qaytsa, (qilgan savobli) ishi, albatta, zoye bo'lur va u oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir.


  1. Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! Agar junub bo'lsangiz, obdon poklaningizlar (cho'milingizlar)! Agar bemor yoki safarda bo'lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib) kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan (qovushgan) bo'lsangizu, (lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va qo'llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo ko'rmaydi, aksincha, sizlarni poklash va ne'mat(lar)ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar*.

Izoh: Tahorat farzlaridan sanalmish qo'l va oyoqlarni yuvishda ularning qaysi joyigacha suv yetishi shart degan nizoli masala bor. Oyatda "qo'llaringizni tirsaklarigacha, oyoqlaringizni to'piqlarigacha" deyilgan. Abu
Hanifa (r. a. ) shu "gacha" qo'shimchasini "bilan" deb tafsir qilganlar va tirsak va to'piqlar ham qo'shib yuvilishini farz deb hisoblaydilar. Imom Molik, Zufar, Sha'biy, Ibn Jarir at-Tabariy kabi olimlar esa tirsak va to'piqlar yuvilishi farz doirasiga kirmaydi, deganlar. Har ikki tomon ham o'z dalillariga egadirlar. Tahoratda niyat hukmiga kelsak, Abu Hanifa (r. a. ): "niyat tahoratda farz emas", - deganlar. Imom Shofe'iy (r. a. ) esa: "u farz",- deydilar. Boshga mash tortish farzida ham mujtahid ulamolar o'rtasida ixtilof mavjud. Hanafiy mazhabida boshning to'rtdan biriga mash tortish farzdir. Molikiy mazhabida boshning hammasiga mash tortish farzdir. Shofeiy mazhabida boshning ozgina qismiga, hatto sochning uch tolasi uzra mash tortsa ham farzni ado etgan hisoblanadi. Ularning barchalari ham mo''tabar va maqbul dalillar bilan o'z hukmlarini isbotlaganlar. Bu oyatda tayammum qilish to'g'risida ham so'z yuritilgan. Tayammum - bu suv bo'lmaganda, toza tuproq yoki changga yoxud toza matohga ikki qo'l kaftlari bilan bir zarb urib, yuzga surtish va yana bir zarb urib, ikki qo'lning tirsaklari bilan qo'shib silab chiqishdir.

  1. Allohning sizlarga bergan ne'matini va "Eshitdik va bo'yin sundik" deb bitishgan ahdingizni eslangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh ko'ngillar zoti (siri)ni biluvchidir.


  1. Ey, imon keltirganlar! Alloh uchun (to'g'rilikda) sobit turuvchi, odillik bilan guvohlik beruvchi bo'lingizlar: biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni adolatsizlik qilishga undamasin! Odil bo'lingiz! Zero, u (adolat) taqvoga yaqinroqdir. Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh ishlaringizdan xabardordir.


  1. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga Alloh kechirim va ulkan mukofot va'da qildi.


  1. Kufrga ketgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar esa, ana o'shalar jahim (duzax) ahlidirlar.


  1. Ey, imon keltirganlar! Allohning sizlarga (bergan) ne'matini eslangiz: bir qavm (kishilari) sizlarga qo'l ko'tarish (hujum qilish)ni niyat qilganida, qo'llarini sizlardan qaytargan edi. Allohdan qo'rqingiz! Mo'minlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar!

Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishiga bir necha sabablar aytilgan. Ulardan biri Rasululloh, Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali bilan Bani Qurayza qabilasiga ikki musulmon xunini undirish masalasi bilan keladilar. Ular hiyla ishlatib, mehmon qilish bahonasi bilan ularni bir yerga o'tqizib qo'ygach, Amr ibn Jahhosh ismli bir munofiq katta toshni olib, Rasulullohning boshlariga urmoqchi bo'lganda, Alloh taolo Jabroil (a. s.) orqali Rasulini ogoh etgan va najot bergan.

  1. Alloh Isroil avlodidan ahd oldi va Biz ulardan o'n ikki yo'lboshchini yubordik. (So'ngra) Alloh dedi: "Darhaqiqat, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozni mukammal ado etsangiz, zakot bersangiz, payg'ambarlarimga imon keltirsangiz va ularni sharaflab, madad bersangiz hamda (savobli ishlar qilib,) Allohga chiroyli "qarz" bersangiz, albatta, gunohlaringizni kechaman va ostidan anhorlar oqadigan bog'lar (jannat)ga kiriturman. Shundan keyin ham sizlardan kimki kufrga ketsa, to'g'ri yo'ldan beshak ozgan bo'lur. "


  1. O'z ahdlarini buzganliklari sababligina ularni la'natladik va qalblarini beshafqat (mehrsiz) qilib qo'ydik. So'zlarning o'rinlarini o'zgartiradilar, ularga eslatilgan narsadan bir (katta) qismini unutdilar.

Mana, ulardan bir ozginasi mustasno bo'lib, (qolganlari) xiyonat qilayotganini mudom kuzatayapsiz. Ularni afv eting va kechiring! Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi.

  1. "Biz nasroniylarmiz" deganlardan (ham) ahdlarini oldik. Ularga eslatilgan narsadan (katta) bir qismini unutdilar. Shundan keyin ularning o'rtalarida qiyomat kunigacha adovat va nafrat qo'zg'atdik. Keyin Alloh ularni o'z qilmishlaridan xabardor qilajak.


  1. Ey, ahli kitoblar! Sizlarga rasulimiz (Muhammad) kelib, Kitobdagi ko'pgina siz yashirgan (oyatlar)ni sizlarga bayon qilmoqda va (xatolaringizning) ko'pini afv etmoqda. Allohdan sizlarga Nur va ravshan

Kitob keldiki,

  1. u bilan Alloh rizosini topishga intilganlarni (U) tinchlik va salomatlik yo'llariga yo'llab, O'z izni bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va to'g'ri yo'lga hidoyat qilur.


  1. "Maryamning o'g'li Masih Allohdir" deganlar kufrga ketdilar. Ayting: "Agar Alloh Maryamning o'g'li Masihni, uning onasini va Yerdagi hamma (odamlar)ni halok etishni iroda qilsa, kim ham biror narsaga qodir bo'lar edi?!" Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan hukmronlik faqatgina Allohga tegishlidir. Xohlagan narsani yaratadi, Alloh har narsaga qodirdir.


  1. Yahudiylar va nasroniylar: "Biz Allohning o'g'illari va habiblarimiz", - deydilar. Ayting: "(Unday bo'lsa), nega gunohlaringiz tufayli sizlarni azoblaydi? Yo'q! Sizlar ham U yaratgan odamlardansiz. Xohlagan (bandasi)ni kechiradi, xohlaganini azoblaydi. Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan hukmronlik Allohgagina tegishlidir va Qaytish ham faqat Uning huzurigadir".


  1. Ey, ahli kitoblar! Sizlarning: "Bizlarga na bashoratchi va na ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelmadi" deganlaring uchun sizlarga Rasulimiz (oldingi) payg'ambarlardan bir muddat o'tgach, bayon etuvchi bo'lib keldi. Mana, sizlarga bashoratchi ham, ogohlantiruvchi ham keldi. Alloh har narsaga qodirdir.


  1. Muso o'z qavmiga aytganini eslang: "Ey, qavmim! Allohning sizlarga bergan ne'mati - ichingizdan payg'ambar chiqargani, sizlarni (ba'zilaringizni) podshoh qilgani va olamlardan hech bir (kimsa)ga bermaganini sizlarga ato etganini eslangiz!


  1. Ey, qavmim! Sizlar uchun Alloh bitib qo'ygan (bu) muqaddas yer (Baytul-Maqdis)ga kiringiz va ortingizga qaytib ketmangizki, ziyon ko'ruvchilarga aylanib qolasiz".


  1. Aytdilar: "Ey, Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u yerga sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz. "


  1. (O'n ikki yo'lboshchi ichidan Allohdan) qo'rqadigan va Allohning in'omiga sazovor bo'lganlaridan ikki kishi shunday dedi: "Ular ustiga (shaharga) darvozadan kiringiz. Unga kirib olishingiz bilan, sizlar g'olib bo'lasiz. Agar mo'min bo'lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!"


  1. Aytdilar: "Ey, Muso! Modomiki, (ular) u yerda ekanlar, biz sira u yerga kirmagaymiz. Sen (o'zing) va Rabbing borib, (ular bilan) jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o'tiruvchilarmiz".


  1. (Muso) aytdi: "Ey, Rabbim! Men faqat o'zim va birodarim (Horun)ga egalik qilurman. Bas, bizni u fosiqlar qavmidan (O'zing) ajrim qilgin!"


  1. (Alloh) dedi: "Albatta, u (Baytul-Maqdis) endi ular uchun qirq yilga (kirishi) taqiqlangandir. Yer (yuzi) bo'ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg'urma!"


  1. Ularga Odamning ikki o'g'li (Qobil va Hobil) haqidagi xabarni haqiqati bilan o'qib bering! Ikkisi qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. (Qurbonligi qabul bo'lmagan Qobil akasi Hobilga): "Seni, albatta, o'ldirajakman!" - dedi. (Hobil) esa: "(Qurbonlikni) Alloh aslida taqvoli kishilardan qabul qilur.


  1. Agar meni o'ldirish uchun qo'lingni men tomonga cho'zsang, men seni o'ldirish uchun Sen tomonga qo'limni cho'zuvchi emasman. Axir,men olamlar rabbi - Allohdan qo'rqaman.


  1. Men esa, mening gunohimni ham, o'z gunohingni ham (zimmangga) olib ketishingni va do'zax ahlidan bo'lishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shudir", - dedi.


  1. Uning (havoyi) nafsi birodarini o'ldirishni xush ko'rsatdi va darhol, uni o'ldirdi. Shu bilan u ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qoldi.


  1. Shundan so'ng, Alloh unga birodari avratini (murdasini) qanday ko'mishni ko'rsatish uchun yerni kovlovchi bir qarg'ani yubordi. "Holimga voy! Nahot shu qarg'achalik bo'lishdan ojiz bo'lsam? (Men ham) birodarim avratini (tuproqqa) ko'maqolay", - dedi. Shu tufayli pushaymon qiluvchilardan bo'lib qoldi.


  1. Ana o'sha (birinchi qotillik) tufayli Isroil avlodiga shunday hukmni bitib qo'ydik: "Biror jonni o'ldirmagan yoki Yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o'ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o'limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir*". Ularga rasullarimiz hujjatlarni keltirganlar. So'ngra ularning ko'pchiligi o'shandan keyin (ham) Yerda isrof qiluvchilardir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling