Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


YETTINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet34/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
Bog'liq
Документ

YETTINCHI JUZ’ *************************



  1. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko'plarni adashtirgan hamda to'g'ri yo'ldan chalg'iganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!"


  1. Isroil avlodidan kofir bo'lganlari Dovud va Iso ibn Maryam tili bilan la'natlandilar. Bunga itoatsizliklari va tajovuzkor bo'lishlari sabab (bo'ldi).


  1. (Yana ular) qilib yurgan munkar (noshar'iy) ishlardan bir-birlarini qaytarmas edilar. Qilib yurgan ishlari naqadar yomon!


  1. Ularning aksariyatini kofirlar bilan do'stlashganlarini ko'rasiz. Nafslari ularga orttirgan narsa naqadar yomon bo'ldiki, ularga (nisbatan) Allohning g'azabini keltirdi. Ular shu azobda abadiydirlar.


  1. Agar ular Allohga, Payg'ambarga va unga nozil qilingan narsalarga imon keltirgan bo'lganlarida, o'shalarni o'zlariga homiy qilib olmagan bo'lur edilar. Lekin, ularning ko'plari fosiqdirlar.


  1. Imon keltirganlarga (nisbatan) eng ashaddiy adovatda bo'luvchilar yahudiylar va shirk keltirganlar ekanini ko'rasiz. Imon keltirganlarga nisbatan yaqinroq do'st - "Biz nasroniylarmiz" deganlar ekanini

(ham) ko'rasiz. Buning sababi - ular ichida ruhoniy va rohiblarning borligi va ularning kibrga berilmasligidir.

  1. Rasul (Muhammad)ga nozil qilingan narsa (Qur'on)ni eshitganlarida, uning haqligini anglayotganlaridan ko'zlari yoshga to'layotganini ko'rasiz. Aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Imon keltirdik. Bizni shahodat ahli bilan birga yozgin!


  1. Allohga va bizga kelgan haq (payg'ambar)ga qanday ham imon keltirmaylikki, o'zimiz Rabbimizdan solihlarga qo'shib (jannatga) kiritishini umid qilayotgan bo'lsak?!"

Izoh: Habashiston hukmdori Najoshiy huzuriga bir guruh mazlum musulmonlar kelib, panoh so'rashgan paytda, nasroniy diniga e'tiqod qiluvchi Najoshiy atrofida turgan mushriklar guvohligida muhojirlardan:
"Kitobingizda Maryam to'g'risida nima deyilgan?" - deb so'ragan. Shunda Ja'far ibn Abi Tolib Maryam va
Toho suralaridan Maryam haqidagi oyatlarni o'qib bergan. Najoshiy zimdan imon keltirib, ko'z yoshi qilgan.
Oyatda shu voqeaga ishora qilinmoqda.

  1. Aytgan (shu) gaplari tufayli Alloh ularni ostidan anhorlar oqib turadigan jannat bog'lari bilan mukofotlagay va u yerda abadiy qolurlar. Bu chiroyli ish qiluvchilarning mukofotidir.


  1. Kofir bo'lganlar va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar.


  1. Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo'ygan narsalarni haromga chiqarmangizlar va haddan oshmangizlar! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni sevmaydi.


  1. Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halolu poklarini tanovul qilingizlar va o'zlaringiz imon keltirgan Allohdan qo'rqingizlar!


  1. Qasamlaringizdagi behuda so'zlar uchun Alloh sizlarni javobgar qilmaydi, balki sidqidildan bog'lagan qasamlar (buzilgani) uchun sizlarni javobgarlikka tortadi. Buning kafforati (jarimasi) - oilangizni oziqlantirish uchun lozim taomlarning o'rtacha miqdorida o'nta miskinga taom berish yoki ularning kiyimlari yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki (bularni) topa olmasa, uch kun ro'za tutish (mumkin). Ana shu ichgan (va buzgan) qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni asrangiz! Alloh sizlarga O'z oyatlarini shunday bayon qiladi, toki shukr qilgaysizlar.


  1. Ey, imon keltirganlar! Albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-sanamlar va (fol ochadigan) cho'plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad (shunda) najot topsangiz.


  1. Shayton may va qimor (yordami)da o'rtalaringizga adovat va nafrat solishni va sizlarni Allohning zikri hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Bas, endi, sizlar tiyiluvchimisizlar?


  1. Allohga itoat qilingiz va Rasuliga itoat qilingiz hamda (man etilgan narsalardan) saqlaningiz! Agar bosh tortsangiz, bilib qo'yingizki, Rasulimiz (zimmasi)da faqatgina aniq yetkazib qo'yishlik (yuklatilgan)dir.


  1. Imon keltirgan va savobli ishlarni qilganlar uchun - agar shirkdan saqlanib, imonda va savobli ishlarda davom etsalar, so'ngra (may va qimordan) saqlanib, (haromni harom deb) imon keltirsalar, so'ngra (barcha harom va shubhalardan) saqlanib, (odamlarga) ezgulik qilsalar - yeb-ichgan (oldingi harom) narsalarida gunoh yo'qdir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi.


  1. Ey, imon keltirganlar! Alloh O'zidan g'oyibona (ko'rmasdan) qo'rqadiganlarni bilish uchun sizlarni (ehromdagi hollaringda) qo'llaringiz va nayzalaringiz yetganicha olinadigan narsa bilan ovda sinaydi. Shundan keyin kimki haddan oshsa, unga alamli azob (bordir).


  1. Ey, imon keltirganlar! Ehromda bo'la turib, ovni o'ldirmangiz! Sizlardan kimki uni qasddan o'ldirsa, jazo - xuddi (xonaki) hayvon o'ldirish bilan barobardir: u (ham bo'lsa) Ka'baga (yurib) bora oladigan qurbonlik bo'lib, unga o'zlaringdan ikki adolatli kishi hakamlik qilur yoki (jazosi) kafforat: miskinlarni ovqatlantirish yoki o'sha barobarida ro'za tutishdir. (Bularning hammasi) qilmishi uvolini totib ko'rishi uchundir. Alloh o'tgan (ov jinoyatlari)ni kechirdi. Kimki (yana ovga) qaytsa, Alloh undan o'ch olur. Alloh qudratli va intiqom egasidir.


  1. O'zingiz va sayyoh (o'tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi. Biroq, modomiki, ehromda ekansizlar, sizlarga quruqlik ovi harom qilindi. Huzuriga qaytishlaringiz aniq bo'lgan Allohdan qo'rqingiz!


  1. Ka'ba, ya'ni, Baytul-Haromni, shuningdek, hurmatli oyni, qurbonlikni va (unga doir) belgilarni

Alloh odamlar uchun (muhim) maqom qilib qo'ydi. Bu - Allohning osmonlar va Yerdagi narsalarni bilishi va Alloh har narsada bilimdon ekanini bilib qo'yishingiz uchundir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling