Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


BESHINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet25/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Bog'liq
Документ

BESHINCHI JUZ’ *************************



  1. Yana, erli xotinlar (nikohi ham harom qilindi), magar qaramog'ingizdagi joriyalar(bundan mustasno)*. Bu (mazkurlarning hammasi) Allohning bitigi (farzi)dir. Ana shulardan boshqa ayollarga zinokorona emas, (balki) mollaringiz (mahr) bilan uylanishingiz sizlarga halol qilindi. Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan mahrlarini beringiz. (Mahr) belgilangandan keyin o'zaro kelishsangiz (xotin o'z mahridan kechsa), sizlar uchun gunoh yo'qdir. Albatta, Alloh ilm va hikmat egasidir.

Izoh: Joriyasini nikohlab olmoqchi bo'lgan kishi uning iddasi chiqishini kutadi. Zero, odatda joriyalar janglarda yengilgan kofir erlarini tashlab kelgan bo'ladi. Shuning uchun homilali bo'lishligi ehtimolidan iddaga buyurilgan.

  1. Sizlardan kimda-kim ozod-mo'mina ayollarga uylanish imkoniyatiga ega bo'lmasa, qo'l ostingizdagi mo'mina joriyalardan biriga (uylanaversin). Alloh imoningizni biluvchiroqdir. Sizlar biringiz biringizdandirsiz (ya'ni, siz ham, joriyalar ham bir insonsiz). Bas, ulardan o'zlarini tutgan, fohishalik qilmaydigan va maxfiy o'ynashlari yo'qlariga xojalarining ruxsati bilan uylanaveringiz va mahrlarini me'yorida beringiz. Erga tekkanlaridan keyin, agar buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga (beriladigan) jazoning yarmi (berilur). Bu (joriyalarga uylanish) qiyinchilik (buzilib ketish)dan qo'rqqanlaring uchundir. Agar (joriyaga uylanishdan) sabr qilsangiz, o'zingiz uchun yaxshiroqdir. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.


  1. Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) bayon qilish, sizlarni ilgari o'tgan (haq yo'ldagi) zotlarning yo'llariga hidoyat etish va tavbalaringizni qabul qilishni xohlaydi. Alloh dono va hakimdir.


  1. Alloh tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi, shahvoniy hissiyotga tobe bo'lganlar esa, (to'g'ri yo'ldan) o'ta og'ib ketishlaringizni xohlaydilar.


  1. Alloh sizlarga (vazifalarni) yengillatishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilganda


  1. Ey, mo'minlar! Mol-mulklaringizni o'rtada nohaq (yo'llar) bilan yemangizlar! O'zaro rozilik asosidagi tijorat bundan mustasno. Shuningdek, o'zlaringizni (bir-biringizni) o'ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahmshafqatlidir.


  1. Kimda-kim shu (qotillik)ni adovat va zulm yuzasidan qilsa, albatta, Biz uni do'zaxda toblarmiz. Bu (esa) Allohga osondir.


  1. Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan o'chirurmiz va sizlarni shinam manzil (jannat)ga kiriturmiz.


  1. Alloh biringizni biringizdan biror ne'mat bilan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni (hasadgo'ylik bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o'z kasblaridan ulush olurlar, ayollar ham o'z kasblaridan ulush olurlar. (Hasad qilish o'rniga) Allohning fazlidan so'rangizlar. Albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir.


  1. Har bir kishi uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan (meros)dan (oluvchi) merosxo'rlar qilib qo'ydik. Kimlar bilan qasamyod (ahdu paymon) qilgan bo'lsangiz, ulushlarini beringiz*. Albatta, Alloh hamma narsaga guvohdir.

Izoh: Bu hukm meros oyati bilan bekor qilingan. Ya'ni oyatda belgilab qo'yilgan qarindoshlardan boshqa hech kim meros olishga haqli emas.

  1. Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z molmulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari - bu (Allohga) itoatli, g'oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya'ni, erlarining sirlari, mulklari va obro'larini saqlovchi)lardir. Xotinlarning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so'ng (bu ta'sir qilmasa,) ularni yotoqlarda tark etingiz, so'ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo'lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo'l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug' zotdir.

Izoh: Bu oyati karimada oila totuvligi qanchalik ahamiyatga ega ekanli ko'rsatilgan. Faqat favqulodda yuz beradigan ba'zi vaziyatlarda ayolni tarbiya qilish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ba'zi kishilar oyatda "uringlar" deyilgan, deb uni sui iste'mol qilishga urinadilar. Bu ayni xatodir. Har qanday oilaviy mojaroni tinchlik yo'li bilan oqilona hal qilish mumkin.

  1. Agar ular (er-xotin)ning oralari buzilib ketishidan qo'rqsangizlar, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboringiz. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o'rtalarini muvofiqlashtirgay. Albatta, Alloh bilimdon va xabardor zotdir.


  1. Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingizlar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo'shniyu begona qo'shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo'lovchi (musofir)ga va qo'l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi.


  1. (Ular) o'zlari baxillik qilish bilan birga (boshqa) odamlarni (ham) baxillikka buyuradigan va Allohning O'z fazli bilan bergan (ne'mat)larini yashiradigan (kimsa)lardir. Kofirlarga (esa) xor qiluvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz.


  1. Mol-mulklarini odamlar ko'rsinga (riyokorlik bilan) ehson qiladigan, (aslida esa) Allohga ham, oxirat kuniga ham imon keltirmaydiganlarni (Alloh sevmaydi). Kimgaki shayton do'st bo'lsa, naqadar yomon do'st u!


  1. Bordiyu (ular) Allohga, oxirat kuniga imon keltirsalar va Alloh rizq qilib bergan narsalardan ehson qilsalar, ular (zarari)ga nima ham bo'lar edi?! Alloh ularni yaxshi biluvchidir.


  1. Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham) zulm qilmaydi. Agar (o'sha miqdorda) yaxshilik bo'lsa, uni (bir necha barobar) ko'paytirur va O'z huzuridan ulug' mukofot (jannat) ato etur.


  1. Har bir ummatdan (o'z payg'ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va Sizni (ey, Muhammad,) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling