Kommunikatsiya
Kishilar o‟rtasidagi o‟zaro axborot almashinuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashinishini talab qiladi. Yaxshi yo‟lga qo‟yilgan kommunikatsiya ish muvofaqiyatini taminlaydi. So„rovlar shuni ko„rsatadiki, 73 foiz amerikalik, 85 foiz yapon, 63 foiz angliyalik rahbarlar kommunikatsiya qo„yilgan maqsadga erishish uchun bosh to„siq deb hisoblaydilar.
KOMMUNIKATSIYA SAMARADORLIGI
•KISHILAR BILAN YAKKAMA-YAKKA SUHBAT OLIB BORISH QOBILIYATI.
•TELEFONDA SO‟ZLASHUV QOBILIYATI
•RASMIY HUJJATLARNI TUZISH VA O‟QIY OLISH QOBILIYATI
•MAJLISLARDA QATNASHISH MADANIYATI
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o„rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik, qo„mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo„ladi.
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi bo„limlar o„rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo„lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo„g„inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo„limlararo (gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo„ysinuvchi o„rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko„p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig„i ¸ki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat o„z qarorini bildiribgina qolmay, bo„ysunuvchilarga ta‟sir ko„rsatish, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va hohish uyg„otish mumkin. qo„pollik bilan baqirishga, “so„kishga” va hokazolarga aslo yo„l qo„yilmaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obro„si ko„p jihatdan u o„z fikrini qay tarzda bildirishga, qanday so„zlashishga bog„liq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo„lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi ham bo„lishi kerak, ammo chegara doirasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |