Qxmt” kafedrasi “qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashva qayta ishlash texnologiyasi” fanidan kurs ishi


Endi uning hisob kitob ishlariga kelsak


Download 114.8 Kb.
bet13/15
Sana25.10.2023
Hajmi114.8 Kb.
#1720205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
600 tonna karamni — копия

Endi uning hisob kitob ishlariga kelsak


600 tonna karam uchun kerak bo’ladigan jihoz va materiallar:

    1. Qog’oz o’ramalar kg hisobida: 6 tonna

    2. Taxta yashiklar: 10 000 dona

600 tonna karamni saqlash uchun ombor shart-sahroitlari:

  1. Ventelatsiya (yoki muzlatgichlar ombori ham yetadi)

  2. 10x10 m ga teng 10 ta muzlatgichi bor xona

Havo harorati zax bo’lmgan va quyosh tushmaydigan joyda +5 - +18-20 darajadagi havo harorati kerak bo’ladi.

Karamning texnik yetilish stadiyasi karam boshining yaxshi zichlashib shakllanganligi, har birining massasi kamida 0,8 kg-ga yetganligi bilan tavsiflanadi.


Oq boshli karam tarkibida 10% quruq modda, jumladan 4-4,5% qandlar, asosan saxaroza bo‘ladi. Karamning tarkibida azotli moddalar miqdori 1-2%-ni tashkil etadi va bu miqdor sut kislotali bijg‘ish mikroorganizmlarining bemalol rivojlanishi uchun yetarli hisoblanadi. Karam tarkibining har 100 g-da 25-40 mg askorbin kislotasi, karotin va V gurux vitaminlari mavjud. Bijg‘itish jarayonida vitaminlar, jumladan S vitamini, yaxshi saqlanadi. Oq boshli karam qimmatli mineral tarkibga ega.
Bijg‘itish uchun karamning yirik boshlari ishlatilsa chiqit kam chiqadi.
Bijg‘itishdan ilgari karamni o‘ragan tashqi hamda zararlangan barglari olinadi. O‘zak qismi karam bilan barobar qilib kesiladi. Karam o‘zagi qandlar va askorbin kislotasiga boy. Ayni vaqtda u dag‘al to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib tayyor mahsulotning ta’mi sifatida salbiy tomonni hosil qilishi mumkin. Shuning uchun u pichoq yordamida 4-8 bo‘lakka bo‘linadi yoki parmalab olinadi.
Tayyorlangan karam maydalanadi va 2-3 sm qalinlik va 5 mm etli bo‘laklar hosil qilinadi. Ba’zan 8-12 mm o‘lchamli bo‘laklarga kesiladi.
Mahsulot sifatini yaxshilash uchun uning tarkibiga aylana yoki somon shaklida kesilgan sabzi yoki lavlagi, ba’zan olma, qo‘zoqli chuchuk qalampir hamda rezavor mevalar – brusnika yoki klyukva qo‘shiladi. Karam bijg‘itishda ziravorlardan tmin va dafna bargi qo‘llaniladi. Yirik olmalar ikki yoki to‘rtga bo‘linadi, urug‘ kamerasi olinadi.
Karamni tuzlash uchun sig‘imi 15 t bo‘lgan sementlangan yoki yog‘ochdan tayyorlangan chanlardan foydalaniladi. Ishlab chiqish masshtabi kichik bo‘lsa bochkalardan foydalaniladi.
Yangi yog‘och chan materialida oshlovchi moddalar va smola mavjud. Ular mahsulot rangi qorayishi va ta’mi yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buni oldini olish uchun yangi yog‘och chanlarga suv quyiladi va 20 kun saqlanadi. Bu m uddatda suv 4-5 marotaba almashtirilishi kerak. Ivitishdan so‘ng yog‘och chanlar 0,2%-li issiq kaustik yoki 0,5%-li kalsiylangan sodaning eritmasi bilan, so‘ngra esa sovuq suv bilan yuviladi. Agar eski yog‘och idishlardan foydalanilsa u holda ular faqat sodali issiq suv bilan yuvilishi kifoya.
Karam solishdan ilgari sement yoki yog‘och changa 8-10 soat davomida sulfit gazi (CO2) bilan ishlov beriladi. Buning uchun bevosita oltingugurt yoqiladi va chanlar usti brezent bilan berkitiladi.
Sementlangan rezervuarlarning ichkarisi yuqori sifatli sement bilan yuzasi zich qilib shtukaturkalanadi va parafin izolyatsion qatlami bilan qoplanadi.
Maydalangan karam va qo‘shimcha materiallar birgalikda chanlarga solinadi, usti tekislanadi, zich qilib bosiladi. 1,2-2,0% miqdorda har qatlamga tuz sepiladi. Zich qilib bosish natijasida karam bijg‘itish uchun anaerob sharoit hosil qilinadi.
Bijg‘ishning birinchi davrida jadal gaz ajralib chiqishi kuzatiladi, buning natijasida karamning hajmi 2-3%-ga oshadi. So‘ngra hajm kamayadi va hatto uning chandagi sathi boshlang‘ichdan pasayadi. Ba’zan karamning yuqori qatlamlari konus shaklida taxlanadi, chandan 1 m-gacha balandga ko‘tariladi va faneralar bilan qo‘shimcha ravishda o‘rab qo‘yiladi.
Chanlarga solingan to‘g‘ralgan karam usti karamning butun barglari, uning ustidan polietilen plyonka, mato yoki doka bilan o‘raladi.
Mato ustidan karamga aylana shaklidagi yog‘och o‘rnatiladi. U vintli press yordamida karamni shunday bosishi kerakki, qatlam ustiga 3-5 sm qalinlikda eritma chiqsin.
Vintli press bo‘lmagan holda aylana ustiga karamning har 1 t-si uchun 70-100 kg yuk bostiriladi. Hosil qilingan bosim karam sharbati chiqishi va eritma hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
Yuqori sifatli bijg‘itilgan karam olish uchun sub bijg‘ish mikroorganizmlarining toza achitqisini qo‘llash kerak. Karamni chanlarga joylashtirishda uning har bir qatlamiga leyka (gul sug‘orish chelagi) yordamida achitqi sepiladi.



Download 114.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling