Qxmt” kafedrasi “qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashva qayta ishlash texnologiyasi” fanidan kurs ishi
-rasm. Zamonaviy karamni bijg’itish sehlari
Download 114.8 Kb.
|
600 tonna karamni — копия
3-rasm. Zamonaviy karamni bijg’itish sehlari
Achitqi tayyorlash uchun gaz hosil qilmaydigan V.brassicae fermentati sut kislotali bijg‘ish bakteriyalari va Sacch. Brassicae fermentati hamda Lactobac. Plantarum drojjalari ishlatiladi. Toza mikroorganizm va drojjalar achitqisi alohida ko‘paytiriladi. Achitqi olish uchun muhit sifatida karam qaynatmasidan foydalaniladi. Karam qaynatmasi maydalangan karamni suvda qaynatish orqali tayyorlanadi. Karam yumshayganda qaynatma filtrlanadi va karamdan dastlab chiqqan sharbatga qo‘shiladi. Yot mikroflora qo‘shilishidan saqlash uchun ushbu muhit 20-40 daqiqa davomida 105-1100S temperaturada sterillanadi. Sterillashdan so‘ng muhit bochkalarga quyiladi, 300S-gacha sovutiladi, so‘ngra esa shpunt teshigi orqali 1% miqdorda suyuq toza achitqi qo‘shiladi, aralashtiriladi va 3 sutkaga qo‘yiladi. Muhitning temperaturasi achitish uchun saqlash vaqtida 25-30 0C oralig‘ida bo‘lishi kerak. Yot mikroflora rivojlanmasligi uchun bochkalarga bug‘ bilan ishlov beriladi, shpunt teshiklari achitqi solishdan ilgari spirt bilan sterillanadi; temperaturani o‘lchash uchun foydalanaladigan termometr spirt bilan artiladi va hokazo. Sut bijg‘ish bakteriyalaridan olingan achitqi – loyqa, ta’mi va hidi yoqimli. Mikroskop ostida yolg‘iz bakteriya yoki 2-3 bakteriyadan tashkil topgan qisqa zanjirni ko‘rish mumkin. Drojjalarning yuqorida keltirilgan usul asosida ko‘paytirilgandan so‘ng olingan toza kulturasi bijg‘igan mahsulotlarga xos hidga ega, yuzasida ko‘p miqdorda ko‘pik ajraladi. Mikroskop ostida mayda, sal oval shaklidagi hujayralar ko‘rinadi. Yuza qatlamida plyonka hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu yot mikroflora rivojlana boshlaganidan dalolat beradi. Bakteriya va drojjalar toza kulturasining tomizg‘isi chanlarga taxlangan karam ustiga 1,25% (shu jumladan 1% bakteriyalar tomizg‘isi va 0,25% drojjalar tomizg‘isi) miqdorda qo‘shiladi. Tomizg‘ining kislotaliligi 0,7-0,8%-ni tashkil etadi. Xullas K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, koʻkish-kulrang , kulrang mum gʻubor bilan qoplangan; qanotli urgʻochisi 2,15 mm, boshi va koʻkragi jigarrang , qorni koʻkish-sariq, ozroq mum gʻuborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qoʻngʻir, keyingisi kulrang . Lichinkasi (qurti) 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Begona oʻtlarda, K. oʻzagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9—10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 – 8 mm, boʻgʻimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora boʻlib, qizgʻish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. Oʻsimlik barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini soʻradi, bunda barglar sargʻayadi, ilma-teshik boʻlib ketadi, yosh oʻsimliklar qurib qoladi. Koʻklamda begona oʻsimliklar bilan oziqlanib, barg orqasiga tuxum qoʻyadi. 6—15 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib gʻumbakka aylanadi. Birinchi boʻgʻini, koʻpincha may — iyunda K.ga tushadi. Karam oq kapalagi — qanoti yozilganda 5,5—6 sm, oq, uchi qora koʻrinadi. Lichinkalari qora dogʻli sargʻish-och yashil, boʻyi 1 sm. Oʻrta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring , qora boʻgʻiz, ildiz boʻgʻzi qorayishi. Zararkunandalarga qarshi kurashda koʻchatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0,2% li eritmasi purkaladi, oʻsuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin (1,0—1,5 kg/ga), gomelin (0,8—1,0 kg/ga) eritmalari, hosilni yigʻishdan 20—30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi, kasalliklarga qarshi yerni kuzda shudgorlash, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olish, urugʻlikni ekishdan oldin dorilash tadbirlari oʻtkaziladi. Download 114.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling