Радиотехник тизимлар назарияси асослари


,785 ------------------------------------ 10’


Download 6.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/153
Sana23.08.2023
Hajmi6.46 Mb.
#1669520
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153
Bog'liq
Atom yadrosi va zarralar fizikasi T.Mo\'minov, A.Xoliqulov)

0,785 ------------------------------------ 10’
0 ,5 2 2 ------------------------------------- 8 +
0 ,3 0 9 ------------------------------------- 6 +
0 . 1 4 8 ------------------------------------ 4 +
0 ,0 4 4 7 ------------------------------------- 2 +
0 ------------------------------- 0 +
4.6-rasm.
Bu usulda topilgan deformatsiya qiymati deformatsiyalangan yadrolar 
uchun elektr kvadrupol qiymatlarini va 
E2 o ‘tishlar ehtimolliklarini yahshi 
tushuntiradi.
Aylanma sathlarga k o ‘ra, yadroning m agnit m om entlarini aniqlash 
mumkin. Yadro magnit momenti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
M=gk -K + gn -Q, 
(4.6.7)
bu yerda 
gk, g L1 - o ‘zgarmas giromagnit nisbatlar.
(4.6.7) 
formula bilan hisoblangan yadro magnit moment qiymatlari tajriba 
natijalariga yaxshi mos keladi.
N azo rat savollari:
1. Yadro modellari turlarini aytib bering.
2. Tomchi m odeliga asoslar va modelning qoTIanilishini (bogTanish 
energiyasi, yadro boTinishi, tebranma holatlari va h.k.) tushuntiring.
3. Qobiqli modelga asoslar va qobiqli modelning yadro spini, izomer 
holatlar, m agnit m om entlar, beta-yem irilish ehtim olligini hisoblashda 
qoTlanilishi.
4. Kollektiv model, aylanma sathlar, yadro deformatsiyalarini aniqlashda 
qoTlanilishini tushuntiring.
137
www.ziyouz.com kutubxonasi


V BOB. YADROVIY R EA K SIY A LA R VA TE Z L A T G IC H L A R
5.1-§. Yadro reaksiyalari
Zarra bilan yadro yoki yadro bilan yadro yadroviy kuch ta’sir radiusi 
(10_13^n?) qadar yaqinlashib, o ‘zaro ta ’sirlashishi natijasida yadro turli 
o ‘zgarishi yoki yadro zarralarining qayta taqsimlanishi mumkin. Yadroviy 
reaksiya deb ataladigan bunday jarayonda yadro uyg‘onadi yoki yangi 
zarralar hosil bo‘iadi.
Shunday qilib, yadroviy reaksiyani hosil qilish uchun yadrolami katta 
energiyali zarralar yoki yadrolar bilan bombardimon qilish kerak. Bunday 
yuqori energiyali zarralar radioaktiv yemirilishda hosil bo‘ladi. Masalan, 
alfa-radioaktivyadrolaryemiri!ishda4-9 AfeFenergiyali alfa-zarralar oqimi 
hosil bo‘ladi. Kosmik nurlar tarkibida juda katta energiyali zarralar ham 
uchraydi. Lekin intensivligi kam b o ‘lganligi uchun ulardan yadroviy 
reaksiyalami amalga oshirishda foydalanib bo‘lmaydi.
Yadro va elementar zarralar xususiyatlarini keng o‘rganishlik uchun yuqori 
energiyagacha tezlatib beruvchi tezlatgichlar yaratilishi ju d a muhim 
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yaratilgan tezlatgichlar yordamida turli xil reaksiyalar 
o'tkazilmoqda.
5.2-§. Tezlatgichlar
Yadro tuzilishini o ‘rganish, yadro reaksiyalarini amalga oshirish hamda 
elementar zarralar xususiyatlarini aniqlash va boshqa ko‘plab muammolami 
hal qilish uchun yuqori energiyagacha tezlashtirilgan katta oqimdagi zarralar 
dastasi talab etiladi.
T ezlatgichlar 1930-yiIlardan boshlab qurila boshlandi. D astlabki 
tezlatgichlar energiyalari bir necha 
MeV bo‘lsa, hozirgi vaqtda bir necha 
GeV energiyagacha yetkazildi. Zaryadli zarralami tezlatish odatda elektr 
maydonda yoki elektr va magnit maydonlar birgalikda amalga oshiriladi.
Tezlatgichlar tezlashtiruvchi maydon turiga qarab zarralar oqimini 
fokuslashi, tezlashtirilayotgan zarralar xili, erishgan energiyalariga ko‘ra, 
turlicha nomlar bilan ataladi.
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘g ‘ri ta’sirli tezlatgichlar zarra tezlatuvchi maydonidan o ‘tishda bir 
marotaba energiyasini oshirsa, ko‘p karrali ta’sirli tezlatgichlarda esa shu 
maydondan zarra bir necha marotaba energiya orttirmasi oladi. Yuqori voltli 
tezlatgichda energiya orttirm asi potensiallar ayirm asiga to ‘g ‘ri kelsa, 
induksiyali tezlatgichda magnit oqimi o ‘zgarishiga mos keluvchi uyurma 
elektr maydoni rezonans tezlatgichlarda esa yuqori chastotali o ‘zgaruvchi 
elektr maydon kattaliklariga mos keladi. Chiziqli tezlatgichlarda zarralar 
to ‘g ‘ri chiziq bo ‘ylab harakatlansa, siklik tezlatgichlarda aylana yoki 
spiralsimon harakatlanadi.
Tezlatgichlaming turlari 5.1-jadvalda keltirilgan.
U zluksiz oqim li tezlatg ich lard a zarralar oqim i o ‘zgarm as b o ‘lsa, 
impulslilarida esa zarra dastasi m a’lum vaqt oralig‘ida tezlashtiriladi.
Odatda tezlashtirilgan zarralar qo‘zg ‘almas nishonga y o ‘naltiriladi. 
Qarama-qarshi oqim da tezlashtirilganda o ‘zaro m assalar teng maTum 
im pulsga ega b o ‘lgan zarralar b ir-b irig a qaram a-qarshi y o ‘nalishda 
ta’sirlashadi.
Barcha tezlatgichlarda zarralarni tezlatish jarayonida fokuslab turishlik 
lozim. K o‘ndalang radial va vertikal tekislik bo‘yicha fokuslash magnit 
maydonning radius bo‘yicha kamayib borishi bilan amalga oshiriladi. Bunda
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


magnit maydonning pasayish darajasi 0 < 
n < 1 oralig'ida bo‘ladi. Bu xil 
fokuslashga yum shoq (kuchsiz) fokuslash deb ataladi. Bu xil fokuslashda 
vakuum kamera va magnit o ‘lchami otrib ketadi, natijada tezlatgich narxining 
juda yuqori bo‘lishiga olib keladi. Juda yuqori energiyali tezlatgichlarda 
kuchli fokuslash usuli qo‘llanilmoqda, bunda zarralar oqimi turli magnit 
qismlaridan o‘tishda har xil ishorali katta gradient maydonga keladi. Zarralar 
oqimi gorizontal va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha ketma-ket fokuslanib, 
defokuslanadi.
Rezonans tezlatgichlarda zarralar oqimi bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha, 
y a ’ni zarralar aylanish chatotasi bilan tezlashtiruvchi elektr maydon 
chastotalarining rezonansini ta’minlash elektr maydon chastotasini yoki 
magnit maydonni vaqt bo‘yicha o‘zgartirishlik bilan amalga oshiriladi.
Tezlatgichlarda zarralar energiyasi va zarralar oqimi intensivligi muhim 
xususiyati hisoblanadi. Intensivligi oqim toq kuchi I = qN bilan ifodalanadi.
Siklik tezlatgichlarda tezlashtiriladigan zarralartezlashtiruvchi maydonga 
takror-takror kiritilib, energiyasini oshirib boradi.
Birinchi tezlatgichlardan siklotron 1930-yiIda Lourens (1901 — 1958) 
tomonidan qurildi.
Siklotron (sxemasi 5.1-rasmda keltirilgan) ikkita 
D v D2 duant, ionlar 
manbayi, tezlashtiruvchi yuqori chastotali elektr kuchlanish manbayi, magnit 
maydonlardan iborat. Duant magnit qutblari orasiga joylashtirilgan. Elektr 
maydon duantlar uchlariga beriladi. Ion (zaryadli zarralar) ion manbayidan 
chiqishi bilan duantning manfiy qutbiga tortilib, energiyasini oshiradi, bu 
ion m agnit maydon ta’sirida duant ichkarisida yarim aylana shaklida 
aylanadi, yarim davr 772 oralig‘ida qarama-qarshi duant chegarasiga keladi, 
bu paytda duant ishorasini o ‘zgartiradi, yana energiyasini oshiradi va h.k. 
Shunday qilib, siklotronda ion (zarra) rezonans energiyasini orttirib borishi 
uchun elektr maydon chastotasi ion (zarra)ning duant ichida aylanish 
chastotasiga mos kelishi talab etiladi.
Siklotronda elektr maydon ion (zarra)ga tezlanish beradi:
F£ = eZE-107 dina, 
(5.2.1)
bunda eZ - ion zaryadi, E - elektr maydon kuchlanganligi, magnit 
maydoni esa ion (zarra) lami egadi (buradi):
FH = 0 , l e Z $ H ,
(5.2.2)
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


bunda 0 - zarra tezligi, H - magnit maydon kuchlanganligi.
M a'lum ki, egri chiziqli harakatda markazdan qochma kuch vujudga 
keladi:
F
mq
m 3 2
R
(5.2.3)
Tezlashtirilayotgan ion (zarra) orbitada aylanib energiyasini oshirib 
borishligi uchun (5.2.2) va (5.23) kuchlar o ‘zaro teng bo‘lishi kerak:
Yuqori chaslolali kuchianish manhai
5.1-rasm. Siklotron. Siklotronda ionlar harakati.

Download 6.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling