Rahmonqulova komila muhammadi qizi tub sonlar taqsimoti va aniq formulalar


Download 0.65 Mb.
bet4/35
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1564867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Rahmonqulova Komila

Natija 2. ( ) uchun quyidagi oʻrinli:

bu yerda

Ushbu natijalar olinib, isbot qilindi.
g). Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi. Dissertatsiya ishi
ilmiy – nazariy xarakterda boʻlib, matematika, fizika va texnikaning koʻplab masalalari, juda koʻp amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Shuningdek, shu sohada ilmiy izlanishlar olib boruvchi mutaxassislar va talabalarga maxsus kurs va seminarlar oʻtishda foydalanish mumkin.
h). Dissertatsiya ishining ilmiy –tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi.
Dissertatsiyaning mavzusi Termiz davlat universiteti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan bevosita bogʻliq.
i). Natijalarning qoʻllanilishi. Dissertatsiya natijalaridan OʻzRFA ning
Matematika instituti, Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti va Termiz davlat universitetlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar foydalanishi hamda talabalarga maxsus kurs va seminarlar oʻtishda foydalanish mumkin.
j). Ishning sinovdan oʻtishi. Ishning asosiy natijalari “Matematikani
iqtisodiy-texnik masalalarga tadbiqlari va oʻqitish muammolari’’ Respublika ilmiy – amaliy anjumani. 2021-yil 9-aprel, Andijon (Oʻzbekiston), “Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari’’ Respublika ilmiy –amaliy anjumanlarida muhokama qilingan. 2022-yil 28-mart, Andijon (Oʻzbekiston). Shuningdek Termiz davlat universitetining yillik ilmiy konferensiyalarida (2021, 2022-yillar), Termiz davlat universiteti “Algebra va geometriya’’ kafedrasi qoshidagi fizika-matematika fanlari doktori I.Allakov rahbarligidagi seminarda ma’ruza qilinib muhokama qilingan.
k). Natijalarning e’lon qilinganligi. Ish yuzasidan 2 ta maqola chop etilgan.
l). Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch
bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat, umumiy hajmi kompyuter yozuvida … bet.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling