Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
Lizing xizmatlarining buxgalterlik hisoboti
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda “O„zqishxo„jmashlizing” kompaniyasining roli va vazifalari
- 2.3.1-jadval 2016 yilda lizing kompaniyalarining TOP – 5 taligi 54 №
Lizing xizmatlarining buxgalterlik hisoboti: 40
- O‗zR Milliy buxgalterlik hisoboti standarti (MBHS); - ―Buxgalteriya hisobida lizing xizmatlarini aks ettirish tartibi to‗g‗risida‖gi nizom. Xususan, Fuqarolik kodeksining 34-bobidagi oltinchi band lizingga, ya‘ni moliya ijarasiga bag‗ishlangan bo‗lib, unda lizingning ta‘rifi berilgan. Jami 13 moddadan iborat bo‗lgan bu bandda lizing shartnomasi, obyekti, subyekti, lizing to‗lovlari, tomonlarning majburiyatlari, javobgarliklari, huquqlari va bir qator boshqa masalalar qamrab olingan. Ayni shu davrda ―O‗zbek Lizing interneshnl‖ AJ (1995 y.), Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi (OETK) (1996 y.), ―Baraka‖ universal lizing kompaniyasi OAJ (1996 y.), ‖O‗zkeysagrolizing‖ KD (1997 y.), ―O‗zavializing‖ ALK (1997 y.) kabi hozirgi kunda ham samarali faoliyat yuritayotgan milliy va qo‗shma korxonalar tashkil etildi. Ushbu lizing tuzilmalarini shakllantirishda chet el tajribasidan keng foydalanildi. Rivojlangan mamlakatlarning ilg‗or tajribasidan samarali foyda-lanish hamda endigina shakllanayotgan bozorning to‗laqonli amal qilishini tashkillashtirish maqsadida lizing faoliyatini tartibga solishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini shakllantirish zaruriyati tug‗ildi. 1997 yilda Respublika Vazirlar Mahkamasining ‖O‗zkeysag-rolizing‖ o‗zbek- amerika kompaniyasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi 111-sonli qaroriga binoan O‗zbekiston banklar assotsiatsiyasi va uning sho‗ba korxonasi «Baraka» ULK OAJga bir oy muddatda «Lizing to‗g‗risida»gi vaqtinchalik Nizom ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etildi. Tayyorlangan hujjat, lizing asosida moliyalashtirishning shartnoma munosabatlarini qulay sharoitlari va prinsipial asoslarini qamrab olgan edi. Biroq, mamlakat hukumati lizing bo‗yicha me‘yoriy- huquqiy hujjatlarni yanada mujassamlashtirish hamda u lizing munosabatlarining barcha jihatlarini qamrab olishi lozimligidan kelib chiqib, vaqtinchalik Nizom o‗rniga ―Lizing to‗g‗risida‖ qonun ishlab chiqish zarurligi haqida xulosaga keldi. 1998 yilda Respublika Vazirlar Mahkamasida qator vazirliklar, bank, moliya va lizing tuzilmalari mutaxassislaridan iborat guruh ish boshlab, u ―Lizing to‗g‗risida‖gi qonunning dastlabki loyihasini ishlab chiqdi va 1999 yil 14 aprelda Oliy Majlisning 41
qarori bilan O‗zbekiston Respublikasining "Lizing to‗g‗risida"gi qonuni kuchga kirdi. Mazkur me‘yoriy-huquqiy hujjat lizing bo‗yicha Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan birinchi maxsus davlat hujjati bo‗lib, unda lizing xizmatlarini amalga oshirish tartiblari, unda ishtirok etadigan subyektlarning huquq va majburiyatlari, lizing obyektining ta‘rifi va lizing faoliyatini belgilovchi me‘yorlar o‗zining aniq ifodasini topdi.
Mamlakatda lizing munosabatlarini rivojlantirish hamda respublika tijorat banklari tomonidan ko‗rsatilayotgan moliyaviy xizmat turlarini ko‗paytirishda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda tasdiqlangan "O‗zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing xizmatlarini o‗tkazish tartibi to‗g‗risida»gi qoidalari muhim rol o‗ynadi. Xususan, bu hujjat tijorat banklarining lizing bozorida faoliyat yuritish me‘yorlarini aniqlab, bank mijozlari bo‗lgan kichik va o‗rta biznes subyektlariga banklar tomonidan lizing xizmatlarini bajarish uchun huquqiy asoslarni yaratdi. Ularning lizing xizmatlari qator xususiyatlarga ega bo‗lib, avvalo, deyarli barcha banklar lizing loyihalarini o‗zlari uchun past rentabellik bilan amalga oshirdilar. Bu mamlakatning o‗rta va uzoq muddatli kreditlar uchun mavjud, ammo lizing xizmatlariga nisbatan qo‗llanilmaydigan soliq imtiyozlari bilan bog‗liq. Tijorat banklari mijozlarni lizing loyihalarini kreditlash stavkasi bo‗yicha moliyalaganligi tufayli ularning foydasi QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) hisobiga kamaygan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi ―Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni hamda Markaziy bankning ―Tijorat banklarining moliyaviy lizing xizmatlarini olib borish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomga kiritilgan tuzatish va qo‗shimchalar banklarning lizing xizmatlarini faol amalga oshirishiga shart-sharoit yaratib berdi. Li- zing beruvchilarning lizing xizmatlarini o‗tkazish chog‗ida qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod etilishi lizing xizmatlari bozorida banklarning faol ishtiroki uchun huquqiy va iqtisodiy asoslarni yanada mustahkamladi va rivojlantirdi. Misol tariqasida Prezident Farmonidan so‗ng lizing faoliyatini endigina boshlagan ikkita bank – ―Qishloqqurilishbank‖ (oldingi ―G‗allabank‖) va ―Mikrokreditbank‖ 42
(oldingi ―Tadbirkorbank‖) 2002 yilning oxiriga qadar 110 ta lizing operatsiyalarini amalga oshirganligini yoki tijorat binklari tomonidan Farmondan keyingi 2 yilda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari soni 5 barobarga oshganligini keltirish mumkin. Farmon lizing xizmatlariga bank kreditlari bilan bir xil bo‗lgan soliq solish shartlarini ta‘minlab, banklarga o‗z lizing xizmatlari hisobidan daromadlarini oshirish imkonini berdi. 46
Farmoniga xalqaro moliya institutlari vakillari, xususan, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning Markaziy Osiyodagi hududiy vakili Gorton De Mond ham yuqori baho berdi: ―Ushbu Farmon XMK va xususiy investorlar tomonidan KBXTga kerakli kapitallarni kiritishda zarur bo‗lgan qulay investitsiya muhitini yaratish yo‗lida sezilarli qadam bo‗ldi‖. 47
Respublikada lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‗lidagi vazifalardan biri bo‗lib "Investitsiya faoliyati to‗g‗risida"gi, "Lizing to‗g‗risida"gi qonunlarning xalqaro lizing qonunchiligi va davlat iqtisodiyotiga oid boshqa qonunlar bilan tartibga keltirilishi xisoblanadi. Bunda Ottavada qabul qilingan (1988 yil) va 1995 yil 1 maydan kuchga kirgan BMT Konvensiyasi qoidalari va ushbu Konvensiyaga a‘zo bo‗lgan va bo‗lmagan davlatlar qonunchiligini inobatga olish asosiy muammolardan biri edi. Ayniqsa, MDHga a‘zo bo‗lgan davlatlarning lizingni rivojlantirish bo‗yicha dastlabki yillarda qabul qilgan qonun va qoidalarini o‗rganish hamda ularni o‗z qonunchilikni takomillashtirishda inobatga olish muhim edi. Lizing bo‗yicha me‘yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatda huquqiy islohotlar davom ettirildi. Yuqorida qayd etilgan Prezident Farmoni hamda ―O‗zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartishlar va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi qonun qabul qilinib, unga muvofiq O‗zR Fuqarolik va Soliq kodeksiga, O‗zR ―Lizing to‗g‗risida‖ gi va ―Bojxona tariflari to‗g‗risida‖gi qonunlariga 38 ta o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi.
46 Анализ рынка лизинга в центральной Азии. Международная Финансовая корпорация, IFC\ SECO 2003, май. – 19-20 с. 47 http://www.ifc.org/ifcext/eca.nsf/Content/SelectedPRUzbekistan?OpenDocument&UNID=FC719593EDBE6DC0 85256EA0006A5487
43
Ta‘kidlash joizki, ushbu me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qator vazirliklar, idoralar, tijorat banklari hamda lizing kompaniyalari va xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashdi va ―Baraka‖ kompaniyasi tashabbusi bilan 2001 yilda tashkil etilgan «Lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo‗yicha» ishchi guruhi tomonidan amalga oshirildi. Lizing to‗lovlarini QQSdan ozod etish, lizingga berish maqsadida O‗zR hududiga olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojlardan ozod etish, xo‗jalik subyektlari – lizing oluvchilarga lizingga berilgan mol-mulkni mulk solig‗idan ozod etish va boshqalar uchun jiddiy soliq imtiyozlari berilishi ushbu me‘yoriy- huquqiy hujjatlar qabul qilinishining natijasi bo‗ldi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyundagi ―Istiqbolda valyuta kurslarini unifikatsiyalash va valyuta bozorini liberallashtirish tadbirlari to‗g‗risida‖gi 260-sonli qarori lizing xizmatlarini amalga oshirishda valyuta hisobiga lizing obyektlarini import qilish shart-sharoitlarini engillashtirdi hamda xalqaro lizing xizmatlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratdi. 2003 yil 6 fYevralda lizing bo‗yicha qonunchilikka, xususan, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, ―Lizing to‗g‗risida‖gi va ―Bojxona tarifi to‗g‗risida‖gi Qonunlarga o‗zgartishlar kiritilib, O‗zbekistonda lizing xizmatlari bozorining rivojlanishi yo‗lidagi barcha asosiy to‗g‗anoqlar bartaraf etildi. Lizingga doir qonunchilikning bu islohoti progressiv, barqaror huquqiy asosni ta‘minlab, O‗zbekistonda lizing xizmatlarining jadal rivojlanishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. 2003 yil 30 avgustda O‗zbekiston parlamenti tomonidan Xo‗jalik protsessual kodeksga o‗zgartishlar kiritilishi natijasida, lizing oluvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda, lizing obyekti lizing beruvchi tomonidan talab qilib olinishining soddalashtirilgan mexanizmi yaratildi. Ushbu o‗zgartishlar lizing beruvchi tomonidan nafaqat o‗z xizmatlarining hajmini oshirishga, balki ta‘minot uchun etarli aktivlari bo‗lmagan KBXT vakillarining lizing bo‗yicha uskunalar olishlariga qulaylik yaratdi. Bu esa mamlakatda lizing xizmatlari va servisining rivojlanishiga qo‗shimcha rag‗bat bo‗lib xizmat qiladi. 44
Bugungi kunda ―O‗zbekiston Respublikasi lizing beruvchilar uyushmasi (LBU)‖ tashkil etilgan bo‗lib, uning asosiy vazifalari O‗zbekistonda lizing bozori rivojlanishining huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash hisoblanadi. O‗zbekistonda lizingning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining ikkinchi qism, oltinchi bandida belgilab qo‗yilgan. Unda lizing moliyaviy ijara deb atalgan. O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‗zR FK)dagi 587 dan 599 gacha bo‗lgan 13 ta modda lizingga ajratilgan. Jumladan, 587-moddada ta‘kidlanishicha, lizing shartnomasi lizingni moliyaviy ijara sifatida nazarda tutadi va lizing obyektini xarid qilish uchun faqat lizing beruvchining o‗z mablag‗laridan foydalanishini ko‗zda tutgan
48 . Bu ta‘rif esa lizing xizmatlari miqyosi, shu jumladan ularning qiymatini, ehtimoli bo‗lmish lizing oluvchilar doirasini va lizing obyektlari ro‗yxatini toraytiradi. Amalda katta miqyosdagi lizing xizmatlarini qo‗shimcha moliyaviy resurslarni jalb etmay amalga oshirib bo‗lmaydi va buni jahon tajribasidan ko‗rish mumkin. O‗zbekistonlik olimlar o‗z tadqiqotlarida O‗zR FKga "... o‗z mablag‗i hisobidan" so‗zlaridan keyin "va jalb etilgan mablag‗lar" so‗zlarini kiritish taklifini bildirishgan. 49 Shunday o‗zgartirish kiritilishi lizing beruvchiga faqat o‗z mablag‗i hisobidan emas, chetdan jalb etilgan resurslar hisobiga ham lizing faoliyatini amalga oshirish huquqini berdi va O‗zR FKga ham shunday qo‗shimchaning kiritilishi mazkur qonun hujjatlari o‗rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf qildi. 50
O‗zbekiston Respublikasida lizing munosabatlarining murakkabligi va nisbatan yangiligi bu munosabatlarning huquqiy tabiati xususida har xil nuqtai nazarlar mavjudligiga olib keldi. Lizing munosabatlarining qatnashchilari lizingni qanday tushunishlarini aniq va ravshan ta‘riflab berish lizing munosabatlarini huquqiy rasmiylashtirish davomida paydo bo‗ladigan asosiy vazifadir.
48 Газибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. «Лизинг и его развитие в Узбекистане», - Ташкент: Молия, 2001. - 90 с. 49 O‘sha joyda: - 106 b. 50 O‘zbеkiston Rеspublikasining ―O‘zbеkiston Rеspublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi 447-II-son qonuni, 2002 yil 13 dеkabr. 45
O‗zbekiston Respublikasining "Lizing to‗g‗risida"gi qonunida va boshqa hujjatlarda 51 yuqorida qayd etilganidek, lizingning aniq ta‘rifi berilmagan, u moliyaviy ijara deb talqin etilgan. Mazkur qonunni qo‗shimcha ravishda ishlab chiqish jarayonida esa lizingning qarz olish-berish, iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida zamon va makonda taqsimot munosabatlari asosidagi ijaraning alohida toifasi tarzida ro‗yobga chiqadigan o‗zaro bog‗liq iqtisodiy-huquqiy va mulkiy munosabatlar majmuasi sifatidagi mohiyati ochib berilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasi FK va "Lizing to‗g‗risida"gi qonuniga binoan lizing obyektini o‗z egaligi va foydalanishi uchun oladigan shaxs lizing oluvchi, deb e‘tirof qilinadi. Ammo, garchi lizing obyekti vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun lizing beruvchining yozma roziligi bilan uchinchi shaxsga qo‗shimcha tarzda topshirishga ruxsat etilsa ham lizing oluvchining mulkni qisman tasarruf etish huquqi ko‗zda tutilmaydi. O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida, jumladan, O‗zbekiston Respublikasi FKning va "Lizing to‗g‗risida"gi qonunining yangi tahrirlarida ham lizing to‗lovining barcha unsurlari (590-22 moddalar) sanab o‗tilmagan. Bu moddalarga binoan, lizing to‗lovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‗p qismi, shuningdek, lizing obyektini etkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‗ladi. Bu moddalarning eski tahriridan ma‘lum bo‗lishicha, lizing to‗lovi uch unsurni – lizing obyekti amortizatsiyasining qiymati; lizing shartnomasi bo‗yicha lizing beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni va uning daromadini o‗z tarkibida nazarda tutar edi. 52 Demak, lizing to‗lovi tarkibiga quyidagi unsurlar kiritilishi kerak: lizing mol-mulkining amortizatsiyasi; lizing bitimini amalga oshirish uchun lizing beruvchi tomonidan jalb etiladigan kredit resurslari uchun to‗lov; vositachilik haqi; qaltislik xavfi uchun tegishli mukofot; lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga
51 O‘zbеkiston Rеspublikasining "Lizing to‘g‘risida"gi 756-I-son qonuni, 1999 yil 14 aprеl; Lizing opеratsiya-larini tashkil etishga oid tavsiyalar. O‘zbеkiston Rеspublikasi Banklari assotsiatsiyasi "Baraka" ULK. - T., 1998. 52 Газибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. – Т.: Молия, 2001, - 97-98 с. 46
ko‗rsatiladigan servis xizmatlari – uskunalarni etkazib berish, sug‗urtalash, xodimlarni o‗qitish, marketing, konsalting, ta‘mirlash xizmatlari va h.k. Lizing to‗lovlaridan qo‗shilgan qiymat solig‗i olinish qoidasi bekor qilinishi munosabati bilan mazkur soliq summasi bugungi kunda lizing to‗lovi tarkibidan chiqarib tashlandi. 53 Umuman olganda, ko‗rsatilgan yo‗nalishlarda lizingning huquqiy negizla-rini takomillashtirib borish iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning muqobil usuli bo‗lmish lizing xizmatlari va servisi bozorini qaror toptirish, rivojlantirish va kengaytirishga ko‗maklashadi.
kompaniyasining roli va vazifalari Bugungi kunda mamlakatimiz lizing bozorida agrosanoat korxonalariga xizmat ko‗rsatuvchi ―O‗zqishloqxo‗jalik‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi bozordagi eng yirik
etakchi kompaniya bo‗lib, kompanii tomonidan hozirgi
vaqtda respublikamizdagi 37 mingdan ortiq fermer xo‗jaliklari, mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor parklari, shuningdek, ―Agrotexservis‖, ―O‗zdonmahsulot‖ kompaniyasi ―O‗zpaxtasanoat‖ uyushmasi va ―Qishloq xo‗jalik kimyo‖ AJ tizimidagi mijozlarga lizing xizmati ko‗rsatib kelinmoqda. Takidlash joizki, ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ kompaniyasi maqsadli ravishda o‗zining mintaqaviy filiallari orqali hamkorlari va mijozlarning talab va istaklarini o‗rganib, lizingga beriladigan mahsulotlar sonini ko‗paytirib bormoqda. 2.3.1-jadval 2016 yilda lizing kompaniyalarining TOP – 5 taligi 54 № Lizing kompaniyasining nomi Lizing amaliyotlarining hajmi (mlrd. so„mda) 1 «O‘zagrolizing» ALK 273,7 2 «O‘zavtosanoat-Leasing» MCHJ LK 80,1 3 «Uzbek Leasing International A.O.» AJ 74,7 4 «Taiba Leasing» MCHJ CHEK 24,9 5 «O‘zmeliomashlizing» DLK 20,5
53 Haydarov Sh.U., Ortiqov X.A., Tuxsanov X.A. Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi. - T.:Norma, 2006. –164 b. 54 O‘zbеkiston lizing bеruvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tayyorlandi.
47
2016 yilda tuzilgan yangi lizing bitimlarining soni bo‗yicha yuqoridagi beshta lizing kompaniyasining ulushiga 473,9 mlrd so‗m yoki lizing bozorining 48,7 foizi to‗g‗ri keladi. Ulardan uchtasi davlat ixtisoslashgan lizing kompaniyalari hisoblanadi. «Uzbek Leasing International A.O.» AJ va «Taiba Leasing» MCHJ CHEK xorijiy ta‘sischilar ishtirokida tashkil etilgan hamda kichik va o‗rta xususiy biznesni rivojlantirishga mo‗ljallangan keng tarmoqli lizing kompaniyalari hisoblanadi. "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" ALK tomonidan amalga oshiriladigan lizing xizmatlari asosan qishloq xo‗jalik texnikasiga qaratilgan. Tabiiyki, lizing oluvchilar agrofirmalar, fermer xo‗jaliklari va mashina-traktor parklari hisoblanadi. "O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing" kompaniyasi tomonidan 1999-2009 yillarda 8 mingdan ziyod, qiymati 500 mlrd. so‗mga yaqin lizing xizmatlari amalga oshirildi. Kompaniyaning asosiy aksiyadorlari ―O‗zqishloqmashxolding‖ kompaniyasi, Germaniyaning ―Zelkol‖ qishloq xo‗jalik, mashina qurilish va urug‗chilik korxonalari uyushmasi va ―Klaas‖ firmasi hamda aksiyadorlik tijorat ―Agrobank‖ va boshqalar bo‗lib, kompaniyada lizingning asosiy predmeti qishloq xo‗jaligi texnikasi hisoblanadi. Tabiiyki, lizing oluvchilar bo‗lib shirkat, fermer xo‗jaliklari hamda mashina traktor parklari chiqishayapti. Kompaniya lizing xizmatlarining ko‗proq hajmini moliya vazirligi huzuridagi "Qishloq xo‗jaligini texnika bilan ta‘minlashni davlat tomonidan qo‗llab- quvvatlash jamg‗armasi" mablag‗lari hisobidan moliyalashtiradi. Lizing xizmatlari bank biznesida ham keng tadbiq etila boshlandi. Chunki, ular tijorat banklari uchun bir qator muhim afzalliklar keltiradi. Lizing beruvchining vazifasini bajara borib, tijorat banki o‗z mijozlari raqobatbardoshlik strategiyasining shakllanishiga sezilarli hissa qo‗shadi, lizing xizmati bozori rivojlanishiga ko‗maklashadi, lizing uskunalari milliy bozorlaridagi vaziyatni nazorat qiladi. Qishloq xo‗jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida keng ko‗lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 48
Prezidentimizning 2013 yil 19 apreldagi ―2013-2017 yillar davrida sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‗ldi. Unda bir-biri bilan uzviy bog‗liq holdagi irrigatsiya hamda melioratsiya tadbirlarini olib borish, obyektlarni rekonstruksiya qilish, ta‘mirlash-tiklash, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali obihayotdan unumli foydalanish bo‗yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. ―O‗zmeliomashlizing‖ davlat lizing kompaniyasi bugungi kunda mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, barcha xo‗jalik yurituvchi subyektlarga zamonaviy lizing xizmatlarini ko‗rsatib kelmoqda. Tizimga zamonaviy texnikalarning jalb etilishi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini tez va sifatli amalga oshirish, bajarilgan ishlar tannarxini arzonlashtirish, yer osti suv sathini pasaytirish imkonini yaratmoqda. 55
―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 486-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo‗lib, o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli Qarori bilan tasdiklangan ―tartib‖ asosida yuritadi. Kompaniyaning asosiy vazifasi - qishloq xo‗jalik maxsulotlari ishlab chiqaruvchilar va ularga xizmat ko‗rsatuvchi korxonalarga qishloq xo‗jalik texnikalarini lizingga yetkazib berishdan iborat. Respublikaning barcha viloyat markazlari va Qoraqalpog‗iston Respublikasida Kompaniyaning 13 ta hududiy filiallari va 1 ta sho‗‗ba korxonasi faoliyat ko‗rsatmoqda. ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi lizing munosabatlarini rivojlantirish va uni keng yo‗lga qo‗yish uchun xo‗jalik subyektlarining to‗lov qobiliyatini kuchaytirish, qayta moliyalash, stavkalarini pasaytirish kabi muammolarni qo‗yadi. Asosiy vazifa esa lizing infrastrukturasini rivojlantirishdadir. Lizing kompaniyalari O‗zbekiston hududining turli burchaklarida tashqil etilishi
55
http://uzbekistonovozi.uz/articles/index.php?SECTION_ID=224&ELEMENT_ID=38150
49
zarurdir. Lizing kompaniyalarining faoliyat yuritishi uchun qulay iqtisodiy muhit yaratish, birinchi navbatda lizing faoliyatini soliqqa tortish, ikki marotaba soliqka tortishning oldini olish, qo‗shilgan qiymat solig‗ini bekor qilish, xorijdan olib kelinadigan uskunalar, lizing asosida keltirilsa, boj to‗lovlaridan ozod etish muammolari o‗tish davrining asosiy muammolari edi. Umuman olganda, lizing tarmog‗ini rivojlanishi iqtisodiy rivojlanishga bir necha yo‗nalishlar bo‗yicha ta‘sir ko‗rsatadi:
- lizing kichik biznesning kelgusidagi rivojlanishiga ta‘sir etadi; - lizing uzoq muddatli moliyalashtirishning qo‗shimcha turi bo‗lib, u kapital qo‗yilmalar hajmini oshiradi; - lizing moliyaviy xizmat ko‗rsatish bozorida qo‗shimcha raqobatni vujudga keltiradi.
Lizingning paydo bo‗lishi bilan moliyalashtirish narxi pasayib, moliyaviy xizmat bozori kengayadi. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda lizing ko‗p vaqtlarda asosiy vositalar xarid qilish uchun kredit o‗rniga muqobil vosita bo‗lib xizmat qilgan holda, korxonalarga bank oldidagi qarzdorligini ko‗paytirmaslik imkoniyatini yaratadi. Mamlakatimizda bo‗layotgan iqtisodiy o‗sishlar qishloq jujaligi va boshqa sohalardagi ijobiy o‗zgarishlar natijasida ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK o‗rni va salmog‗iga murojaat qiladigan bo‗lsak, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 16 apreldagi qabul qilingan ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq kompaniyaning ustav fondi miqdori 10,9 mlrd. so‗mdan 50 mlrd. yetkazishi belgilangan edi. 2015 yil 1 yanvar holatiga kompaniyaning ustav kapitali 51,9 mlrd. so‗ma etdi va 2014 yil boshiga nisbatan 1,9 mlrd. so‗mga ko‗paydi (2.3.1-rasm).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling