Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- DISSERTATSIYA ISHI
- Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi
- Mavzuning o„rganilganlik darajasi.
- Tadqiqot ishining obyekti va predmeti.
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqot ishi tuzilmasining tavsifi.
- Tadqiqot approbatsiyasi.
- I-BOB. IQTISODIYOTDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Qo‘lyozma huquqida UDK: 336.1 RAXIMOV BEKBERGAN MAXSUDOVICH “LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO„NALISHLARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)” Ixtisoslik: “Turizm” (faoliyat turlari bo„yicha)
Ish ko‗rib chiqildi va himoyaga qo‗yildi
―Turizm‖ kafedrasi mudiri dots. F.Abdullayev_____________ ―____‖________________2017 y. Ilmiy rahbar ______________ i.f.n., dots. F.Abdullayev
Ilmiy maslahatchi___________ i.f.d., prof. B.Ruzmetov
2
MUNDARIJA Beti KIRISH 3 I- BOB. IQTISODIYOTDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 8 1.1.
Lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o‗rni 8 1.2. Lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va servisining ishtiroki 14 1.3.
Lizing xizmatlari va servisini rivjlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribalari 19
2.1.
O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning hozirgi holati
29 2.2.
O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy 36 2.3.
Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ kompaniyasining roli va vazifalari 46
3.1.
Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish holati 56
3.2. Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida rivojlantirish yo‗nalishlari 63
3.3. Mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollari 70
XULOSA VA TAKLIFLAR 76 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 79 ILOVALAR 3
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi. Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarini tubdan modernizatsiya qilishga kirishilgan bo‗lib, o‗tgan 2016 yilda mamlakat iqtisodiyotiga 16,6 milliard AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‗p investitsiyalar yo‗naltirildi. O‗zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o‗sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo‗lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. 1 Bu kabi yirik hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda mahalliy va xorijiy moliya institutlari tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar, xususan lizing xizmatlarining salmog‗i va sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturining ustuvor vazifalaridan biri iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri bo‗lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda investitsiya kiritishning zamonaviy usullaridan hisoblangan lizing xizmatlari va servisidan samarali foydalanish hisoblanadi. Bu haqida respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: ―…nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijiy mijozlarning ham ishonchini qozona oladigan yuqori malakali lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasi boshqa xizmatlarining moliya bozorida etakchi mavqega ega bo‗lishi uchun hali ko‗p ish qilishimiz lozim‖ 2 . Ko‗rinib turibdiki, lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish masalasi bugungi kunda o‗ta dolzarbdir. Darhaqiqat, keyingi yillarda investitsiya muhitini yaxshilash, xizmat ko‗rsatish va servis sohalari, bevosita lizing xizmatlari va servisi bozorini qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha respublikamiz hukumatining olib borayotgan izchil iqtisodiy siyosati tufayli lizing xizmatlari va servisi bozori kengayib bormoqda. Shuningdek, respublikamiz
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoyеvning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi gazеtasi. 2017 yil 15 yanvar. 2 Karimov I.A. ―Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir‖ mavzusidagi I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi. 2008 yil 9 fеvral. - 3 b.
4 mintaqalarida lizing asosida investitsiya kiritish, lizing xizmatlari va servisini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida o‗z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Shu boisdan ham, hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mintaqalarda xizmat ko‗rsatish va servis, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish siyosati amalga oshirilayotgan bugungi kunda respublikamizda lizing xizmatlari sektorining tizim sifatida shakllanishi va rivojlanishi muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish, ushbu yo‗nalishda servis xizmatlarini kengaytirish, mintaqalarda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari, xususan, tizimni boshqarish, uning me‘yoriy-huquqiy asosini, infratuzilmasi va soliqqa tortish masalalarini chuqur tahlil qilish orqali sohani yanada jadal rivojlantirish lozim. Buning uchun, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, hududlarda kichik biznes, xizmat ko‗rsatish va servis sohalarini rivojlantirish jarayonlari kechayotgan bir sharoitda respublikamizda har bir mintaqaning yoki iqtisodiyot tarmog‗ining o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda bevosita lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish yo‗nalishlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish masalalarini tadqiq qilish lozim. Shunga ko‗ra, lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo‗nalishlarini o‗rganish va tahlil qilish orqali sohani yanada jadal rivojlantirishga imkon beradigan yondashuvni ishlab chiqish respublikamiz iqtisodiyot sohasidagi muhim muammo hisoblanadi hamda bu esa tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
va servisini rivojlantirish yuzasidan R.Breyli, S.Mayers, R.Piter, Dj.K.Van Xorn, I.Bernar, N.A.Adamov, A.A.Tilov, I.A.Blank, O.M. Markov, L.S.Saxarovalar shug‗ullanishgan. Biroq, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida lizing xizmatlari va servis bozorini rivojlantirishning nazariy-uslubiy muammolari xorijiy va MDH mamlakatlari taniqli olimlari, jumladan P.Rouz, Ch.Kempirbaeva, D.Trinin, V.Goremikin, V.Gazman, L.Prilutskiy, V.Makeev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. 5 Shu bilan birga, O‗zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashda lizing xizmatlari va servisi bozorining rolini oshirishning tashkiliy-huquqiy masalalari respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir qator fundamental asarlari va nutqlarida bayon etilgan. Xususan, O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish yuzasidan respublika olimlaridan A.O‗lmasov, M.Sharifxo‗jayev, A.Vaxabov, D.G‗ozibekov, T.Malikov, O.Sobirov, A.Mo‗minov, O.Quljonov, G‗.Qudratov, M.Pardayev, D.Zaynalov, E.Nabiyev, M.Marpatov, M.Abdurahmonov, R.Hamidova, Sh.Haydarov, X.Ortiqov, X.Tuxsanov, S.Salayev va A.Axmedova va F.Abdullayevlar izlanishlar olib borganlar.
viloyatida lizing xizmatlari va servisi bilan shug‗ullanuvchi subyektlar, predmeti sifatida Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo‗nalishlarini ochib berish bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar olingan. Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yunalishlarini ochib berishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ana shundan kelib chiqib, tadqiqotni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi: - lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o‗rnini yoritib berish; - lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va servisining ishtiroki haqida ma‘lumot berish; - lizing xizmatlari va servisini rivjlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‗rganish va tahlil qilish; - O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning hozirgi holatini yoritib berish; - O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy va huquqiy asoslarini ochib berish; - lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ kompaniyasining roli va vazifalarini ko‗rsatib berish; 6 - Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish holatiga baho berish; - Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida rivojlantirish yo‗nalishlarini ochib berish; - mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollarini ochib berish.
ahamiyati Xorazm viloyati mintaqasi iqtisodiyotida lizing xizmatlari va servisining istiqbolli yo‗nalishlarini tadqiq qilish asosida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda qo‗llash mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari, oliy o‗quv yurtlari o‗quv jarayonida, korxonalar faoliyatida qo‗llanilgan va kelgusida ham foydalanilishi mumkinligi bilan belgilanadi.
servis xizmatini takomillashtirish bo‗yicha quyidagi ishlab chiqilgan yo‗nalishlar sanaladi: - ―lizing‖, ―lizing xizmatlari‖, ―servis‖ hamda ―lizing servisi‖ tushunchalarining takomillashgan ta‘riflari ishlab chiqilgan; - lizing xizmatlari turlari va shakllari bo‗yicha tasniflangan, O‗zbekistonda ularni qo‗llash bo‗yicha ilmiy tavsiyalar berilgan; - xorijiy mamlakatlarning lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish tajribalarini respublikamizda qo‗llash bo‗yicha amaliy tavsiyalar berilgan; - lizing kompaniyalari faoliyatida servis xizmatlarini rivojlantirishning obyektiv zarurligi va yo‗nalishlari asoslangan.
ta paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yhati va ilovalar qismidan iborat. Ishning I-bobi ―Iqtisodiyotda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari‖ deb nomlanadi. Bunda lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o‗rni, lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari 7 va servisining ishtiroki hamda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribalari tajribalari o‗rganilgan. Ishning II-bobi ―O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish xususiyatlari va yo‗nalishlari‖ deb nomlanadi. Bu bobda O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning hozirgi holati, O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy va huquqiy asoslari hamda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda ―O‗zqishxo‗jmashlizing‖ kompaniyasining roli va vazifalari ochib berilgan. Ishning III-bobi ―Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish yo‗nalishlari va istiqbollari‖ deb nomlanadi. Bu bobda Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish holati, Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida rivojlantirish yo‗nalishlari hamda mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollari ochib berilgan.
konferensiyalarida ma‘ruza va tezislar ko‗rinishida bayon qilingan va ma‘qullangan. Tadqiqotning sinovdan o„tishi. Dissertatsiya ishi Urganch Davlat universiteti, Turizm va iqtisodiyot fakulteti ―Turizm‖ kafedrasi qoshidagi ilmiy seminarlarda muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.
8
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 1.1. Lizing tushunchasi va uning iqtisodiyotda tutgan o„rni Ma‘lumki, xizmatlar bozorida lizing iqtisodiy tushuncha sifatida faoliyat turlaridan biri sifatida e‘tirof etilib, u bozor iqtisodiyotining mahsuli va turkumlaridan biri hisoblanadi. Lizing xizmati ijara, kredit va faktoring operatsyalarining tadrijiy rivojlanishi va integratsiyasi asosida bo‗lganligi barchamizga ma‘lum. Dastlab biznesni yuritish imkoni yuqori bo‗lgan rivojlangan mamlakatlarda shakllangan va lizing asta-sekin rivojlanayotgan mamlakatlar va o‗zgarishlari kuzatilayotgan mamlakatlarda ham qo‗llanila boshlandi. Lizingning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, moliyaviy resurslari cheklangan davrda lizingni tejash asosida mashina va uskunalar parkini qisqa muddatda yangilash imkonini beradi. Bugungi kunda respublikamizga sanoatida lizing xizmatidan foydalanishni takomillashtirishning obyektiv zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: - faoliyat ko‗rsatayotgan fermer va dehqon xo‗jaliklarining kredit olishi uchun aylanma mablag‗larining taqchilligi; - tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun garovga qo‗yadigan mol- mulkining etishmasligi; - qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‗jaliklari faoliyatida risk darajasining yuqoriligi; - garov majburiyatlarining kuchsiz ekanligi sababli tijorat banklari tomonidan ularni kreditlash salmog‗ining pastligi; - fermer xo‗jaliklarining yer uchastkasiga bo‗lgan ijara xuquqiy bo‗lg‗usi hosilni garovga qo‗ygan holda kredit olish mexanizminish amalda to‗liq ishlamayotganligi; - xalqaro kredit liniyalarini jalb etish bo‗yicha qo‗yilgan talablarga ko‗ra fermer va dehqon xo‗jaliklarida loyiha hajmining 25 foiziga teng xususiy kapitalning yetishmasligi; - fermer va dehqon xo‗jaliklarida loyiha hajmining ma‘lum foiziga teng 9 miqdordagi garov mulkining mavjud bo‗lmasligi. Ko‗rinib turibdiki, agrosanoat korxonalarini yangi texnika va texnologiyalar bilan ta‘minlashda lizingdan keng foydalanish ushbu korxonalar faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‗liq mavjul muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston iqtisodiyotidagi tuzilmaviy o‗zgarishlar, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi va tadbirkorlikning rivojlanishi asosiy kapitalni yangilash uchun qo‗shimcha moliyaviy resurslar qidirish, izlab topishni talab qiladi. Milliy iqtisodiyotning yangi shakllanayotgan tadbirkorlik tuzilmalarida ichki moliyaviy resurslarining cheklanganligi investitsiyalarni moliyalashtirishning noan‘anaviy manba va usullarini izlash zaruratini keltirib chiqaradi. Shunday manba va usullardan biri sifatida xorijiy kredit liniyalari, davlatlararo qarzlarni jalb qilish asosida lizing munosabatlarining yo‗lga qo‗yilishini va rivojlanishini misol keltirish mumkin. Chunonchi, lizing asosida yangi texnika va texnologiyalarni foydalanish uchun olib turish amaliyoti buning dalilidir. Lizing fan-texnika taraqqiyoti hamda xususiy, guruhiy va ijtimoiy manfaatlarni uyg‗un ravishda birga qo‗shish talablariga to‗la-to‗kis javob bera oladigan iqtisodiy faoliyat turidir. Moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida lizing tadbirkorlarning eng yangi texnologiya va zamonaviy asbob-uskunalardan bahramand bo‗lishiga imkon beradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda lizing biznesning alohida bir turi sifatida qaraladi. Bu faoliyat turi lizing mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari, iste‘molchilari uchun, shuningdek, shu turdagi biznes bilan shug‗ullanayotgan moliyaviy vositachilar uchun ham muhim bo‗lgan bir qancha vazifalarni hal etadi. Ichki va tashqi bozorlardagi kuchli raqobat sharoitida asbob-uskunalarning texnik
xususiyatlarinigina emas,
ayni vaqtda
mazkur asbob-uskunalar iste‘molchilariga qo‗yiladigan moliyaviy shartlar, shuningdek, qo‗shimcha servis ham tobora ahamiyatli bo‗lib boradi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning shu yangi iqtisodiy usulini yaqin kelajaqda keng joriy qilish, shuningdek chet el tajribasidan to‗g‗ri foydalanish uchun, bizning nazarimizda, lizingning iqtisodiy tabiati va mohiyatini chuqurroq anglab olish muhim masaladir.
10
Lizingning mohiyatini to‗g‗ri tushunish, uning tabiatini, mazmunini va zamonaviy bozor munosabatlarida bajaradigan vazifalarini har tomonlama o‗rganish esa milliy iqtisodiyotda uni keng ommalashtirish va rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi. Bizga ma‘lumki, ―lizing‖ iborasi inglizcha "1ease" fe‘lidan kelib chiqqan bo‗lib, mulkni ijaraga berish yoki ijaraga olishni bildiradi. Ba‘zi manbalarda lizing deyilganda mashina, uskuna, transport vositalari va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‗lgan boshqa ko‗char mulkni uzoq muddatli ijaraga olishni tushunmoq kerak, deb ta‘kidlanadi. 3
Ta‘kidlash joizki, oxirgi 10 yil davomida chop etilgan iqtisodiy adabiyotlarda "lizing – shunchaki ijara to‗g‗risidagi kengaytirilgan shartnoma" yoki "lizing – ijaraning kreditga yaqinlashgan o‗ziga xos ko‗rinishi" yoxud "butun ijara muddati davomida ijarachining mulkchilik huquqi saqlanib qoladigan ijara shartnomasi" degan fikrlar uchraydi. Bunday fikrlarda eng avvalo lizingning maqsadi, birinchidan, ijaraga beruvchining mulkchilik huquqi saqlanib qolishi, ikkinchidan, lizing mol-mulkini qo‗lga kirituvchi tomon, uchinchidan esa, ijara va kreditning o‗zaro uyg‗unlashgan munosabatlari qayd etilgan. Shu bilan birga, bu ta‘riflarda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning alohida usuli bo‗lgan lizingning iqtisodiy tabiati va mazmuni aks etmaydi. Xorijiy adabiyotlarda lizingning boshqa ta‘riflari ham uchraydi. Jumladan, ayrim iqtisodchilar ―lizing ko‗char va ko‗chmas texnikalarni ijarachiga sotish imkoniyatini beradigan hamda uni ijaraga olish shartnomasini ko‗zda tutadigan professional kreditlashning bir turidir‖, deb talqin etishadi. 4
3 Бланк И.А. Инвестиционньй менеджмент. - Киев: МП "ИТЕМ" ЛТД, "Юнайтед Лондон Трейд Лимитед", 1995. - 408 с. 4 Бернар И., Колли Ж.К. Толковый экономический и финансовый словарь. Французская, русская, английская, немецкая, испанская терминология: в 2-х тт. - Т.1: Пер. с фр. - М.: Международные отношения, 1994. - 784 с. 11
Ilmiy adabiyotlarda ayrim mualliflar lizingni uzoq muddatli ijara deb bilib, ijarachining ijaraga olingan mol-mulkini opsion bo‗yicha sotib olish mumkinligi kabi huquqiy munosabatlar mavjudligini ta‘kidlaydilar. 5
Uyg‗onish davri O‗rta Osiyo allomalaridan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug‗bek va Navoiylarning ko‗pgina asarlarida ham islom iqtisodiy g‗oyalari, bevosita mulk va mulkiy munosabatlar, ijara va juda sodda bo‗lsada, shu zamonga xos bo‗lgan lizing munosabatlari yoritib o‗tilgan. Ba‘zi nashrlarda lizing va ijara tushunchalari o‗rtasiga tenglik belgisi qo‗yiladi va lizing yer uchastkasi, bino, inshoot, asbob-uskunalardan odatda renta shaklidagi to‗lov evaziga foydalanish yoki ularni qarzga olish huquqini berish tarzidagi ―shakl‖ deb ta‘riflanadi. Fikrimizcha, ushbu tarzdagi ta‘rif lizingning iqtisodiy tabiatini ochib bermaydi, unda faqat foydalanish huquqi va haq to‗lash majburiyati aks etadi va iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan lizingning mohiyati va uning negizida lizing munosabatlari to‗liq yoritilmaydi. Lizingning mohiyatini yoritish uchun
chet el
amaliyotida lizing
munosabatlarining shakllanish asoslariga, unga ta‘sir etib kelgan asosiy omillarga e‘tiborni qaratish lozim. Rivojlangan mamlakatlarda lizing munosabatlarining namoyon bo‗lishini asoslash va uni iqtisodiyotga joriy etilishining noan‘anaviy usullari bilan moliyaviy manbalarini izlash alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ayrim manbalarda ―lizing - muayyan tovarga bo‗lgan mulkchilik huquqini uchinchi shaxs uchun sotib olib, uni qisqa, o‗rta yoki uzoq muddatli davrga ijaraga beradigan ixtisoslashgan lizing kompaniyasi vositachiligida asosiy fondlarga kapital qo‗yilishini moliyalashtirishning o‗ziga xos shaklidir‖ 6 deb ta‘rif berilgan. Ammo, lizingning ushbu ta‘rifida birinchidan, lizing moliyalashtirishning o‗ziga xos shakli deb ta‘kidlangan bo‗lsa, ikkinchidan, vositachi uchinchi shaxs uchun mulkchilik huquqini qo‗lga kiritadi deb, uchinchidan, ijara munosabatlari mavjud, deb e‘tirof etilgan.
5 Прилуцкий Л.Н. Лизинг. Правовые основы лизинговой деятельности в Российской Федерации. —М.: Изд-во «Ось», 1996. – 128 с. 6 Чжен В.А. Язык бизнеса: термины. - Т: ИПК «Шарк», 1995. – 241 с. 12
Afsuski, yuqorida keltirilgan barcha ta‘riflarda lizing munosabatlarining u yoki bu jihatigina ta‘kidlangan bo‗lib, ularda lizingning iqtisodiy mohiyatini yoritishdagi yondashuvlar sayyozligicha qolgan. Bu esa lizing munosabatlarining tizimli amal qilishiga salbiy ta‘sir etib kelmoqda. Bizning fikrimizcha, lizingning mohiyatini to‗g‗ri ta‘riflash uchun lizing munosabatlarining moliyaviy-iqtisodiy muhitini hisobga olish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda lizingning vujudga kelish va shakllanish jarayonidagi makroiqtisodiy vaziyatni e‘tiborga olish lozim. Lizing tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va raqobatning kuchayishi natijasida paydo bo‗lgan. Tadbirkorlik faoliyati uchun investitsiya resurslarini qidirib topish yoki mulkni qo‗lga kiritish, unga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqini olishning boshqa usullariga nisbatan lizingning u yoki bu afzalliklari turli huquqiy va iqtisodiy makonlarda turlicha namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, lizing mol- mulkidan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini olish vositasi sifatida lizingdan ko‗riladigan manfaatlar yoki zararlar, uning afzalliklari yoki kamchiliklari iqtisodiy, shu jumladan, huquqiy, moliyaviy munosabatlarning darajasi bilan belgilanadi. 7
lizing usulida moliyalashtirish bankning texnika yoki mashinalarni sotib olib, ularni o‗z mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta‘kidlanadi. 8 Haqiqatda esa bank mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki kredit beradi, to‗g‗rirog‗i, ijarachining ijara munosabatlari vositasida va lizing shartnomalarida ko‗rsatilgan muddatlarda mol- mulkni qo‗lga kiritish niyatida bo‗lg‗usi huquqini kreditlaydi. Shuni ham ta‘kidlash kerakki, lizing texnologiyalar va texnikalar sotib olish va samarali qo‗llash uchun lizing beruvchi va lizing oluvchilar o‗zaro maqbul kredit munosabatlariga kirishishining shaklidir. O‗zbekiston Respublikasining «Lizing to‗g‗risida»gi qonunida lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‗lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‗iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan)
7 Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане, - Т.: Молия, 2001. - 132 с. 8 Роуз Питер С. Банковский менеджмент. — Пер. с анг., 2-го изд.- М.: Дело Лтд., 1995. - 173 с. 13
haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda unga berib qo‗yish maqsadida mol-mulkni (lizing obyektini) oladi, deb belgilangan. 9 Bu ta‘rif, bizning nazarimizda lizingning mohiyatini huquqiy jihatdan yoritib, uning iqtisodiy tabiati, mohiyati va funksiyalarini ochib bermaydi. Lizingning iqtisodiy tabiati va mazmuni yuzasidan o‗tkazilgan tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, lizing vositasida milliy hamda millatlararo iqtisodiyotlarda taqsimot munosabatlari va moliyaviy vositachilik; tadbirkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan oqilona kredit munosabatlari; lizing krediti vositasida fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini jadal joriy etishga qaratilgan alohida ijara munosabatlari; mol-mulkni shakllantirish va ayni vaqtda undan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan mulkiy munosabatlar; xo‗jalik yurituvchi subyektlarping asosiy kapitalga investitsiya solish usullari; «nou-xau»dan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‗yicha baynalminal kapital munosabatlari va shu kabilar amalga oshiriladi. Lizingning mohiyati uning afzalliklari va kamchiliklarini o‗rganish orqali yaqqol namoyon bo‗ladi. Lizing moliyalashtirishning boshqa shakllariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklardan ham mustasno emas. Shunday qilib, olimlar va mutaxassislar lizingning mohiyatini ta‘riflash xususida hozircha aniq bir fikrga kelganlari yo‗q. Shuning natijasida nazariya hamda amaliyotda lizingning mazmuni va roli turlicha talqin etilmoqda. Lizing ta‘rifida uning umumiy, asosiy va xususiy belgilari namoyon bo‗lishi kerak. Lizingda ijara va kredit munosabatlari markaziy o‗rinni egallasada, lizingning mohiyati uning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda tutgan o‗rni bilan belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda e‘tirof etilishicha, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uni inqiroz sharoitidan chiqarish va barqaror rivojlanishini ta‘minlashda lizing muhim o‗rin egallagan. 10
9 Haydarov Sh.U., Ortiqov X.A., Tuxsanov X.A. Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi. - T.:Norma, 2006. – 152 b. 10 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. – T: Fan va texnologiya, 2004. – 6-30 b.
14
Bizning nazarimizda, lizingning ta‘rifida uning aynan ushbu jihatlarini aks ettirish mamlakatimizda lizing faoliyati va u bilan bog‗liq xizmatlar bozorini rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi. Shunga ko‗ra, bizning fikrimizcha, lizing deganda, asbob-uskuna va texnologiyalar qiymatini asta-sekin to‗lab borish sharti bilan amaldagi qonunlar doirasida tadbirkorlik maqsadida uzoq muddatga foydalanish uchun berilishi hamda shartnoma muddati tugagach lizing oluvchining mulkka egalik huquqini qo‗lga kiritishini nazarda tutuvchi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning samarali usuli tushuniladi. Biroq, lizing sohasining yarim asrdan ortiq davr mobaynida rivojlanishi uning yangidan-yangi turlari va shakllarining paydo bo‗lishiga va shu orqali mustaqil lizing xizmatlari bozorining taraqqiy etishiga zamin yaratdi.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling