Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijoz servisi Marketing va konsalting
- Texnik ta‟mirlash markazlari orqali ehtiyot qismlarni yetkazib berish
- 3.2. Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida rivojlantirish yo„nalishlari
- 3.2.1 -rasm. Xorazm viloyatida so„nggi uch yilda tuzilgan lizing bitimlari hajmi, (mln.so‟mda). 64
- 2014 yil 2015 yil 2016 yil 69 1150
3.1.2-rasm. “O„zqishloqxo„jalikmashlizing” ALK Xorazm viloyat filiali faoliyatida servis xizmatlarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari 62
62 Abdullayеv F.O. Mintaqada lizing xizmatlari va sеrvisining rivojlanishi: muammolar, tashkiliy-iqtisodiy omillar va yеchimlar. // Monografiya –T.: Fan, 2012. – 79 b.
servisi
va konsalting Elektron kalkulyator
Onlayn savol -javob tizimi
Elektron anketa
Faol savollar bo‗limi
Mijoz talabiga yo‗naltirilgan marketing
Mijoz daromadini oshirish bo‗yicha konsalting
Mijoz bilan telefon orqali suhbat
Mijozga uning ofisida xizmat
ko‗rsatish
Mijoz mahsulotining realizatsiyasi
Qiyin mijoz- ga alohida yondashuv
Videotrening Asosiy vositalar texnik holatining mavsumiy monitoringi Elektron veb sahifa
so„nggi manzilgacha yetkazish Texnikalar- ni saqlash sharoitini yaratish
texnikadan foydalanishga tayyorlash Sug„urta xizmati
62
Bugungi kunda axborot servisini to‗g‗ri tashkil etish va uni takomillashtirib borish har qanday firma muvaffaqiyatining garovidir. Lizing kompaniya o‗z elektron veb sahifasini ushbu rasmda taklif etilgan jihatlari bo‗yicha takomillashtirsa, mijozlar Internet yordamida kompaniya va uning mahsuloti haqida zarur ma‘lumotlarni qisqa muddatda olish, o‗zlarini qiziqtirgan masalalar bo‗yicha ―onlayn‖ savol-javob qilish hamda ―videotrening‖ orqali texnikalarni ishlatish me‘yorlari va qoidalarini masofadan turib o‗rganish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Xorijiy mamlakatlarda kompaniyalar mijozlar sonini ko‗paytirish va ularni ―parvarishlash‖ bilan shug‗ullanuvchi menejerlarni tayyorlashga alohida e‘tibor qaratiladi. Bizning nazarimizda, lizing kompaniya xodimlari tomonidan telefon suhbatlari orqali mijozlarni faol jalb etish, ―qiyin‖ mijozlar talablariga alohida yondoshish, zarur paytlarda mijoz ofisiga borib xizmat ko‗rsatish kabilarning amalga oshirilishi istiqbolda lizing xizmatlari bozorida vujudga keladigan shiddatli raqobat sharoitida ham kompaniya mijozlari sonini ko‗paytirish imkonini beradi. Lizing kompaniyaning barqaror daromadga ega bo‗lishi birinchi navbatda lizing oluvchining lizing texnikasini ishlatishdan oladigan foydasiga bog‗liq. SHu sababli mijozga zamonaviy uskuna va texnikalar bozoridan iqtisodiy jihatdan eng samaralisini tanlab berish, unga texnikani ishlatish va daromadini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish, uning mahsulotini reklama qilish va sotishga ko‗maklashish oxir oqibatda lizing oluvchi daromadining oshishiga va shu orqali lizing kompaniyaga lizing to‗lovlarining o‗z vaqtida va to‗liq kelib tushishiga erishiladi. Yuqorida o‗tkazilgan tahlillar shuni ko‗rsatdiki, lizingga olingan texnikalarni sug‗urtalash, tashib keltirish, ta‘mirlash, ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash lizing oluvchining zimmasiga yuklatilgan. Ammo, xorijiy lizing kompaniyalar aynan sotuvdan keyingi servis xizmatlarini taklif etish orqali mijozlarni jalb etishga erishmoqdalar. Shu sababli, ushbu servis xizmatlarini ko‗rsatishni lizing kompaniya o‗z zimmasiga olishi birinchidan, kompaniya daromadining oshishiga, ikkinchidan, mijozlar sonining ko‗payishiga, uchinchidan, texnikalardan foydalanish samaradorligining ortishiga olib keladi. 63
Viloyatda maishiy, konsalting va lizing xizmatlarining rivojlanishi talab darajasida emas. Bundan ko‗rinib turibdiki, viloyatda xizmatlar sohasining rivoj- lanishi past darajada qolmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri nafaqat aholiga, balki sanoat ishlab chiqarishiga xizmat ko‗rsatuvchi sohalar yaxshi shakllanmagan. Xususan, kompaniya tomonidan Gurlan, Bog‗ot va Xiva tumanlarida texnik xizmat ko‗rsatish va diagnostika markazini tashkil etish o‗rinli deb hisoblaymiz. Chunki, birinchidan, kompaniya tomonidan ushbu tumanlarga eng ko‗p miqdorda texnika ajratilgan bo‗lsa (Gurlan, Bog‗ot), ikkinchidan ular geografik jihatdan viloyat hududini to‗la qamrab oladi. Masalan, Gurlan tumanida tashkil etiladigan texnik servis markazidan Yangibozor va Urganch tumanlari fermer xo‗jaliklari foydalanishi mumkin bo‗lsa, Bog‗ot tumanida joylashgan bunday markazdan Xonqa va Hazorasp tumanlari foydalanishi mumkin. Xiva tumani esa Shovot va Qo‗shko‗pir tumanlari orasida joylashgan.
rivojlantirish yo„nalishlari Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish bitimlar asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy yo‗nalishi sifatida lizing kreditini asosiy kapitalga qo‗yilgan investitsiya sifatida tasniflash mumkin. Iqtisodiy nuqtai nazardan lizing – lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga foydalanish uchun beriladigan mol-mulk shaklidagi o‗ziga xos kreditdir. Biroq, lizing kelishuvida qarz, investitsiyalash munosabatlari, mulkiy va ijaraviy munosabatlar haqiqatda lizing kelishuvi barcha qatnashchilarining manfaatlari o‗zaro mos kelgan va ular bir fikrga kelgan taqdirda ro‗y berishi mumkin. Ayni kredit munosabatlarida bo‗lganidek, lizing munosabatlari ham qatnashchilardan har biri kelishuvdan o‗z manfaatini umid qilgan taqdirda, investitsiyalash va ijaraga topshirishning ushbu usuli lizing beruvchiga manfaatliroq bo‗lgan taqdirdagina yuzaga chiqishi mumkin. Keng ma‘noda olganda, lizing to‗g‗risidagi shartnomadan tashqari, bu asbob- uskuna etkazib berish shartnomasi, qarz shartnomasi, sug‗urta shartnomasi va shu kabilarni qamrab oladigan mulkiy munosabatlar majmuasidan iboratdir. Amaliy 64
nuqtai nazardan mol-mulkni lizing oluvchi tomonidan qo‗lga kiritish, foydalanish va qisman tasarruf etish uchun vaqtincha topshirib qo‗yish lizingning o‗zagini tashkil qiladi. Bunda asbob-uskunani sotib olish jarayoni yordamchi rol o‗ynaydi, lekin uni xarid qilish lizing oluvchi tomonidan belgilanadi. Lizingning asosiy g‗oyasi mol-mulkni qo‗lga kiritish, undan foydala-nish va uni tasarruf etish huquqini mulkchilik huquqidan ajratishdan iborat. Butun lizing shartnomasi muddati davomida lizing beruvchining mulki bo‗lib turadigan lizing obyektining o‗zi lizing bitimini ta‘minlovchi asos ekanligi lizing biznesining o‗ziga xos alohida xususiyatidir. O‗zbekiston Respublikasi FKga muvofiq iste‘mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun ishlatiladigan har qanday ashyo lizing obyekti bo‗lishi mumkin (er uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno). Ammo, bu hujjatda lizing obyektlari batafsil talqin etilmagan edi. Bu holat keyinchalik O‗zbekiston Respublikasining "Lizing to‗g‗risida"gi qonunida qisman bartaraf etilgan. Jumladan, qonunda "Lizing obyektlari" tushunchasiga aniqliklar kiritilgan, ya‘ni yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan erkin muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‗lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‗lishi mumkin emas. Ammo shu bilan birga, qonunda muomalada bo‗lishi cheklangan boshqa mol- mulk turlari ko‗rsatilmagan. Bizning fikrimizcha, qonundan "... tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan" so‗zlarini chiqarib tashlash kerak. Chunki, mavjud qoida lizing
oluvchilar doirasini toraytiradi va
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanmaydigan subyektlarni lizing oluvchilar jumlasiga kiritish imkonini bermaydi. Bu hol lizingning ba‘zi yo‗nalishlarini, masalan, odatda xususiy kishilar tomonidan lizing asosida sotib olinadigan avtotransport vositalari lizingini cheklab qo‗yadi. O‗zbekiston Respublikasi "Lizing to‗g‗risida"gi qonunining 2-moddasida lizingga ta‘rif berilgan bo‗lib, bunda ushbu ta‘rif ―... haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‗n ikki oydan ortiq muddatga beradi‖ jumlalari bilan tugallangan. Tadqiqot natijasida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, amaliyotda, O‗zbekistonda lizing
65
obyekti lizing oluvchi tomonidan barcha lizing to‗lovlari amalga oshirilgandan keyingina lizing oluvchining mol-mulkiga aylanadi. Ungacha lizing obyekti lizing beruvchining mulki hisoblanadi. Ushbu holatni inobatga olib, "Lizing to‗g‗risida"gi qonunining 2-moddasida lizingning ta‘rifini ―... haq evaziga foydalanish uchun o‗n ikki oydan ortiq muddatga beradi hamda lizing to‗lovlari to‗liq amalga oshirilgach, lizing obyektiga egalik qilish huquqi lizing oluvchiga o‗tadi‖ degan jumlalar bilan yakunlash o‗rinlidir. Qonunning ushbu moddasida lizing shartnomasi javob berishi kerak bo‗lgan talab ko‗rsatilgan. Shulardan biri lizing oluvchining, barcha lizing to‗lovlarini amalga oshirgach, lizing obyektini bozor qiymatidan arzon narxda sotib olish huquqiga, ya‘ni, opsionga ega bo‗lishidir. Bizning fikrimizcha , opsionning mavjudligi lizing oluvchining mulkka bo‗lgan munosabatiga salbiy ta‘sir etadi. Chunki, u lizing obyektining egasi bo‗lishi yoki bo‗lmasligi shartnoma muddati tugagach aniqlanadi. Bu esa shartnoma muddati davomida mulkdan ehtiyotsizlik bilan, belgilangan me‘yorlarda ortiq foydalanishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, mazkur Qonunning 2-moddasida belgilangan to‗rtta talabdan uchinchisi, ya‘ni, ―lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‗lab sotib olish huquqiga ega bo‗lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‗ladi‖ deyilgan talabi olib tashlansa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 21 maydagi ―O‗zbekiston Respublikasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori ham lizing operatsiyalari yil sayin o‗sishida muhim omil bo‗lmoqda. Lizing operatsiyalarining tarkibiy o‗zgarishlariga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, agar o‗tgan asrning 90-yillari oxirida lizingga berilgan obyektlar orasida katta ulushni qishloq xo‗jaligi texnikasi tashkil qilgan bo‗lsa, Shu bilan birga, lizing xizmatlarini amalga oshirishda ayrim kamchiliklar ham yo‗q emas. Shu munosabat bilan, ayniqsa, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va qurilish sohalarida lizing operatsiyalari hajmini yanada oshirishda qonun normalari va talablarini ijro etish samaradorligini
66
kuchaytirish zarur. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga tijorat banklari va lizing kompaniyalari bilan birgalikda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ro‗yobga chiqarish, ayniqsa, qishloq joylarda lizing xizmatlarini ommalashtirish, xususan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlovchi mini-texnologiyalar soni va turlarini ko‗paytirish yuzasidan samarali hamda amaliy choralar ko‗rish lozim. Bu esa yangi ish o‗rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik subyektlarining investitsiyaviy faolligini oshirishda samarali omil hisoblanadi. Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, chet el tajribasidan kelib chiqqan holda, lizing mamlakat iqtisodiyotining o‗sishini ta‘minlovchi muhim boshqarish mexanizmlaridan biri sifatida tan olingan. Shu sababli, Xorazm viloyatida lizing xizmatlarini yanada takomillashtirish iqtisodiyotda alohida o‗rin egallamoqda hamda moliyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Biroq, lizing xizmatlari va servisining yuzaga kelish amaliyotini kuzatish natijalariga qaraganda, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga to‗sqinlik qiluvchi holatlarning eng muhimlari quyidagilardan iborat: - lizing beruvchilar ham, lizing oluvchilar ham uning mohiyatini, afzalliklarini etarlicha tushunib olmaganliklari; - lizing xizmatlari va servisi bozoriga xizmat qiladigan infratuzilmalar, rivojlangan lizing kompaniyalari, konsalting, sug‗urta firmalari tar moqlarining kamligi; - lizing xizmati takliflari haqida doimo to‗ldirib turiladigan reklama va tushunarli axborot bilan ta‘minlaydigan lizing axborot ta‘minoti tizimi to‗la rivojlanmaganligi; - lizing kompaniyalarini tashkil etish uchun boshlang‗ich kapitalning etishmaganligi. Lizing xizmatlari tadbirkorga lizing kompaniyasidan zarur asbob-uskuna olish uchun zarur mablag‗ning uchdan biriga ega bo‗la turib, ish boshlash imkonini beradi. Ammo, lizing kompaniyasi asbob-uskunani ishlab chiqaruvchidan to‗la qiymati bo‗yicha sotib olishi kerak, buning uchun unga kredit resurslari talab 67
etiladi. Banklar ko‗pdan-ko‗p lizing oluvchilardan ko‗ra lizing kompaniyalariga kredit berishni hohlaydi. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy lizingning vujudga kelishi kreditlashdagi qaltislik xavflarini kamaytirishga ko‗maklashadi; - rivojlanishni rag‗batlantiruvchi omillar, soliq sohasida imtiyozlar bo‗lmaganligi, dastlabki davrlarda qo‗shilgan qiymatga ikki yoqlama soliq solinishi. Amaldagi soliqqa tortish tartibiga binoan QQS lizing beruvchidan sotib olingan asbob-uskuna uchun olinar edi. Uning miqdori lizing beruvchi tomonidan asbob- uskuna xarid qilishga olingan kredit uchun to‗lagan foizlar kabi lizing to‗lovlariga qo‗shib hisoblanar edi. Lizing xizmatlaridan QQS undirish amaliyoti lizing to‗lovlariga qo‗shimcha soliq to‗lanishidan dalolat berar edi. Lizing beruvchi asbob-uskunani olishi bilanoq soliq to‗lar, lizing oluvchi esa soliq summasini li- zing to‗lovlari tarkibida bosqichma-bosqich qoplab borar edi. - lizing infratuzilmasida ishlaydigan tajribali, yuqori malakali xodimlar etishmasligi va xodimlarni qayta o‗qitish va malakasini oshirishning yo‗lga quyilmaganligi kabilar. Ana shulardan kelib chiqib, Xorazm viloyatida lizing faoliyatini rivojlantirishga asos bo‗luvchi huquqiy baza mustahkamlanib bormoqda. Bu lizing xizmatlarining zamonaviy bozor talablari asosida takomillashib borishi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kichik biznesni rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, lizing beruvchilar doirasini kengaytirib, ular tomonidan taqdim etiladigan texnika va uskunalar assortimentini rivojlantirishga, moliya bozorida xizmat ko‗rsatishning ushbu turi bo‗yicha raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, keyingi yillarda investitsiya muhitini yaxshilash, xizmat ko‗rsatish va servis sohalarini, bevosita lizing xizmatlari va servisi bozorini qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha respublikamiz hukumatining olib borayotgan izchil iqtisodiy siyosati tufayli lizing xizmatlari va servisi bozori kengayib bormoqda. 63
63 Abdullayеv F.O. Mintaqada lizing xizmatlari va sеrvisining rivojlanishi: muammolar, tashkiliy-iqtisodiy omillar va yеchimlar. // Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2012. 68
Lizing xizmatlari ko‗rsatilish ko‗lamini mamlakat hududlari bo‗yicha solishtirilganda shartnomalar hajmi bo‗yicha viloyatlar bir biridan katta miqdorda farq qilmaydi (3.2.1-rasm).
hajmi, (mln.so‟mda). 64 Xorazm viloyatida mazkur ko‗rsatkich 2014 yilda 5,04 foizni 2015 yilda 4,61 foizni 2016 yilga kelb esa 2,5 foizni tashkil qilgan holda 2014 yilga nisbatan qaryib ikki barobarga kamaygan. O‗zbekiston lizing beruvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan statistik malumotlarga ko‗ra oxirgi 3 yil ichida amalga oshirilgan lizing operatsiyalarini tahlil qilganda viloyatda jami hisobda moliya institutlari tomonidan 2014 yilda 330 ta, 2015 yilda 319 ta, 2016 yilda 226 ta lizing xizmatlari ko‗rsatilgan. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan ko‗rsatkichlar Xorazm viloyatida keyingi yillarda lizing xizmatlari hajmi va uning respublika bo‗yicha ulushi sezirarli darajada pasayganini bildiradi. Bunga asosiy sabab bo‗luvchi omillardan biri bu lizing xizmatlari ko‗rsatuvchi korxonalarning viloyatda tarmoqlar va sohalar bo‗yicha divesifikatsiya qilinmaganligidir. Viloyatda mazkur xizmat turining turli tumanligini yo‗lga qo‗yish va xizmatlar sifatini oshirish hudud iqtisodiyotidagi muhim masalalardan biri bo‗lishi zarur hisoblanadi (3.2.2-rasm).
64 O‘zbеkiston Lizing Bеruvchilar Uyushmasi. O‘zbеkiston lizing xizmatlari sеktorining tahlili: 2016 yil yakunlari bo‘yicha. – T., 2017. 2014 yil 2015 yil 2016 yil 69
1150 1692 1232 463 588 14259 2218,5 694,6 554,2 565 Artum Leasing Group O'zavtosanoatleasing Hamkormaz Leasing O'zmeliomashleasing Jahona Cars O'zselxozmashleasing Uzbek Leasing International Qurilishmashlizing "Premier class leasing" Taiba Leasing
2016 yilda Xorazm viloyatida moliya institutlaridan jami 12 ta lizing kompaniyalari va 2 ta tijorat banklari tomonidan jami 24 172 600 ming so‗m miqdorda 226 ta lizing xizmatlari ko‗rsatilgan. Eng yirik lizing beruvchilardan ―O‘zselxozmashleasing‖ kompaniyasi 14259 mln. so‗mlik jami 180 ta lizing bitimlarini imzolashga erishdi. Natijada, lizing portfelini diversifikatsiyasini ta‘minlash asnosida xizmatlar sohasining ushbu sektori bilan bog‗liq risklar kamayishiga hamda bitiladigan lizing shartnomalari sonining oshishiga olib keladi. Keyingi yillarda lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish bo‗yicha hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator me‘yoriy hujjatlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar bu to‗siqlarni bartaraf etdi. 66
65 O‘zbеkiston Lizing Bеruvchilar Uyushmasi. O‘zbеkiston lizing xizmatlari sеktorining tahlili: 2016 yil yakunlari bo‘yicha. – T., 2017. 66 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 17 aprеldagi «O‘zbеkiston Rеspublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va sеrvis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-325-son Qarori 70
Umuman olganda, hozirgi kunda Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishni taqozo qiladigan quyidagi asosiy shart-sharoitlar quyidagilardan iborat bo‗ladi: - ma‘naviy eskirgan va jismoniy ishlab bo‗lgan uskunalarning etarli darajada ko‗p miqdorda mavjudligi; - ishlab chiqarish vositalari bilan savdo-sotiq zaif tashkil etilgan sharoitlarda sotilmayotgan tovar-moddiy boyliklar zahiralarining mavjudligi; - ishlab chiqarish uskunalarining qimmatligi oqibatida oddiy bank kreditidan foydalanilgan holda kichik biznes subyektlari o‗zlarining ishlab chiqarishini tashkil eta olmasligi; - ko‗p yillardan beri ish kuchi hamda xom ashyoning nisbatan kam baholanishi va katta qismining eksportga chiqarilishi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling