Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
II-BOB. O„ZBEKISTONDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.1-rasm. Yangi lizing bitimlari hajmining o„sish dinamikasi (mlrd. so„mda) 36
- 2.1.2-rasm. Lizing bitimlari portfelining o„sish dinamikasi (trln. so„mda) 37
- 2.1.3-rasm. Yangi lizing bitimlari sonining dinamikasi 38
- 2.1.1-jadval Yangi lizing bitimlari hajmining o„sish tendensiyasining ishtirokchilari o„rtasida taqsimlanishi 39
- 2.1.2-jadval Banklar TOP – 5 taligi 40
- 2.1.4-rasm. Lizing beruvchilarning moliyalashtirish manbalari, 2016 yil. 41
- 2.1.5-rasm. Lizing bitimlarining asosiy vositalar turlari bo„yicha taqsimlanishi, 2016 yil. 42
- 2.2. O„zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy va huquqiy asoslari
- Fuqarolik-huquqiy me‟yorlar
- Soliq solish me‟yorlari
II-BOB. O„ZBEKISTONDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI VA YO„NALISHLARI 2.1. O„zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning hozirgi holati Mamlakatimizda moliyaviy xizmatlarning ko‗lami tobora kengaymoqda. Iqtisodiyotimiz rivojida muhim o‗rin tutayotgan shunday moliyaviy xizmatlardan biri lizingdir. Bugungi kunda lizinglar, ayniqsa, kichik biznes vakillari, tadbirkor va fermerlar faoliyati samaradorligini oshirishda, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va ularning negizida raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Lizingni faoliyatga tadbiq etishning ahamiyati shundaki, lizingga olingan texnika uchun to‗lovlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu muddat ichida texnika o‗zi uchun mablag‗ ishlab topadi va undan foydalanish natijasida topilgan foydaning bir qismi lizing to‗lovlarini qoplash uchun yo‗naltiriladi. 35
Bugungi kunda mamlakatimizda lizing xizmatining rivojlanishi uchun qulay muhit va mustahkam huquqiy asos yaratilgan bo‗lib, ulardan biri O‗zbekiston Respublikasining ―Lizing to‗g‗risida‖gi qonuni bo‗lib, bu hujjat sanoat, qurilish korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda fermerlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish hamda xizmat ko‗rsatish hajmini tadrijiy ravishda yanada ko‗paytirib borish uchun zarur bo‗lgan lizing xizmatlarini rivojlantirishda asosiy huquqiy bazadir. Mazkur qonunga muvofiq lizing investitsiya faoliyati sifatida baholanadi va u bir qator soliq hamda bojxona imtiyozlari va afzalliklariga ega bo‗lib, ular asosiy ishlab chiqarish vositalarini kam sarf-xarajat bilan yangilash yoki sotib olish imkonini beradi. 2016 yilda yangi lizing bitimlari hajmining oshishi 14 foizni tashkil qildi, lizing portfeli esa 5,5 foizdan ziyodga o‗sishni namoyish etdi. Lizing bozorining oxirgi 20 yillik faoliyati davrida ilk bor texnologik uskunalar sektori yetakchi o‗ringa chiqib oldi va uning bozordagi ulushi 36 foizni tashkil etdi.
35
http://www.biznes-daily.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=3351%3Alizing-xizmatlari-raqobatni- rivojlantirish-sharoitida-samarali-mxanizm&catid=52%3Agazeta-birja&Itemid=74&lang=uz
30
O‗zbekiston lizing beruvchilar reytingini O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasining ma‘lumotlariga asoslangan holda tayyorlash jarayonida, 2016 yilda lizing xizmatlarini ko‗rsatuvchi 126 ta tashkilot ro‗yxatga olingani aniqlandi. Shu bilan birga, lizing amaliyotlari bilan 69 ta tashkilot, shu jumladan 21 ta tijorat banki faol shug‗ullangan. Qolgan lizing beruvchilar esa oldingi yillarda tuzilgan loyihalar bo‗yicha lizing to‗lovlarining monitoringi va ularni uzish bilan shug‗ullangan.
so„mda) 36 Hisobot davrida lizing bozori iqtisodiyot faolligining ko‗rsatkichlaridan biri sifatida faol o‗sishni ko‗rsatdi, xususan lizing beruvchilar tomonidan 5540 dan ortiq yangi lizing bitimlari tuzilgan, bunda ularning hajmi 973,1 mlrd. so‗mdan ortiqni tashkil etib, 2015 yil bilan solishtirganda 121,9 mlrd so‗mga oshgan. 2016 yilning birinchi yarim yilligida lizing beruvchilar tomonidan 430,4 mlrd. so‗mlik lizing bitimi tuzilgan bo‗lsa, ikkinchi yarim yillikda lizing beruvchilar faollashib, hajmni 542,7 mlrd. so‗mga oshirishdi.
36 O‘zbеkiston lizing bеruvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tayyorlandi. 31
2.1.2-rasm. Lizing bitimlari portfelining o„sish dinamikasi (trln. so„mda) 37 Lizing beruvchilar, shu jumladan banklar tomonidan taqdim etilgan tahliliy ma‘lumotlar lizing amaliyotlarining umumiy portfeli 2 trln. 590 mlrd. so‗mni tashkil etib, 2015 yil bilan solishtirganda 5,5 foizga o‗sganini ko‗rsatdi. Tijorat banklarining lizing portfeli esa 957,6 mlrd. so‗mni tashkil etdi.
38 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektori lizing shartlarida ham taqdim etilishi mumkin bo‗lgan zamonaviy va yuqori texnologik likvid uskunalarda ishlashga intilayotgani bugungi kunda mahalliy lizing bozorining rivojlanishini belgilovchi muhim tendensiya hisoblanadi. Ya‘ni, moliyaviy xizmatlarning samarali turi sifatida lizingga bo‗lgan talabning oshishi haqida gapirar ekanmiz, bunda eng
37 O‘zbеkiston lizing bеruvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tayyorlandi. 38 O‘sha manba. 32
avvalo, respublikamizda iqtisodiy faollikning o‗sishi, hozirgi kunda nafaqat mablag‗, balki lizingga taqdim etiladigan ishlab chiqarish vositalarini olishdan ham manfaatdor bo‗lgan tadbirkorlikning o‗sishi ko‗zda tutiladi. Yangi lizing bitimlari hajmining o‗sish tendensiyasi lizing bozori ishtirokchilari o‗rtasida quyidagi tarzda taqsimlangan:
- mulk qiymati, mlrd. so‗m 325,1 381,0 560,2 592,6 668,2 630,8
-ulush 67,1% 64,5% 69,6% 71,7% 78,5% 64,8% Banklar - mulk qiymati, mlrd. so‗m 159,4 209,6 244,9 233,6 183,0 342,3
-ulush 32,9% 35,5% 30,4% 28,3% 21,5% 35,2% Jami 484,5 590,6 805,2 826,2 851,2
973,1 Oldingi yillardagi kabi 2016 yil yakunlariga ko‗ra lizing beruvchilar o‗rtasida lizing bozorining taqsimlanish tendensiyasi saqlanib qolgan bo‗lib, bozorning 65 foiz lizing kompaniyalariga tegishli. Tijorat banklariga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2015 yil yakunlari bilan solishtirganda ularning bozordagi ulushi 35,2 foizgacha o‗sgan. Tijorat banklari tomonidan namoyish etilayotgan ―bosiqlik‖ amaldagi qonunchilik bilan xarakterlanishi mumkin, unga muvofiq tijorat banklarining lizing amaliyotlari summasi birinchi daraja kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. 2.1.2-jadval Banklar TOP – 5 taligi 40 № t.r. Bank nomi
Lizing amaliyotlarining hajmi (mlrd. so‗mda) 1 «Kapital Bank» ATB 117,9 2 «Asaka Bank » ATB 54,9 3 «Qishloq Qurilish Bank» ATB 36,1 4 «KDB Bank Uzbekistan » ATB 27,8 5 «Hamkorbank» ATB 26,9
39 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 40 O'sha manba. 33
O‗zbekiston lizing bozorini tahlil qilar ekanmiz, yangi lizing bitimlari bo‗yicha «Kapital Bank» ATB nafaqat ilk bor banklar renkingida yetakchilikni qo‗lga kiritganini, balki bozorda ikkinchi yirik lizing beruvchiga aylanganini ham qayd etish joiz. Hisobot yilida «Kapital Bank» ATB umumiy qiymati 117,9 mlrd. so‗mlik 41 ta lizing bitimini tuzishga muvaffaq bo‗ldi, bunda lizing obyekti sifatida import uskunalarni ko‗rish mumkin. Loyihalarning bank tomonidan moliyalashtirilishi uning o‗z mablag‗lari hisobidan amalga oshirilgan.
41 Lizing beruvchilardan olingan ma‘lumotlarga ko‗ra, tuzilgan lizing bitimlarining yarmidan ko‗pi lizing beruvchilarning o‗z mablag‗lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‗lib, ularning faqat 30 foizigina banklar tomonidan jalb etilgan mablag‗lar hisobidan moliyalashtirilgan. Ushbu tendensiya shu bilan shartlanganki, banklardan kredit sifatida jalb etilgan mablag‗lar lizing oluvchi uchun ancha qimmatroqqa tushadi, shu bois lizing beruvchilar, xususan lizing kompaniyalari loyihalarni o‗z mablag‗lari hisobidan moliyalashtirishni afzal ko‗radilar.
41 O‘zbеkiston lizing bеruvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tayyorlandi. O‘z mablag‘lari
Chet el investitisiyalari
Qimmatli qog‘ozlar
Boshqa manbalar 34
2.1.5-rasm. Lizing bitimlarining asosiy vositalar turlari bo„yicha taqsimlanishi, 2016 yil. 42 2016 yilda lizing bitimlari hajmining asosiy vositalar turlariga ko‗ra taqsimlanishi bo‗yicha birinchi marta 36 foiz ko‗rsatkich bilan texnologik uskunalar sektori etakchilik qildi. Bu bugungi kunda lizing har qanday mulkchilik shaklidagi korxona uchun moliyaviy resurslarni optimallashtiruvchi vosita sifatida xizmat qilayotganidan dalolat beradi. Tadbirkorlik faoliyatining ko‗rsatishicha, bunda unchalik qiyinchiliklarsiz texnologik uskunalarni yangilash va bu bilan ishlab chiqarish salohiyatini tiklash yoki hatto uni oshirish imkoniyati mavjud. Texnologik uskunalar bozorida qurilish texnikasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarish uskunalari (115,5 mlrd. so‗m), oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari (29,2 mlrd. so‗m) va to‗qimachilik uskunalari (26,9 mlrd. so‗m) alohida talabga ega. Lizing beruvchilar orasida lizingga berilgan texnologik uskunalar obyektlarining hajmi bo‗yicha «Kapital Bank» ATB (47,6 mlrd. so‗m), «Uzbek Leasing International A.O.» AJ (46,2 mlrd. so‗m) va «KDB Bank Uzbekistan» ATB (27,8 mlrd. so‗m) yetakchilik qilmoqda. Texnologik uskunalardan keyin ikkinchi o‗rinni qishloq xo‗jalik uskunalari egalladi. Uning lizing bitimlari taqsimotidagi ulushi 32,5 foizni tashkil etdi. Uchinchi
42 O‘zbеkiston lizing bеruvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan tayyorlandi. Qishloq qurilish texnikasi
Avtotransport
Ko‘chmas mulk
Texnologik uskuna 35
va to‗rtinchi o‗rinlarda, shunga mos ravishda ko‗chmas mulk (16,7 foiz) va avtotransport (14,8 foiz) kelmoqda. Lizing amaliyotlarining respublika bo‗yicha taqsimlanishi ancha bir tekis. Faqat Toshkent shahri bundan mustasno bo‗lib, uning mamlakat bozorida amalga oshirilgan yangi lizing amaliyotlari bo‗yicha ulushi 38,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2016 yil yakunlariga ko‗ra respublikada Toshkent viloyati (7,4 foiz) va Samarqand viloyati (7,1 foiz) yetakchilik qilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida 2016 yil uchun lizing xizmatlari bozorini tahlil qilgan holda quyidagi tendensiyalarni aniqlash mumkin: Mamlakatning lizing xizmatlari bozori ulkan o‗sish salohiyatiga ega. Lizing beruvchilar bozorida raqobat yil sayin oshmoqda, bu esa taqdim etiladigan lizing xizmatlarining darajasi ham oshishini anglatadi.
43 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Navoiy – 1,6 %
Xorazm – 2,5 % Buxoro – 3,5 %
Andijon – 4,9 % Farg‘ona – 5,4 %
Samarqand – 7,1 %
Sirdaryo – 4,7 % Qoraqalpog‘iston R. – 3,7 %
Surxondaryo – 6,6 % Qashqadaryo – 5,0 %
Toshkent – 7,4 % Jizzax – 4,9 %
Toshkent sh.– 38,1 %
36
Shunday qilib, O‗zbekiston lizing bozori o‗sishi uchun eng istiqbolli bo‗lgan quyidagi yo‗nalishlarni ko‗rsatish mumkin: - Mahalliy lizing kompaniyalarining xalqaro bozorlarga chiqishi/«JV MAN Auto-Uzbekistan» QK, «Samarqand Avtomobil Zavodi» MChJ, «Jeneral Motors O‗zbekiston» AJ bazasida kaptiv lizing kompaniyalarini tashkil etish; - mikrolizing (xususiy va kichik firmalar, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni ko‗llab-quvvatlash, xususan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, chorvachilik uchun kichik uskunalarni, tikuv uskunalarini lizingga berish); - ko‗chmas mulk lizingi; - operativ lizing. Kelgusida mamlakat lizing bozori faol tarzda o‗sishi kutilmoqda. Bunga muayyan darajada yangi tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekistonni rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi‖ni amalga oshirish ham ko‗maklashadi. Ushbu strategiya, eng avvalo, innovatsion texnologiyalarni joriy etishni, ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni modernizatsiyalashni ko‗zda tutadi. Bunda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini o‗zlashtirishga qaratilgan va O‗zbekiston uchun mutlaqo yangi bo‗lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni ko‗zda tutuvchi sanoat ishlab chiqarishining deyarli barcha yo‗nalishlari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturi asos sifatida xizmat qiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji ko‗p jihatdan tarmog‗iga bog‗liq. Respublikamiz agrosanoatida ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilish masalasiga hukumatimiz tomonidan alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bu borada ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasi faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi: 44
44
http://samarkand.uz/interaktiv/additional/lizing-xizmatlari
37
- O‗zbekiston Respublikasining ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Qonuni; - O‗zbekiston Respublikasining ―Lizing to‗g‗risida‖gi Qonuni, ―Xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‗g‗risida‖gi Qonuni va boshqa qonunlari; - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi ―Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni; - 2007 yil 5 noyabrdagi ―Hosildorligi past bo‗lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‗jaliklarini qo‗llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-725-son qarori; - O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrda qabul qilingan 486-sonli ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori; - 2000 yil 2 noyabrda qabul qilingan 424-sonli ―Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; - 2004 yil 23 yanvardagi 33-sonli ―Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‗jaligiga agrokimyo xizmati ko‗rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; - 2007 yil 18 iyundagi 123-sonli ―Qishloq xo‗jaligida lizing xizmatlarini yanada kengaytirish hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; - 2007 yil 12 dekabrdagi 254-sonli “O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli qaroriga o‗zgartirishlar kiritish haqida‖gi qarori; - kompaniya faoliyatiga tegishli bo‗lgan Farmoyishlari, Majlis bayonlari va ko‗rsatmalari; - kompaniya Ustavi. 38
Darhaqiqat, lizing munosabatlarining vujudga kelishi, rivojlanishi va kengayib borishi mavjud iqtisodiy-huquqiy muhit bilan chambarchas bog‗liq. Makroiqtisodiy shart-sharoitlar lizingning amaliyotga tadbiq etilishi va rivojlanish sharoitini belgilab beruvchi muhim omillardir. O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan so‗ng, respublika va uning xalqi manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yuritilib kelinmoqda. Bu siyosatning ustuvor yo‗nalishi bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‗tishdan iborat. O‗z navbatida, bozor munosabatlarining shakllanishi ko‗p bo‗g‗inli infratuzilma yaratishni talab etadi. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‗z chiqishlarida bozor munosabatlarining asosini tashkil etadigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mutanosib ravishda bog‗liq bo‗lgan bozor infratuzilmasini: sug‗urta, auditorlik, konsalting tashkilotlari qatorida, lizing kompaniyalarini tuzish zarurligini e‘tirof etish bilan birga, ushbu infratuzilmalarga ega bo‗lmasdan bozor mexanizmlari to‗liq ishlay olmasligini alohida qayd etgan. 45
90-yillarning birinchi yarmida bozor islohotlari natijasida bank, kredit muassasalari va korxonalar ilgari iqtisodiyotimizda qo‗llanilma-gan ko‗pgina moliyaviy dastaklardan foydalana boshladi. Ayni shu yillarda lizing tuzilmalarini faol tashkil etish, iqtisodiyotning ushbu sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, lizing munosabatlarining huquqiy asoslarini shakllantirish boshlandi. Hozirgi paytda O‗zbekistonda lizingni tartibga soluvchi quyidagi qonunchilik va me‘yoriy hujjatlar tizimi yaratildi:
- O‗zbekiston Respublikasining «Lizing to‗g‗risida»gi qonuni; - O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; - O‗zbekiston Respublikasi Xo‗jalik-protsessual kodeksi; - Xalqaro moliyaviy lizing to‗g‗risidagi UNIDRUA konvensiyasi.
45 Karimov I.A. O‘zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. - T.: O‘zbеkiston, 1995. – 267 b. 39
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi ―Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-3122-son Farmoni; - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi «O‗zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlanishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-325-sonli Qarori; - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi PF-3860-sonli Farmoni; - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi «O‗zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‗lgan davrda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi PQ- 640-sonli Qarori; - O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi. Bojxona me‟yorlari: - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi ―Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‗batlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni; - O‗zbekiston Respublikasining ―Boj tarifi to‗g‗risida‖gi qonuni; - O‗zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. Bank-moliya me‟yorlari: - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi ―Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1317-sonli Qarori; - O‗zbekiston Respublikasining ―Markaziy bank to‗g‗risida‖gi qonuni; - O‗zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni; - O‗zbekiston Respublikasining "Banklar tomonidan lizing xizmatlarini o‗tkazish tartibi to‗g‗risida‖gi nizom; - Lizingga oid markaziy bank, tijorat banklari yo‗riqnomalari.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling