Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
#130629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida


 

 

3.3. Mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda 

takomillashtirish imkoniyatlari va istiqbollari 

Mintaqalarda lizing xizmatlari va servisi faoliyatini kelajakda takomilllashtirish 

imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  lizing  xizmatlari 

foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.  

Bu  borada  lizing  xizmatlari  bozoriga  yangi  tijorat  banklarining  kirib  borishi 

tufayli  mamlakat  lizing  sektorida  tijorat  banklari  lizing  xizmatlarining  yil  sayin 

oshib borishi singari ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.  

Biroq,  mintaqalar,  xususan  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisi 

faoliyatini  istiqbolli  rivojlantirish  hamda  kelajakda  takomillashtirish  uchun  amalga 

oshirilayotgan  lizing  amaliyotlari  hajmi,  lizing  xizmatlarini  taqdim  qiluvchi 

korxonalar  nizom  jamg‗armalaridan  kelib  chiqqan  holda  hamda  tahliliy 

ma‘lumotlarni doimiy ravishda o‗rganib borish lozim.  

Buni  o‗z  navbatida  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini 

rivojlantirishning SWOT tahlili asosida amalga oshirirish mumkin (3.3.1-jadval).  



 

 

71 


3.3.1-jadval 

Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini istiqbolda rivojlantirishning 

SWOT tahlili jadvali

67

 

Kuchli tomonlari 

Zaif tomonlari 

qulay  me‘yoriy-huquqiy  zaminning 

yaratilganligi  va  soliq  imtiyozlarining 

mavjudligi, lizing obyektlarining lizing 

oluvchilarga  o‗z  vaqtida  yetib  borishi, 

bozorda 


yangi 

va 


kuchli 

lizing 


beruvchilarning paydo bo‗lishi 

bozorda  qishloq  xo‗jalik  texnikalari 

segmentining 

hukmronligi, 

lizing 

servisining  zaifligi,  salohiyatli  lizing  



kompaniyalari  sonining  kamligi,  tijorat 

banklari  tomonidan  kredit  xizmatlariga 

ustuvorlik berilishi, to‗lovga qodir lizing 

oluvchilar 

sonining 

kamligi, 

lizing 

beruvchilarda  moliyaviy  resurslarning 



cheklanganligi, 

lizing 


bo‗yicha 

yetarlicha axborotga ega bo‗lmaslik   



Imkoniyatlari 

Tahdidlar 

hukumat  tomonidan  lizing  xizmatlarini 

ko‗rsatishga 

ustuvorlik 

berilishi, 

viloyatda  lizing  beruvchilar  sonining 

ko‗payishi,  to‗lovga  qobil  mijozlarni 

ko‗proq  jalb  qilish,  lizing  xizmatlari 

ko‗pgina 

segmentlarining  

o‗zlashtirilmaganligi, jismoniy shaxslar 

mikrolizingini tashkil qilish 

baholar  va  foiz  stavkalarining  oshishi, 

soliqlarning 

o‗sishi 

va 


bozor   

kon‘yunkturasining  o‗zgarishi,  boshqa 

hududlardagi  yoki  xorijiy  raqiblar  bozor 

mavqeining  o‗sishi,  valyutali  lizing 

xizmatlari  uchun  valyuta  kursining  

nobarqarorligi, 

qonunchilikdagi 

o‗zgarishlar  hamda  lizing  obyektining 

ma‘naviy eskirishi 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  lizing  bozorida  yangi  xizmat  turlarini  joriy 

qilishda  O‗zbekistonda  lizing  bozori  o‗sishi  uchun  istiqbolli  bo‗lgan  quyidagi 

yo‗nalishlarni ajratib ko‗rsatish mumkin (3.3.2-jadval).  



3.3.2-jadval 

Lizing bozoridagi mavjud bo„lgan istiqbolli yo„nalishlar

68

 

to‗qimachilik sanoati 

xizmatlar sohasi 

poligrafiya va o‗ramlar 

meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash 

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 

tibbiyot 

tiklanadigan energiya manbalari 

                                                 

67

 



Manba:  Abdullayеv  F.O.  Mintaqada  lizing  xizmatlari  va  sеrvisining  rivojlanishi:  muammolar,  tashkiliy-iqtisodiy 

omillar va yеchimlar. // Monografiya. – T.: ―Fan va texnologiya‖, 2012. 

68

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 



tayyorlandi. 

 

72 


-  to‗qimachilik  sanoati.  Mamlakatdagi  eng  tez  rivojlanayotgan  sohalardan  biri. 

2015-2019  yillarda  respublika  to‗qimachilik  sanoatini  rivojlantirish  dasturida 

quyidagilar  ko‗zda  tutilgan:  korxonalarni  texnik  va  texnologik  jihatdan  yanada 

yangilash;  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishining  o‗sishini  ta‘minlash;  sohaning 

eksport salohiyatini oshirish; ichki iste‘mol bozorini engil sanoat mahsulotlari bilan 

to‗ldirish;  jinsi,  paxmoq  matolar  va  buyumlar,  paypoq  mahsulotlari,  tayyor  trikotaj 

buyumlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  qo‗shimcha  quvvatlarni  yaratish  va 

hokazolar.  

Mahalliy  korxonalar  faol  tarzda  yigirilgan  ipni  ishlab  chiqarmoqda,  biroq  har 

doim ham uning keyingi qayta ishlanishini yo‗lga qo‗yish imkoniga ega emas. Lizing 

kompaniyalari yigirilgan ipdan tortib, to tayyor materiallargacha (gazlamalar, trikotaj 

mato,  tayyor  tikuv-trikotaj  buyumlari  va  h.k.)  bo‗lgan  ishlab  chiqarish  jarayonida, 

tikuv-trikotaj sexlarini qurishda va boshqa ishlarda ishtirok etishlari mumkin.  

-  xizmatlar  sohasi.  2013-2016  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasining  qishloq 

joylarida  xizmatlar  va  servis  sohasini  yanada  jadal  rivojlantirish  bo‗yicha  dastur  – 

o‗sishning yana bir rag‗batlaridan biridir.  

-  poligrafiya  va  o‗ramlar.  Hozir  foydalanuvda  bo‗lgan  bosma  uskunalarning 

katta  qismi  ma‘naviy  eskirgandir.  Shu  bilan  birga,  poligrafiya  xizmatlari  bozori 

o‗zining  faol  rivojlanish  bosqichida  turibdi.  Poligrafiya  uskunalari  bozori  jadallik 

bilan rivojlanmoqda, poligrafiya kompaniyalari esa zamonaviy poligrafiya uskunalari 

keng spektridagi barcha o‗zgarishlarni kuzatib borgan holda zamon talablariga javob 

berishi  zarur.  Poligrafiya  uskunalari  nisbatan  tez  ma‘naviy  eskiradi,  shu  bois 

poligrafiya  kompaniyalari  o‗zining  texnik  parkini  kengaytirishga  investitsiyalar 

qilishi kerak.  

Ekspertlarning  fikricha,  uskunalar  parkini  har  yili  yangilash  lozim  –  bu  har 

qanday  poligrafiya  kompaniyasi  uchun  muvaffaqiyatli  faoliyatning  asosiy 

shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Aytish  joizki,  O‗zbekiston  poligrafiyasini  yangilash 

imkoniyati  asosan  mamlakatda  poligrafiya  uskunalari  lizingi  bozorining  rivojlanishi 

tufayli paydo bo‗ldi. Aynan, lizing sxemalari respublikadagi o‗rta va mayda xususiy 


 

73 


bosmaxonalarni  texnik  jihatdan  qayta  jihozlash  muammolarini  hal  etishga  yordam 

berdi. Yana bir muhim yo‗nalish – o‗ramlarni ishlab chiqarish.  

Oldingiday  o‗ramlarning  juda  katta  qismi  qog‗oz  va  kartondan  tayyorlanadi. 

Mahsulotlarni  o‗rash,  markirovka  qilish  va  identifikatsiyalashning  zamonaviy 

talablari  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  imkoniyatlari  va  takliflaridan  oldinda 

ketmoqda.  Respublikada  jahon  andozalariga,  shu  jumladan  o‗ramlar  andozalariga 

javob  beruvchi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  qaratilgan  investitsiya  dasturi  faol 

amalga oshirilyapti. Bu o‗ramlar sanoatida eng yangi texnologiyalar va ishlanmalarni 

qo‗llash va rivojlantirish zarurligidan dalolat beradi.  

O‗ramlar sohasi sanoatning deyarli barcha sektorlarini, shu jumladan oziq-ovqat, 

agrosanoat  majmui,  kimyo  sanoati  va  mamlakatdagi  boshqa  sohalarni  ham  qamrab 

olishini  hisobga  olgan  holda  shuni  aytish  mumkinki,  o‗rama  mashinalar  va 

texnologiyalarga bo‗lgan ehtiyoj saqlanib qoladi va kelgusida faqat o‗sib boradi.  

-  meva-sabzavot  mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  saqlash.  Mustaqillikning  ilk 

yillaridanoq  mamlakatda  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlari  ishlab  chiqarishini  oshirish, 

agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yuqori texnologik uskunalarni joriy 

qilish,  sohaning  eksport  salohiyatini  oshirish  bo‗ycha  zarur  chora-tadbirlar  qabul 

qilindi. O‗zbekistonning iqlim sharoitlari meva, reza-meva va sabzavotlarni yiliga 16 

mln.tonnaga  yaqin  miqdorda  va  keng  assortimentda  etishtirish  imkonini  berishini 

hisobga olgan holda mamlakatda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasi 

rivojlantirildi.  

Ushbu  soha  meva-sabzavot  konservalari,  sabzavot  va  meva  shartbatlari,  vino-

aroq  mahsulotlari,  alkogolsiz  ichimliklar,  mevali  va  sabzavotli  pyurelar,  pastalar  va 

siroplar,  quritilgan  va  muzlatilgan  meva  va  sabzavotlarni  ishlab  chiqaruvchi 

korxonalarni o‗z ichiga olgan. Yuqoridagi pozitsiyalarning ayrimlari bo‗yicha (tomat 

pastasi,  quritilgan  meva  va  sabzavotlar)  O‗zbekiston  jahonning  eng  yirik  ishlab 

chiqaruvchilari sirasiga kiradi. Qishloq xo‗jalik meva-sabzavot  mahsulotlarini qayta 

ishlash sanoati jadal o‗sish uchun barcha asosiy shart-sharoitlarga ega bo‗lgan sohalar 

qatoriga kiradi.  


 

74 


Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlariga ishlov berish va o‗rash bo‗yicha 

sharoitlarni  yanada  yaxshilash  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  masalalar  ham  mavjud.  Shu 

munosabat  bilan  respublikada  mahsulotlarni  eksport  qilish  uchun  ularni  qabul 

qiluvchi,  ishlov  beruvchi,  saralovchi,  kalibrlovchi,  o‗rovchi  va  markirovka  qiluvchi 

zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‗yicha 

ishlarni amalga oshirish zarur.  

- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.  Oziq-ovqat sanoati — O‗zbekiston 

iqtisodiyotining  eng  jadal  rivojlanayotgan  sohalaridan  biridir.  Boy  mahalliy 

xomashyo  bazasi,  ichki  bozorning  potensial  imkoniyatlari,  to‗plangan  tajriba  uni 

muvaffaqiyatli  rivojlantirish  uchun  qulay  zamin  yaratadi.  So‗nggi  yillarda 

O‗zbekiston  oziq-ovqat  sanoati  mamlakat  sanoat  bozorining  muhim  ishtirokchilari 

uchtaligidan  o‗rin  olib  kelmoqda.  Hozir  mamlakat  mahalliy  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish  hisobidan  aholini  mahsulotlarning  barcha  asosiy  turlari  bilan  to‗liq 

ta‘minlamoqda.  

Ammo,  bozorda  raqobatbardosh  bo‗lish  uchun  ishlab  chiqarishlarni 

modernizatsiya  qilish  va  texnologik  qayta  jihozlash,  qayta  ishlovchi  yangi 

korxonalarni  tashkil  etish  jarayonlarini  davom  ettirish  kerak.  Endilikda  mahsulotni 

sotish uchun unga chiroyli etiketkani yopishtirishning o‗zi etarli emas. Xaridorni endi 

tovar  qanday  mahsulotlardan  tayyorlangani,  uning  foydali  xususiyatlari  va  boshqa 

ko‗plab narsalar qiziqtiryapti. Shu bois, yetakchi bo‗lishni istagan kompaniyalar o‗z 

mahsulotlarining  sifatini  yaxshilashga,  xalqaro  menejment  tizimlarini  joriy  etishga, 

jahon talablari va andozalariga mo‗ljal qilishga majbur.  

-  tibbiyot.  O‗zbekistondagi tibbiy  muassasalar  muntazam  takomillashtirishni  va 

yangilanishni  talab  etadi.  Bu  ayniqsa  tibbiyot  uskunalari  sohasiga  tegishli.  Turli 

kasalliklarga to‗g‗ri tashhis qo‗yish va ularni muvaffaqiyatli davolashda aynan texnik 

jihozlanish muhim rol o‗ynaydi. Shuningdek, so‗nggi yillarda O‗zbekiston hukumati 

respublikadagi  tibbiy  muassasalar  faoliyatini  tashkil  etishni  tartibga  soluvchi  qonun 

hujjatlariga qator o‗zgarishlar va qo‗shimchalarni tasdiqlaganini qayd etish lozim.  



 

75 


Xususan,  bugungi  kunda,  yangi  o‗zgarishlarga  muvofiq  mamlakatda  tibbiy 

faoliyatni  amalga  oshirishda  ma‘naviy  eskirgan  uskunalardan  foydalanishga  yo‗l 

qo‗yilmayapti.  

-  tiklanadigan  energiya  manbalari  (TEM).  So‗nggi  o‗n  yilliklar  davomida  ular 

ko‗proq  uy  xo‗jaliklarining  avtonom  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  edi. 

O‗zbekiston  asta-sekin  kichik  energetika  doirasidan  chiqa  boshlayapti.  Bugun  yirik 

quyosh  elektr  stansiyalarining  loyihalari  paydo  bo‗lgan.  Biroq  biznes  sohasi  ishlab 

chiqarishda TEMdan foydalanmayapti.  

Lizing  kompaniyalarining  vazifasi  biznes-tuzilmalarga  muqobil  energiya 

manbalarining  afzalliklarini  tushuntirishdan  iborat.  Bu  o‗z  navbatida,  TEM 

texnologiyalarini  mahalliylashtirish  uchun  qo‗shimcha  rag‗batga  aylanadi,  mahalliy 

komponentlarning  ulushini  iloji  boricha  oshirish  yo‗li  bilan  respublika  sanoatini 

rivojlantirishga  turtki  bo‗ladi.  Lizing  kompaniyalari  uchun  esa  bu  asosan  istiqbolli 

ishga aylanadi.  



 

76 


XULOSA VA TAKLIFLAR 

Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirishning  istiqbolli 

yo‗nalishlari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilib, quyidagi xulosalarga kelindi: 

1.  Lizing xizmatlari va servisi bozorini rivojlantirishga mamlakatimizda ustuvor 

vazifalardan biri sifatida qaralishi tufayli 2001-2015 yillarda ushbu sektor faoliyatini 

tartibga  solish  va xalqaro  me‘yorlarga  moslashtirish,  soliq va  bojxona  imtiyozlarini 

joriy  etish,  ichki  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  maqsadida  respublika 

Prezidenti  tomonidan  ko‗plab  farmonlar  va  qarorlar  qabul  qilinishi  ushbu  soha 

mamlakatimiz rahbariyatining doimiy e‘tiborida ekanligidan dalolat beradi.  

2.  Lizing  xizmatlari  va  servis  sohasi  bo‗yicha  mavjud  adabiyotlarni  nazariy 

jihatdan o‗rganib, lizing, lizing xizmatlari, servis va lizing servisi tushunchalarining 

takomillashgan  ta‘rifi  ishlab  chiqildi.  Xorijiy  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqib, 

lizing xizmatlari tizimida servisning o‗rni va ahamiyati asoslandi. 

3.  Mamlakatimizda lizing xizmatlari va servisi sektorini rivojlantirishni tartibga 

solishning  qulay  me‘yoriy-huquqiy  zamini  yaratilgan  bo‗lib,  keyingi  sakkiz  yil 

davomida  mavjud  qonunchilik  hukumat  tomonidan  takomilashtirilib  borildi  va 

halqaro  me‘yorlarga  moslashtirildi.  Mazkur  dissertatsiya  ishida  lizing  xizmatlarini 

rivojlantirishning  bugungi  kun  talablari  va  xorijiy  mamlakatlarning  mazkur 

yo‗nalishdagi  tajribalaridan  kelib  chiqib,  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Lizing 

to‗g‗risida‖gi  Qonuniga  tegishli  qo‗shimcha  va  o‗zgartirishlar  kiritish  lozimligi 

asoslandi.   

4.  O‗zbekiston  bozorida  xorijiy  mamlakatlarning  lizing  xizmatlari  va  servisini 

rivojlantirish  tajribasidan  foydalanish  lozimligi  asoslandi.  Shuningdek,  xorijiy 

mamlakatlar  lizing  xizmatlari  bozorlarining  shakllanishi  borasidagi  tajribasi  uni 

rivojlantirishda 6 ta bosqich mavjudligini ko‗rsatdi: oddiy qisqa muddatli ijaradan to 

bozor to‗yingunicha.  

Oxirgi  bosqich  lizing  sanoati  rivojlanishi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  lizing 

kompaniyalarining  birlashishi  va  xalqaro  lizing  faoliyatining  kengayishi  bilan 

xarakterlanadi.  O‗zbekiston  lizing  xizmatlari  bozori  mazkur  rivojlanish 

bosqichlarining  ikkinchi  bosqichida  bo‗lib,  uning  keyingi  bosqichlarga  o‗tishini 

qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha zarur tavsiyalar berildi. 


 

77 


Lizing  kompaniyalarining  mijozlarga  servis  xizmatlarini  ko‗rsatishda  

banklardan  farqi  shundaki,  ular  tomonidan  uskunalar  bozorining  muayyan  segmenti 

marketing qilinadi hamda mijozlarga uskunalarni tanlashda va ishlatishda konsalting 

xizmatlari  ko‗rsatiladi.  Shu  bilan  birga,  usunalarni  tashib  keltirish,  ularga  texnik 

xizmat ko‗rsatish, sug‗urtalash, zarur ehtiyot qismlarni yetkazib berish, uskunalardan 

oqilona  foydalanishni  monitoring  qilish  hamda  mijozlarni  zarur  axborot  bilan 

ta‘minlash  kabi  servis  xizmatlarini  ko‗rsatish  ushbu  kompaniyalarda  zaif  yoki 

umuman tashkil qilinmaganligi ma‘lum bo‗ldi.    

5.  Tahlillarga ko‗ra, Xorazm viloyati lizing xizmatlari bozorida asosan qishloq 

xo‗jaligi  texnikalari  segmenti  yetakchi  o‗rin  tutadi.  Shu  sababli,  xorijdan 

keltiriladigan  uskunalarning  arzonlashuvini  e‘tiborga  olib,  istiqbolda  lizing 

imkoniyatlaridan mintaqa iqtisodiyotining sanoat, transport, aloqa, xizmat ko‗rsatish 

va  servis  sohalarida  ham  ustuvor  darajada  foydalanib,  lizing  mol-mulki  tarkibini 

diversifikatsiya  qilish  viloyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  uchun  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

6. 


Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 

lizing  xizmatlari  va  servisining  rolini  oshirishning  ustuvor  yo‗nalishlari  belgilandi. 

Shuningdek,  hududning  iqtisodiy  salohiyati,  bozor  talabi  va  ekologik  vaziyatni 

hisobga  olib,  kichik  biznesni  lizing  asosida  rivojlantirishning  istiqbolli  sohalari 

aniqlandi va asoslandi. 

10.  Yuqoridagi  xulosalarga  tayanib,  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va 

servisini  rivojlantirishni  yanada  takomillashtirish  va  ulardan  samarali  foydalanish 

bo‗yicha quyidagi takliflar berilmoqda: 

―Lizing  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi  qonunida  lizing 



xizmatlarining  yangi turlari, lizing kompaniyasining  maqomi, lizing beruvchilarning 

lizing  obyekti  bo‗yicha  qo‗shimcha  javobgarligi  hamda  lizing  to‗lovlari  tarkibida 

lizing kompaniyalarining servis xizmatlari bo‗yicha sarf-xarajatlarini aks ettirish; 

 - lizing to‗g‗risidagi qonuniy-me‘yoriy hujjatlarda xorijiy sarmoyadorlar uchun 

kafolatlar va imtiyozlarni mustahkam belgilab qo‗yish; 

-  lizing  xizmatlarini  ko‗rsatuvchi  banklarda  lizing  faoliyatini  rivojlantirishga 

qaratilgan qo‗shimcha servis xizmatlarini joriy etish; 


 

78 


- mijoz xohishiga qarab lizing to‗lovlarining turli shakllarini qo‗llash; 

-    arizalarni  ko‗rib  chiqish  va  uskunalarni  etkazib  berish  muddatlarini  yanada 

qisqartirish  hamda  lizing  beruvchilarga  agent  bankni  mustaqil  ravishda  tanlash 

imkoniyatini yaratish; 

lizing 


xizmatlari 

reklamasini 

kuchaytirish 

maqsadida 

―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ 

kompaniyasining 

elektron 

veb 


sahifasini 

takomillashtirish; 

- tumanlarda qishloq xo‗jalik texnikalariga xizmat ko‗rsatuvchi texnik ta‘mirlash 

va  diagnostika  markazlarini  tashkil  etish  hamda  ehtiyot  qismlar  yetkazib  berishni 

yo‗lga qo‗yish; 

 -  viloyatda  kichik  biznes  subyektlari  tomonidan  texnika  va  texnologiyalarga 

bo‗lgan talabni lizing kompaniyalari hamda tijorat banklari hamkorligida marketing 

qilish  hamda  lizing  kompaniyalari  portfellarini  uskunalar,  ijtimoiy  soha  obyektlari 

lizingi hisobiga diversifikatsiyalash; 

 -  joylarda,  ayniqsa,  qishloqlarda  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  infratuzilmani, 

xususan  servis  ko‗rsatish  infratuzilmasini  yanada  rivojlantirish  maqsadida  muayyan 

imtiyozlar  berish  evaziga  banklarning  kredit  portfelida  lizing  operatsiyalarining 

ulushini ko‗paytirish;  

Fikrimizcha,  yuqoridagi  keltirilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  Xorazm 

viloyati mintaqasida lizing xizmatlari va servisining yanada rivojlanishi va shu orqali 

iqtisodiyotning yuqori darajada modernizatsiyalashuviga olib keladi. 



 

79 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 

1. Qonunlar, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari. 

1.  O‗zbekiston Respublikasining «Lizing to‗g‗risidagi» Qonuni 14 aprel 2007.  

2.  O‗zbekiston Respublikasi qonuniy aktlari to‗plami – T.:  № 17   2009. - 112 

b. 


3.  «Lizing 

tizimini  rivojlantirishni  rag‗batlantirish  bo‗yicha  tadbirlar 

to‗g‗risida» O‗zR Prezidentini Farmoni, 2002 y. 28 avguts. 

4.  O‗zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

Farmoni. 

O‗zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‗g‗risida 

(O‗zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‗plami,  2017  y.,  6-son,  70-modda). 

Toshkent sh., 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son. 

5.  O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi «O‗zbekiston 

Respublikasida  2006-2010  yillarda  xizmat  ko‗rsatish  va  servis  sohasini 

rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-325-son Qarori 

6.  «Lizing  xizmatlarni  rivojlantirish  bo‗yicha  tadbirlar  to‗g‗risida»  O‗zR 

Vazirlar Mahkamasini qarori  №199 2004 y. aprel. 

7.  «O‗zbeklizinginterneyshnl  AJ»  kompaniyasini  tashkil  etish  bo‗yicha  O‗zR 

Vazirlar Mahkamasini qarori №6, 1995 y. 5 yanvar 

8.  ―O‗zqishloqxo‗jalikmashxolding‖  tarkibdagi  ishlab  chiqarish  korxonalarni 

lizing  shartlarida  qishloq  xo‗jalik  texnikasini  olish  tartibi  to‗g‗risida  O‗zR  Vazirlar 

Mahkamasini qarori  №424, 2000 y. 2 noyabr. 

9.  Karimov  I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi, O‗zbekiston sharoitida  uni 

bartaraf etishning yo‗llari va choralari. – T: O‗zbekiston, 2009.  

10. Karimov I.A. ―Inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash – barcha islohot va 

o‗zgarishlarimizning  bosh maqsadidir‖  mavzusidagi  I.A.Karimovning  2007  yilda 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2008  yilda  iqtisodiy 

islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor  yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan 

Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi \\ Xalq so‗zi. 2008 yil 9 fYevral, - 3 bet. 

11. Birinchi  Prezident  I.A.Karimovning  2012  yilning  asosiy  yakunlari  va  2013 


 

80 


yilda  O‗zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo‗nalishlariga 

bag‗ishlangan  ―Bosh  maqsadimiz  –  keng  ko‗lamli  islohotlar  va  modernizatsiya 

yo‗lini  qat‘iyat  bilan  davom  ettirish‖  nomli  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazrlar 

Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi // Xalq so‗zi. 19 yanvar, 2013 yil. -№13. – 1-3 

betlar. 

12. O‗zbekiston 

Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning 

mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga 

mo‗ljallangan iqtisodiy datsurning eng muhim utsuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan 

Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi // Xalq so‗zi. 16 yanvar, 2016 yil. -№13. – 

1-3 betlar. 

13. O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning  mamlakatimizni 

2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga 

mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. // ―Xorazm haqiqati‖ 

gazetasi. 2017 yil 18 yanvar. № 5 (19351). 

14. ―O‘zbekiston    Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  xarakatlar 

strategiyasi‖  to‘g;risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.  Mirziyoyevning  

2017 

yil 


fevraldagi 

PF-4947-sonli 

farmoni. 

http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036

 



2. Ilmiy adabiyotlar 

1.  Karimov  I.A.  Bizning  maqsadimiz  mustaqil  va  obod  vatan,  erkin  va 

farovonlik xalq. T.8-T.: O‗zbekiston,  2000. - 528 b. 

2.  Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo‗l  –  hamkorlikda  demokratik  rivojlanishi  va 

ma‘rifat yo‗li. T.11 – T.: O‗zbekiston, 2008. – 320 b. 

3.  Karimov I.A. O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida. - T.: 

O‗zbekiston, 1995. – 267 b. 

4.  Аспекты  лизинга:  бухгалтерский,  валютный  и  инвестиционный  –  М.: 

Ист-Сервис, 2004 – 86 с.  


 

81 


5.  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические 

основы, учет и налогообложение. СПб.: Питер, 2007. – 83-85 с. 

6.  Бланк  И.А.  Инвестиционньй  менеджмент.  -  Киев:  МП  "ИТЕМ"  ЛТД, 

"Юнайтед Лондон Трейд Лимитед", 1995. - 408 с. 

7.  Бернар  И.,  Колли  Ж.К.  Толковый  экономический  и  финансовый 

словарь. Французская, русская, английская, немецкая, испанская терминология: 

в 2-х тт. - Т.1: Пер. с фр. - М.: Международные отношения, 1994. - 784 с.  

8.  Газман  В.Д.  Лизинг:  теория,  практика,  комментарии  –  М.:  Фонд 

―Правовая культура‖, 2009. – 416 с. 

9.  Газибеков  Д.Г.,  Сабиров  О.Ш.  Лизинг  и  его  развитие  в  Узбекистане  – 

Т.: Молия, 2008- 132 с. 

10. G‗ozibekov  D.F.  va  b.  Lizing  munosabatlari  nazariyasi  va  amaliyoti.  –  T.: 

Fan va texnologiya, 2004. – 308 s.    

11. Горемыкин  В.А.  Лизинг.  Практическое  учебно-справочное  пособие  – 

М.:  ИНФРА-М, 2007. – 384 с. 

12. Haydarov Sh.U., Ortiqov X.A., Tuxsanov X.A. Lizing: tan olish, baholash va 

uning hisobi. - T.: Norma, 2006. – 152 b.  

13. Xizmat  ko‗rsatish,  servis  va  turizm  sohalarini  rivojlantirish:  muammolar  va 

ularning  yechimlari. Prof. M.Q.Pardayev va  H.N.Musayevlar umumiy  tahriri ostida.

 

Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2008.



 

– 259 b. 



3. Qo„shimcha adabiyotlar 

1.  Голышев  В.  Лизинг  –  инструмент  инвестиционной  политики.  //  Бозор, 

пул ва кредит. – Т., 2010. - №3. 

2.  Газибеков Д. Финансирование инвестиционных проектов и лизинг //Ж.: 

Рынок, денги и кредит, 2007, №5, с.12-15. 

3.  Лизинг Инфо. Обзор лизингового рынка Узбекистана // Бизнес-вестник 

Востока 2009, №21-22 (643-644), с.6. 

4.  Макеев В.Г. Лизинг. Учебное пособие. – М: ИНФРА-М, 2004, - 85-86 с.; 

5.  Мустафаев  З.,  ―Узбеклизингинтернейшнл  АО‖:  Рынок  лизинга 

расширяется. //Новости Узбекистана 2005, № 43 (118), с.1-2. 



 

82 


6.  Шабашев  В.А.,  Федулова  Е.А.,  Кошкин  А.В.  Лизинг:  основы  теории  и 

практики. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2005. – 8-10 с. 

7.  Чжен В.А. Язык бизнеса: термины. - Т: ИПК «Шарк», 1995. – 241 с. 

8.  ―The  Economic  Contribution  of  the  Equipment  Leasing  Industry  to  the 

U.S.Economy‖ США 2004-2005 гг. 

9.  Обзор  сектора  лизинговых  услуг  в  Узбекистане.  Ассоциация 

Лизингодателей Узбекистана. Т., 2010. – 4 с. 

10. Abdullayev  F.O.  Mintaqada  lizing  xizmatlari  va  servisining  rivojlanishi: 

muammolar,  tashkiliy-iqtisodiy  omillar  va  yechimlar//  Monografiya.  –  T.:  ―Fan  va 

texnologiya‖, 2012. 

11. O‗zbekiston  Lizing  Beruvchilar  Uyushmasi.  O‗zbekiston  lizing  xizmatlari 

sektorining tahlili: 2016 yil yakunlari bo‗yicha. – T., 2017.  



4. Internet-saytlardan ma‟lumot 

1.  http://

www.parlament.gov.uz

/ –  O‗zbekiston Respublikasi Parlamenti. 

2.  http:// www.stat.uz/ –O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi. 

3.  http://

www.ula.uz

/ –O‗zbekiston lizing beruvchilar uyushmasi. 

4. 

http://www.ceep.uz



/ – «O‗zbekiston iqtisodiyoti» tahliliy sharh.  

5.  http://www.uzagroleasing.uz/ – ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK. 

6.  http://www.  uzbekleasing.com/  -  ―O‘zbek  Lizing  Interneyshnl  AJ‖  Xalqaro 

aksiyadorlik lizing kompaniyasi. 

7. 

http://www.ifc.org/ifcext/eca.nsf/Content/SelectedPRUzbekistan?OpenDocu



ment&UNID=FC719593EDBE6DC0 85256EA0006A5487

 

8. 



http://uzbekistonovozi.uz

  

9. 



http://www.kamazleasing.ru

;

http://www.tiscotokyo-leasing.co.th/



10. 


http://www.biznes-daily.uz

  

11. 



http://samarkand.uz/interaktiv/additional/lizing-xizmatlari

  

 



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling