Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo
Lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1-rasm. Servis atamasining keng va tor ma‟nolardagi talqini 14
- 1.3. Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribalari
1.2. Lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va servisining ishtiroki Ilmiy adabiyotlarda ―lizing‖ bilan birga ―lizing xizmatlari‖ tushunchasi ham uchrasada, biroq ularda lizing xizmatlariga aniq ta‘rif berilmagan. Bizning nazarimizda, lizing xizmatlari tushunchasining ilmiy adabiyotlarda qo‗llanilishi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing munosabatlarining rivojlanib borishi va buning natijasida yangidan-yangi lizing turlari va shakllarining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Shunga ko‗ra, fikrimizcha, lizing xizmatlari deganda bevosita lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‗liq jarayonda amalga oshiriluvchi hamda iste‘mol qiymati unga sarflangan jonli mehnatning naflilik samarasi bilan belgilanuvchi buyumlashgan shaklga ega bo‗lmagan mehnatning o‗ziga xos mahsulini tushunish lozim. Mavjud adabiyotlarda lizing xizmatlarining turlari va shakllari u yoki bu darajada yoritilgan. Biroq, ularda ushbu lizing xizmatlari turlari va shakllarining iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi o‗rni va ahamiyati ko‗rsatib berilmagan. 11
11 Шабашев В.А., Федулова Е.А., Кошкин А.В. Лизинг: основы теории и практики. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2005. – 8-10 с. 15
Xorijiy mamlakatlarda mavjud lizing xizmatlarining tasnifi va ularni O‗zbekistonda qo‗llash xususiyatlari monografiyaning keyingi boblarida qarab chiqiladi. Xorijiy mamlakatlarda lizing xizmatlari bozorining rivojlanishida servis sohasi muhim o‗rin egallaydi. Bunda lizing xizmatlari bozoriga servisning kirib kelishini quyidagi uchta asosiy sabab taqozo etadi: - fan-texnika taraqqiyoti natijasida murakkab tuzilishga ega bo‗lgan mashina va jihozlarning ishlab chiqarilishi tufayli ularni sotish va ishlatish bilan bog‗liq qo‗shimcha xizmatlarga ehtiyojning paydo bo‗lishi; - moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kuchayishi; - lizing beruvchilarning o‗z daromadlarini oshirishga intilishi. Shunga ko‗ra, lizing xizmatlarini, ularda servisning mavjudligiga qarab moliyaviy va servisli lizing xizmatlariga ajratish mumkin. O‗z navbatda, lizing kompaniyalar ham o‗zining lizing faoliyatida aynan servis xizmatlarining mavjud bo‗lishi yoki bo‗lmasligiga qarab moliyaviy va servisli lizing kompaniyalarga ajratiladi. 12
Shu o‗rinda aytish joizki, servis tushunchasining mazmun-mohiyati va ta‘rifini yoritishda xorijlik va mamlakatimiz olimlarining yondashuvi turlicha bo‗lib qolmoqda. Ayrim manbalarda servis tushunchasi keng ma‘nodagi xizmat, xizmat ko‗rsatish degan ma‘nolarni anglatishi e‘tirof etilsa 13 , boshqa bir manbalarda u tor ma‘noda, ya‘ni uskuna va jihozlar, maishiy texnika vositalarini sotish va ularni ishlatish jarayonida ko‗rsatiladigan qo‗shimcha xizmatlar sifatida e‘tirof etiladi. Boshqa bir manbalarda esa servis asosiy xizmatni amalga oshirish vositasi sifatida qaraladi. Servis tushunchasining ta‘rifini yoritishga qaratilgan fikrlardan kelib chiqib, ushbu tushunchaning keng va tor ma‘nolarda qo‗llanilishini alohida e‘tirof etiladi hamda u quyidagi rasmda o‗z aksini topgan (1.2.1-rasm).
12 Макеев В.Г. Лизинг. Учебное пособие. – М: ИНФРА-М, 2004, - 85-86 с.; 13 Xizmat ko‘rsatish, sеrvis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yеchimlari. Prof. M.Q.Pardayеv va H.N.Musayеvlar umumiy tahriri ostida. Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 259 b. 16
1.2.1-rasm. Servis atamasining keng va tor ma‟nolardagi talqini 14 Servis tushunchasiga ta‘rif berishda uning yuqorida keltirilgan keng va tor ma‘nolarini uyg‗unlashtirish maqsadga muvofiq. Shunga ko‗ra, servis deganda xizmat ko‗rsatish darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan hamda kishilar ehtiyojini to‗la-to‗kis qondirishga yo‗naltirilgan harakatlar va bilvosita xizmatlar majmuini tushunish lozim. Shu o‗rinda aytish joizki lizing munosabatlarining mohiyatini asoslashga qaratilgan ilmiy ishlarda servis xizmatining chetlab o‗tilishi lizingning mohiyati bir tomonlama yoritilib kelinganligidan ham dalolat bermoqda. Lizing munosabatlari va operatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‗quv va ilmiy ishlarda lizing xizmati tarkibida servis xizmatlarining o‗rin egallamaganligi lizing munosabatlarining tizimli asoslanishiga ta‘sir ko‗rsatgan. Hatto, amaldagi ―Lizing to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunida ham lizing servisiga nisbatan alohida band o‗rin egallamagan. Shunday bo‗lsada, ayrim adabiyotlarda lizing faoliyatida servis xizmatlarining o‗rni va namoyon bo‗lish jihatlari qisman bo‗lsada yoritilgan. Ulardagi ma‘lumotlarga ko‗ra, lizing beruvchi lizing oluvchiga lizing obyektini taqdim qilish
14 Manba: Xizmat ko‘rsatish, sеrvis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yеchimlari. Prof. M.Q.Pardayеv va H.N.Musayеvlar umumiy tahriri ostida. Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. Sеrvis
Xizmat + xizmat ko‘rsatish Xizmat ko‘rsatish
Kеng ma'noda Tor ma'noda
Murakkab tuzilishga ega mashina, uskunalar, jihozlar, maishiy tеxnika, transport vositalarini sotish va ishlatish bilan bog‘liq xizmatlar majmui
Asosiy xizmatni amalga oshirish vositasi sifatida: mеhmonxona xizmatlari, rеstoran, axborot biznеsi va h.k. xizmatlarini ko‘rsatish
17
bilan birga uni yetkazib berish, sug‗urtalash, o‗rnatish, ta‘mirlash, xom ashyo va ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash, xodimlar malakasini oshirish kabi servis xizmatlarini ko‗rsatishni ham o‗z zimmasiga oladi. 15
Bugungi kunda lizing xizmatlari yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu sohani servis xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu davlatlarda yaratilgan qo‗shimcha soliq imtiyozlari tufayli lizing xizmatlari kreditga nisbatan daromadliroq bo‗lsada, lizingda ko‗zlangan foydani olishning xatarlilik darajasi yuqori hisoblanadi. Chunki, lizing beruvchi lizing oluvchiga mablag‗ni emas, balki uskunani foydalanishga taqdim etib, lizing oluvchi ishlab chiqarishdan daromad ko‗ra boshlagandan keyingina o‗z foydasiga ega bo‗ladi. Aks holda, zarar ko‗rgan lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchiga qaytarib berish bilan cheklanadi. Natijada, lizing beruvchi ixtiyorida yuqori likvidlikka ega bo‗lgan pul mablag‗lari o‗rniga likvidligi past bo‗lgan, ishlatilgan, ko‗pchilik hollarda ma‘naviy eskirgan uskunalar qoladi. Shu sababli, bunda lizing beruvchi o‗zining lizing faoliyatida qo‗shimcha xizmatlarni, ya‘ni servisni rivojlantirish orqali foyda olishning xatarlilik darajasini kamaytirishga erishadi. Bundan tashqari, rivojlangan davlatlarning lizing xizmatlari bozoridagi shiddatli raqobat aynan lizing servisini kuchaytirish orqali lizing kompaniyalariga o‗z mavqeini saqlab qolish va mijozlar sonini ko‗paytirish imkonini beradi. Lizing xizmatlari va servisi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda lizing kompaniyalari mijozlarga quyidagi lizing servislarini taklif etadilar: 16
- marketing (milliy va jahon uskunalar bozoridagi ilmiy texnika taraqqiyotining eng so‗nggi yutuqlarini o‗rganish asosida mamlakatimizning ichki imkoniyatlariga mos keluvchi texnologiyalarni tanlash bilan bog‗liq servisni); - uskunalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bilan bog‗liq servisni;
15 Лещенко М.И. Основы лизинга: Учеб. пособие. – М.: Финансы и статистика, 2000. – 55-58 с. 16 http://www.kamazleasing.ru ; http://www.tiscotokyo-leasing.co.th/ .
18
- konsalting (tadbirkorlarga qulay texnologiyani tanlash, xo‗jalik faoliyatining xarajatlarini kamaytirish va daromadini oshirish kabi mijozlar uchun foydali bo‗lgan masalar bo‗yicha zarur tavsiyalar berish bilan bog‗liq servisni); - logistika (ishlab chiqaruvchilarning geografik joylashuvini aniqlash, uskunalarni yetkazib berishning muqobil marshrutlarini tuzish, transport vositalarini to‗g‗ri tanlash, yetkazib berish sarf-xarajatlarini hisoblash bilan bog‗liq servisni); - sug‗urta munosabatlarini rasmiylashtirish bilan bog‗liq servisni; - transport va aloqa xizmati (lizingga olingan jihozlar va uskunalarni lizing oluvchiga etkazib berish hamda u bilan doimiy aloqani saqlashga doir servisni); - ekspluatatsiya xizmati (uskunalarni qurish va ishga tushirish bo‗yicha zarur tavsiya va amaliy yordam ko‗rsatish bilan bog‗liq servisni); - xodimlarni tayyorlash xizmati (uskunalarni eksplotatsiya qilish bo‗yicha firma xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bog‗liq servisni); - ta‘mirlash va monitoring xizmati (uskunalarni ta‘mirlash va ularning texnik holatini muntazam nazorat qilib borishga qaratilgan servisni); - mijoz mahsulotining realizatsiyasi (mijoz mahsulotini reklama qilish hamda sotish kanallarini tashkil etish bilan bog‗lik servisni). Bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda hamda boshqa manbalarda lizing servisi tushunchasining ta‘rifi keltirilmagan bo‗lsada, yuqoridagilarga asoslanib ushbu tushunchaning aniq ta‘rifini ishlab chiqish va iqtisodiy mazmunini keng yoritish lizing xizmatlari va servisi faoliyatini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, lizing servisi deganda lizing kompaniyalarining zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar bozorini marketing qilish, tadbirkorlarga zarur uskunalarni tanlash bo‗yicha konsalting xizmatlarini ko‗rsatish, ularni yetkazib berish, yig‗ish, ishga tushirish va ishlatish bo‗yicha tavsiya va amaliy yordamlar ko‗rsatish, shuningdek, uskunalarga zarur ehtiyot qismlarni yetkazib berish hamda texnik xizmat ko‗rsatish kabi servis xizmatlarini o‗z ichiga oluvchi kompleks faoliyatini tushunish lozim. Mustaqil O‗zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari va servisi bozori endigina rivojlanayotganligiga qaramasdan, keyingi etti yil davomida ichki lizing 19
xizmatlari va servisi hajmi yuqori sur‘atlarda o‗sib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro transport, aloqa va moliya bozorlarining rivojlanishi xorijiy mamlakatlarning lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish tajribalari va imkoniyatlari O‗zbekiston lizing xizmatlari va servisi bozorini qisqa davrda egallashi kutilmoqda. Mamlakatimizda lizing xizmatlari va servisi bozorining tarkibiy va hajm jihatdan kengayib borishi lizing xizmatlarining yangi turlarini va lizing servisini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Binobarin, shu yo‗l bilan milliy lizing va servis kompaniyalarimiz xorijiy mamlakatlarda lizing xizmatlari va servisining rivojlanishi jarayonida moliyaviy inqiroz oqibatlari ta‘sirida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni chetlab o‗tish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirish borasida xorijiy mamlakatlar tajribalari to‗plangan. Xususan, lizing xizmatlari va servisining xorijiy bozori, aynan AQSHda shakllana boshladi va XX asrning oxirlariga kelib, lizing xizmatlari 80 tadan ortiq, shu jumladan 60 ta rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirila boshlandi. Ya‘ni, AQSHda lizing XX asrning 50-yillarida paydo bo‗ldi va bugungi kunda dunyo lizing aylanmasining qariyib 52 foizi ushbu davlat hissasiga to‗g‗ri keladi. 17
Manbalarda keltirilishicha, lizing faoliyati borasidagi dastlabki va ilk servis xizmatlari AQSHda kompyuter jihozlarini ishlab chiqaruvchi IBM kompaniyasi hamda samolyot ishlab chiruvchi McDonnel-Douglas korporatsiyasi tomonidan joriy qilingan. Natijada, ushbu yirik ishlab chiqaruvchilar mahsulot sotish kanallari va hajmlarini kengaytirishga erishganlar. 18
Demak, ana shulardan kelib chiqib, milliy lizing xizmatlari va servisi bozorlarining shakllanish borasidagi bizning tadqiqotlarimiz barcha mamlakatlar
17 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учет и налогообложение. СПб.: Питер, 2007. – 85 с. 18 Большая экономическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2007. – 578 с. 20
uchun bosib o‗tilishi muqarrar bo‗lgan lizing xizmatlari va servisi bozorlarining rivojlanish bosqichlari borligini ko‗rsatdi (1.3.1-jadval). 1. 3 . 1 -jadval Jahonda lizing xizmatlari va servisi bozorlarining rivojlanish xususiyatlari 19 № Bosqich xususiyatlari Mamlakatlar I.
Oddiy qisqa muddatli ijara Rivojlanayotgan mamlakatlar II.
To‗liq qoplanuvchi klassik moliyaviy lizing Rivojlanayotgan mamlakatlar III.
Turli xil jabhada tashkil etiluvchi kreativ moliyaviy lizing, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar tomonidan lizing
korxonalarining tashkil etilishi, davlat tomonidan tartibga solishni mustahkamlash, tarmoqqa servisning kirib kelishi
Rivojlanayotgan mamlakatlar IV.
Nostandart lizing texnologiyalarining paydo bo‗lishi, uskuna va texnologiyalar ikkilamchi bozorining paydo bo‗lishi, to‗liq servisli lizingning shakllanishi, operativ lizingning rivojlanishi Rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar: Singapur, JAR, Tayvan, J.Koreya V.
Yangi lizing mahsulotlarining paydo bo‗lishi va mavjudlarining murakkablashuvi (qo‗shimchalar kiritilishi, uzaytirilishi, muddatidan oldin
tugatilishi) Germaniya, B.Britaniya, Yaponiya, Avstraliya VI. Bozorning etilishi, qo‗yilmalar, yutib olishlar yo‗li bilan lizing biznesining yiriklashuvi, kichik korxonalar turi, xalqaro lizing ko‗lamlarining kengayishi
AQSH Ana shulardan kelib chiqib, dunyo lizing xizmatlari va servisi bozorining 80 foizi oltita davlatga to‗g‗i keladi. Jumladan, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda Yaponiya hissasiga to‗g‗ri keladi. Ushbu davlatlar ichida lizing xizmatlari va servisi hajmi bo‗yicha eng salmoqlisi AQSH hisoblanadi. 20
soliq imtiyozi kabi qulayliklar ta‘sir ko‗rsatdi. 1977 yillargacha AQSHda firmalar uskunalarni ijaraga olishi va uning qiymatini o‗z balanslarida ifodalamasligi mumkin edi. Shuning uchun katta qarzga ega bo‗lgan firmalar yana qo‗shimcha
19 Manba: Голышев В. Лизинг – инструмент инвестиционной политики. // Бозор, пул ва кредит. – Т., 2010. - №3. 20 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учет и налогообложение. СПб.: Питер, 2007. – 83-85 с.
21
texnologiyalarni o‗z qarzlarini investor va ekspertlardan yashirgan holda olishlari mumkin edi. Keyingi 50 yil mobaynida lizing AQSH davlat iqtisodiy siyosatining strategik muhim yunalishi sifatida e‘tirof etib kelindi. Lizing tarmog‗i tarixining kattagina qismi AQSH Kongressi tomonidan qo‗llab-quvvatlandi. Kongress asosiy vositalarining sotib olinishiga, AQSH ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish bazasini yangilashga sarmoya kiritilishini har tomonlama rag‗batlantirib turdi. AQSHdagi har uchinchi kompyuter lizing munosabatlarining hosilasidir. Tibbiyot uskunalarining 10 dan 30 foizgacha bo‗lgan qismi mulk egalari tomonidan emas, balki lizing oluvchilar tomonidan ishlatiladi. 21
chiqaruvchilar tomonidan, qolganlari esa yirik tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan. Shunisi harakterliki, AQSH qonunchiligiga muvofiq, tijorat banklariga ayrim moliyaviy operatsiyalar turlarini amalga oshirish taqiqlanganligi sababli, bevosita banklar tomonidan lizing xizmatlari ko‗rsatilmaydi. Lizing kompaniyalari banklardan ajratilgan. Bundan tashqari, AQSHning yirik sug‗urta kompaniyalari ham lizing xizmatlarini amalga oshiradilar. AQSH soliq qonunchiligida shunday moddalar mavjudki, unda xususiy shaxslar ham o‗z daromadlariga asbob-uskunani sotib olish hamda uni lizingga berish huquqiga ega. 22
boshqa moliyaviy muassasalar kabi vositachilarning faol ishtiroki sabab bo‗lgan. Bunda soliq bo‗yicha yo‗naltirilgan katta imtiyozlar mazkur vositachi moliyaviy tashkilotlarga ularning lizing xizmatlari va servisi sektoridan manfaatdor bo‗lishlarini ta‘minlab bergan. Keyingi vaqtlarda AQSHda qaytariluvchi transport kommunikatsiyasi lizingi (neft tashuvchi tankerlar, temir yo‗l konteynerlari, kompyuterlar, samolyotlar) va operativ lizing (transport, nashriyot nusxa bosish uskunalari) sohalarining ahamiyati oshib bormoqda. Ayniqsa, aviatsiya sohasida hech qanday imtiyozsiz operativ
21 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учет и налогообложение. СПб.: Питер, 2007. – 83-85 с. 22 O‘sha joyda: – 13 b. 22
lizingning o‗sishi kuzatilmoqda. 1973 yilda AQSHda tashkil etilgan Xalqaro lizing moliya korporatsiyasining ijara portfelida 150 tadan ortiq samolyotlar bor edi. Ushbu kompaniya mijozlariga katta boshlang‗ich xarajatlarsiz 3-15 yilga o‗z samolyotlarini taklif etadi. Hozirgi kunda AQSHning eng yirik lizing kompaniyalari Bank Ameroleasing Group, Golden Trading corp., Security Pacific Group, Consider corp. va h.k. hisoblanadi. 1978 yilda AQSHda uskuna va jihozlar lizingi 22,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo‗lsa, 2006 yilga kelib ushbu yo‗nalishdagi lizing xizmatlari hajmi qariyb o‗n barobarga oshdi va 220,0 mlrd. AQSH dollariga etdi. 23
Lizingning AQSH YaIMdagi ulushi 1-3 foizni tashkil etadi yoki 75-315 mlrd. AQSH dollari atrofidadir. Asbob-uskunalarga real investitsiyalarning 22 foizigacha lizing orqali amalga oshadi. Agar lizing bo‗lmaganida AQSH iqtisodiyoti yiliga o‗rtacha 290 mlrd. AQSH dollari yo‗qotgan va 3-6 mln. ishchi o‗rinlarini yaratmagan bo‗lar edi. AQSHning 80 foiz biznesi bevosita lizingdan foydalanadi. Bugungi kunda o‗rtacha har 70000 AQSH dollari miqdoridagi lizing xizmatlari bitta ta ish o‗rnini tashkil etadi. 24
XX asrning 70-yillaridan boshlab AQSHda lizing xizmatining mustaqil (independents) lizing kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilarning sho‘ba korxonalari (captives), banklarning filiallari yoki bank lizing kompaniyalari, moliyaviy vositachilar (maslahatchilar) kabi to‗rtta turi shakllanib, faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. Mustaqil lizing kompaniyalariga lizing tarmog‗idagi mablag‗ aylanishining taxminan yarmi, ya‘ni 50-52 foizi, banklarga 27 va bog‗liq kompaniyalarga 19 foizi, bozorning boshqa ishtirokchilariga esa 2 foizi to‗g‗ri kelmoqda. Lizing biznes uchun eng daromadli, qulay va kafolatli vositalardan biri bo‗lib qolmoqda. Faqat soliqlar to‗lagunga qadar foydaning tushumga nisbati tarmoq bo‗yicha o‗rtacha 18 foizini, sarmoyadan daromad esa 15 foizga yaqinrog‗ini tashkil etadi. 25
bitimlarning qariyib 66 foizi to‗g‗ri keladi), Leveraged lease – tashqi
23 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 536 с. 24 ―The Economic Contribution of the Equipment Leasing Industry to the U.S.Economy‖ США 2004-2005 гг. 25 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan va texnologiya, 2004. – 10 b. 23
moliyalashtirishni jalb qilish (odatda 20-40 foiz atrofida) va qaytariluvchi lizing kabi shakllari bir-biridan farqlanadi. Dunyo tajribasi oxirgi yillarda lizing xizmatlari ko‗pgina mamlakatlarda iqtisodiyot barqarorligi va rivojlanishining ajralmas qismi bo‗lib qolganligini ko‗rsatmoqda. Ularda lizing hajmi o‗sishining sur‘ati mashina va uskunalarni ishlab chiqarish uchun xususiy kapital qo‗yilmalarning o‗sish sur‘atidan ahamiyatli darajada oshib bormoqda. Mahsulotlarni ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorlarda sotishda ham lizingdan keng foydalanilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning lizing xizmatiga oid qonunchiligi ahamiyatli darajada farqlanadi. Chunonchi, lizingning shartnoma oxirida uskunalarni opsion bilan sotib olish fransuz modeli Angliyada lizing bitimi emas, balki sotish sifatidagi ijara hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda, xususan, Fransiya, Belgiya va Ispaniyada maxsus lizing qonunchiligi mavjud. Chet el mamlakatlarida lizing xizmati va servisi munosabatlarini tartibga solish amaliyotini umumlashtirish huquqiy ta‘minot bo‗yicha mamlakatlarni uch guruhga ajratish imkoniyatini beradi: 26
- lizing xizmati bitimlarini tartibga soluvchi maxsus qoidalarga ega (Fransiya, Belgiya, Italiya va boshqalar); - maxsus qonun hujjatlariga ega (Angliya, Avstraliya); - maxsus qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlarga ega bo‗lmagan (AQSH, Germaniya). Ko‗pchilik davlatlarda lizing xizmatlari va servisi munosabatlarining subyektlari to‗g‗risidagi masala ham turlicha hal etiladi. Chunonchi, Fransiyada lizing xizmatlarini banklar va ular bilan bog‗liq bo‗lgan maxsuslashtirilgan moliyaviy tashkilotlar amalga oshirishi mumkin. Belgiyada lizing bilan faqat Iqtisodiyot vazirligining maxsus ruxsatnomasiga ega bo‗lgan tashkilotlar shug‗ullanishi mumkin.
26 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учет и налогообложение. - СПб.: Питер, 2007. – 83 с. 24
Italiyada lizing xizmatlarini ko‗rsatuvchi yuridik shaxs muayyan miqdordagi kapitalga ega bo‗lishi lozim. Agar lizing beruvchi mol-mulkni amalda uning butun foydalanish muddatida ishlatmasa, shartnoma imtiyozli soliqqa tortish maqsadida tuzilgan hisoblanadi (lizing kompaniyasiga mol-mulk egasi sifatida qaraladi). Ama- liyotda shartnoma lizing shartnomasi sifatida tan olinmagan sud ishlarining asosiy qismi mol-mulkdan asosan to‗liq iqtisodiy foydalanish muddatida ishlatilgan shartnomalarga taalluqliligini ko‗rsatadi. Italiyada dastlabki lizing kompaniyasi 1963 yilda tuzilgan va bugungi kunda Italiya Lizing Assotsiatsiyasi 50 ta kompaniyani o‗z ichiga oladi. Yevropada lizing turlaridan biri bo‗lmish moliyaviy lizingning 50-yillarning oxiri va 60-yillar boshlarida tez rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‗ldi. Eng asosiysi, ilmiy-texnika inqilobi mazkur korxonalar tomonidan asosiy vositalarni yangilashning katta hajmdagi ehtiyojiga olib keldi. Moliyaviy lizing mexanizmi esa korxonalar uchun uskunalarni bank kreditlari orqali sotib olishdan ko‗ra qulay bo‗lib chiqdi.
Huddi shu davrga kelib moliyaviy xizmatlar bozori jadal rivojlanishi tufayli, yangi shakldagi moliyaviy kreditlash va past foizli stavkalar taklifi ko‗paydi. Ushbu holat lizing faoliyatini soliqqa tortishning har tomonlama qulayligi bilan birgalikda lizing kelishuvlarini rivojlantirdi. Lizingni lizing beruvchilar uchun qulay qilib, lizing sektorini jadal rivojlantirihda ijobiy rol o‗ynadi. Lizing faoliyatining jug‗rofiy jihatdan joylashishini ko‗rib chiqadigan bo‗lsak, Yevropadagi umumiy moliyalashtirish hajmining 72 foizi to‗rtta mamlakat – Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaga to‗g‗ri kelishini ko‗rish mumkin. Yevropada lizing xizmatlarini ikki yo‗nalishga ajratish qabul qilingan bo‗lib, bu – ko‗chmas mulk lizingi va uskunalar lizingidir. Yevropadagi jami asosiy vositalar investitsiyalari hajmida lizing 12,5 foizni tashkil qiladi. Biroq, bu ko‗rsatkich mamlakatlar bo‗yicha turlicha bo‗lib, masalan Gollandiyada faqat 6,3 foizni tashkil etsa, Italiyada 16,7 foizga teng. Germaniyada hozirgi kunda ko‗plab lizing kompaniyalari mavjud bo‗lib, Lizing uyushmasi tashkil etilgan va unga 57 ta nemis lizing kompaniyalari a‘zo bo‗lgan. 25
Germaniyada uskunalar lizingi bozori umumiy hajmida engil avtomobillar lizingi 50 foizni tashkil etadi, ishlab chiqarish vositalari lizingi esa 10 foizga teng bo‗lib, bu ko‗rsatkichlar Italiyada mos ravishda 25 foizdan pastroq va 50 foizdan yuqoriroqdir. Shuningdek, Yevropada kompyuter va ofis uskunalari lizing xizmatlari o‗rtacha 12,5 foizga teng va uning 4 foizi yirik, qimmatli mulklar, samolyotlar, kemalar va shu kabilar ulushiga to‗g‗ri keladi. 27
ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, bolalar bog‗chasi va hatto, maktablar ham lizingga beriladi. Avstriyada lizing bitimlarining davomiyligi lizing predmetining xizmat muddatiga qarab 2-15 yilni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada lizing faqat 1979 yildan, ya‘ni soliq imtiyozlari joriy etilgandan keyin keng rivojlandi. Kompaniyalar investitsiya qilingan yilda soliqqa tortiladigan foydadan 100 foiz investitsiyalarni chegirishi mumkin edi. Bu imtiyoz yuqori daromadli kompaniyalar uchun ahamiyatli bo‗lsa-da, ammo bilvosita ijarachilar uchun ham qulay edi. 28
etildi. Bugungi kunda Fransiyada samolyot va vertolyotlarning, kema va barjalarning, tibbiyot jihozlarining, poligrafiya va yirik sanoat uskunalarining lizingi rivojlanmoqda. Lizing to‗g‗risidagi qonun 1966 yilda qabul qilingan bo‗lib, qonun lizing oluvchiga uskunalarni qayta sotish huquqiga soliq, qo‗shimcha qiymat solig‗i, uchinchi shaxs huquqi uchun soliq kabi imtiyozlarni kiritdi.
Bundan tashqari, Fransiyada sanoat va savdo sohasida ko‗chmas mulk bilan operatsiyalar bo‗yicha jamiyat tashkil etildi. Ushbu jamiyat Fransiya lizing korxonalariga qayta soliq imtiyozlari bermoqda: foydaning 85 foizi soliqdan ozod etilgan, jadallashgan amortizatsiya va h.k. Fransiya va Italiyaning lizing xizmatlari va servisi bozorida faoliyat yuritayotgan asosiy lizing kompaniyalarining ayrim ko‗rsatkichlarini 4- va 4a-ilovalarda ko‗rishimiz mumkin.
27 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учѐт и налообложение. - СПб.: Питер, 2007. – 83-88 с. 28 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития. Учеб. пособие для вузов – М.: Изд. дом ГУ ВШЭ, 2008. – 555 с. 26
Osiyo davlatlaridan Janubiy Koreyada hozirgi kunda 14 ta lizing beruvchi muassasa, ya‘ni 8 ta maxsus kompaniya va 6 ta savdo banklari faoliyat ko‗rsatmoqda. Qonunga muvofiq, agarda asbob-uskunadan foydalanish muddati 5 yildan ortiq bo‗lmasa, u holda lizing shartnomasi muddati 60 foizdan kam bo‗lmasligi belgilangan. Janubiy Koreya hukumatining asosiy iktisodiy vazifalaridan biri kichik va o‗rta biznes sohasini qo‗llab-quvvatlashdan iborat bo‗lganligi sababli, ushbu davlatda maxsus lizing kompaniyalariga jami lizing xizmatlarining 35 foizidan kam bo‗lmagan qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo‗naltirish bo‗yicha maxsus yo‗riqnoma mavjud. 29
O‗z miqyosi bo‗yicha AQSHdan keyin 2-o‗rinda turuvchi Yaponiya 2006 yilda dunyo lizing xizmatlari bozorining 10 foizni egalladi (64,5 mlrd. AQSH dollari). Yapon lizing kompaniyalarining yarmidan ortig‗ini (51,3 foiz) yirik bo‗lmagan lizing kompaniyalar tashkil etadi (ustav kapitali 970 ming AQSH dollarigacha). SHu bilan birga, ko‗pgina yapon lizing kompaniyalari dunyoning eng yirik lizing kompaniyalari qatoridan o‗rin egallagan. Masalan, ―Orix Corp.‖ yapon lizing kompaniyasi lizing portfelining umumiy hajmi bo‗yicha dunyoda ikkinchi o‗rinni egallagan. Yillik lizing xizmatlari hajmi bo‗yicha esa ―Tokio Leasing‖ va ―Centure Leasing System‖ lizing kompaniyalari jahonda yetakchi hisoblanadi. 30
Yaponiya hukumati tomonidan mamlakatda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratiladi. Xususan, ilg‗or texnologiyalarni etkazib berish bilan shug‗ullanuvchi kichik va o‗rta lizing kompaniyalarga maxsus hukumat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bundan tashqari, lizing oluvchilar kasodga uchragan xollarda ushbu lizing kompaniyalariga to‗lanishi lozim bo‗lgan lizing to‗lovlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi. 31
tovar ixtisoslashuviga ega. Xitoyda ilg‗or texnologiyalar nuqtai nazaridan ma‘naviy eskirgan mashina va uskunalar past texnologik darajadagi boshqa korxonalarda ishlatilishi mumkin.
29 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. – T: Fan va texnologiya, 2004. – 29-30 b. 30 O‘sha kitob. 31 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 551 с. 27
Rossiyada lizing xizmatlari va servisi bozorining rivojlanishi MDH davlatlari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, MDH davlatlarining ―mentaliteti‖ bir- biriga o‗xshash yoki juda yaqindir. Mamlakatda keyingi 10 yil mobaynida lizing xizmatlari va servisi bozori yiliga 55-70 foizga o‗sdi. Rossiya 2007 yil yakunlariga ko‗ra, lizing xizmatlarining umumiy hajmi bo‗yicha Yevropada beshinchi va dunyoda ettinchi o‗rinni egallagan. 32 Rossiyada asosiy ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalarda lizingning ulushi 5,7 foizni, sanoat uskunalarida esa qariyib 25 foizni tashkil etadi. Asbob-uskuna va texnologiyalar xarid qilishda lizingdan foydalanish 10-15 foiz samara bermoqda va imtiyozli soliqqa tortish, to‗lovni kengaytirish imkoniyati, servis ko‗rsatishdagi engilliklar, bitim ta‘minoti uchun nisbatan ―yumshoq‖ talablar kabilar bunga asosiy zamin yaratmoqda. MDH mamlakatlari lizing xizmatlari va servisi bozorining holati haqida ma‘lumot beruvchi ayrim manbalar 33 ushbu mamlakatlar ichida Rossiya va O‗zbekistonda lizing xizmatlari va servisi bozori nisbatan yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat bermoqda. Rossiyada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda lizing xizmatlari va servisining ulushi 5 foizga etgan bo‗lsa, O‗zbekistonda bu ko‗rsatkich 3-4 foiz orasida tebranmoqda. 34
Boshqa MDH davlatlarida lizing xizmatlari va servisi bozorining nisbatan past darajada rivojlanganligi ushbu davlatlar hukumatlari tomonidan lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishga kam yoki kech ahamiyat berganligi bilan bog‗liq. Ukrainada uzoq yillar davomida kuzatilgan siyosiy nobarqarorlik, Belarus prezidentining mamlakatda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishga qaratilgan birinchi Farmoni 2009 yilda qabul qilinishi, Qirg‗izistonda lizinga nisbatan bank kreditiga ko‗proq soliq imtiyozlarining joriy qilinganligi yuqoridagi xulosamizga asos bo‗lishi mumkin. Shu bilan birga , keyingi yillarda MDH davlatlarining ko‗pchiligida lizing xizmatlari va servisi bozorida o‗sish tendensiyalari kuzatilmoqda.
32 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 551 с. 33 Лизинг в центральной Азии и Азербайджане. Международная Финансовая корпорация, IFC\ SECO 2007 г., апрель. – 186 с.; http://www.ifc.org/. 34 Адамов Н., Тилов А. Лизинг: правовая сущность, экономические основы, учѐт и налообложение. - СПб.: Питер, 2007. – 85 с. 28
Tadqiqotlar g a ko‗ra, MDH davlatlarida lizing xizmatlari va servisi bozori rivojlanishining o‗ziga xos tendensiyalari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: - yetakchi lizing kompaniyalarining nafaqat lizing xizmatlari va servisi rivojlangan mamlakatlar tajribasini, balki lizingni o‗z sharoitlariga moslashtirishi; - lizing xizmatlari uchun ta‘minot sifatida qo‗llanilgan moliyaviy vositalar tarkibining kengayib borishi. - lizing kompaniyalarining nafaqat o‗z ixtisosliklari, balki noan‘anaviy bozor segmentlarida operatsiyalarni amalga oshirib, universallashuvi, o‗z mablag‗lari hisobiga moliyalashtirishning oshib borishi; - asbob-uskuna va texnologiyalar taklifining oshib borayotganligi natijasida raqobat darajasining oshishi va etkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar tomonidan tashkil etilgan lizing kompaniyalarining paydo bo‗lishi; - yaqin kelajakda lizing kompaniyalarining portfellarini birlashtirish va qo‗shish orqali rivojlanishi va h.k.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling