Raxmonova munojat yo’ldashboy qizining bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish


Download 1.29 Mb.
bet14/15
Sana09.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1471372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
427 RAXMONOVA MUNOJAT YO’LDASHBOY QIZINING

birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, guruh jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, tarbiyachining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchi-pedagogning ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o’qituvchi, tarbiyachining o‘z faoliyatidan qoniqish xissini xotirjamligini ta’minlaydi.
Ishning yakunida ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda o‘qituvchi-pedagog va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltirish zarurligini e’tiborga olib quyidagi tavsiyalarni beramiz.
O‘qituvchi-pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishi lozim: -o‘qituvchi-pedagogning ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bolalar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- pedagogik mahoratni rivojlantirish orqali o‘quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho bera olish malakasiga ega bo‘lish;
- pedagogik uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- bolalar bilan o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
- o‘qituvchi-pedagog o‘zining xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda bolalar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy, pedagogik-psixologik negizni asos qilib olishidir.
Har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida lshlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling