Raxmonova munojat yo’ldashboy qizining bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish
Download 1.29 Mb.
|
427 RAXMONOVA MUNOJAT YO’LDASHBOY QIZINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- -kommunikativ kompetentlik
- -ektremal kompetentlik
-kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy endoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
-innovatsion kompetentlik-pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirilishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish; -kommunikativ kompetentlik-ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish va ijobiy ta’sir ko’rsata olish. -shaxsiy kompetentlik-izchil ravishda kasbiy malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish. -texnologik kompetentlik-kasbiy-pedagogik bilim ko’nikma, malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o‘zlashtirlsh, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish. -ektremal kompetentlik-favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik. Pedagogik kompetentlik muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ta’lim mazmuni, o‘quv rejalari va dasturlarini saralash; 2) o‘quv moduli (fani)ni o‘qitlshning taktika va strategiyalarini belgilash; 3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash; 4) ta’lim oluvchilarning kreativ rivojlanlshini bashoratlash; 5) kreativ shaxsni shakllantirlshning boshqaruv tizimini ishlab chiqlsh 6) pedagogikning kompetentligini yuzaga chiqarlsh. Pedagogika fanida pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erlshlshi, yuqori kasbiy salohiyat, shiningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi. “Kompetentlik” so‘z ining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Kompetentli pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi-egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda qo‘llay ollsh layoqatiga ega, mas’uliyatli, faol, tashabbuskor, ijodkor shaxs bo’lishi zarur. Pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravlshda o‘z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni muntazam o‘rganib, pedagogik kasbiy bilim va ko‘nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga ega bo‘ladi va uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi. Pedagogika sohasida olib borilgan nazariy va empirik tadqiqotlar natijasida tizim tushunchasining mohiyati o‘rganildi. Tizim ma’lum bir yaxlitlikni hosil qiluvchi, bir-biri bilan ma’lum bir munosabat va bog‘lanlshlarda bo‘lgan elementlar majmuasi. “Pedagogik tizim” tushunchasi tizim va pedagogikaning tarkibiy elementlariga asoslanadi. Shining uchun bu elementlar talqiniga murojaat etamiz. Masalan, I. Y. Potoroko maqsadni aniq ifoda etuvchi tizimni “ma’lum bir vaqt oralig‘ida aniq bir maqsad doirasida muhitdan ajratib olingan chekli funksional elementlar va ular orasidagi munosabatlar to‘plami” sifatida izohlaydi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling