2.Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirlshning yaxlit tizimi.
Malakali mutaxassisni tayyorlashda, ya’ni tayanch, umumkasbiy (kasbiy-pedagogik) va kasbiy (maxsus) kompetensiyalarni shakllantirlsh va rivojlantirlshda ta’lim mazmuni (DTS va o‘quv reja, dasturlar), shakli, metodi, vositalari (darsliklar, elektron axborot ta’lim resurslari va boshqa didaktik materiallar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, laboratoriya jihozlari) va talim texnologiyalari (ta’lim metodlari, tashkiliy shakllari va boshqalar)dan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etiladi hamda kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirilish va auditoriyada ideal sharoitda olingan nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni real sharoitda tajribadan o‘tkazlsh maqsadida malakaviy amaliyot tashkil etiladi
Kasbiy-pedagogik faoliyat monitoringi -yetuk, malakali kadrlarning mustaqil va rejali asosda o‘z ustida lshlashi, kasbiy kompetentlikni izchil rivojlantirib borishini kuzatlshdan iborat. Bu esa ta’lim oluvchilarning o‘qitillsh darajasini bilish uchun testlar, yozma yoki og‘zaki shaklda nazoratlar, audit, esse, portfolio, o‘z-o‘zini baholash, imitatsion va muammoli vaziyatli topshiriqlar asosida ma’lumotlarni yig‘ish usuli, ta’lim natijalarining darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar majmuyidan iboratdir.Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirlshda yaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz.
Yaxlit tizim – muayyan maqsadni amalga oshirilishga xizmat qiladi. Bu ta’rifni yaxshi tushunib, uning ma’no mohiyatini tahlil etadigin bo‘lsak, ushbu ta’rifda pedagogik kompetensiya tushunchasi mazmuniga kiradigan quydagi masalalarni ajratlsh mumkin bo‘ladi:
1.Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va aql zakovatining yuksak ko‘rsatkichi.
2.O‘zining o‘qitayotgan faniga doir keng va bilim sohibi.
3.Pedagogika, umumiy va pedagogika-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, o‘qitlsh va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish.
4.O‘quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini egallangan bo‘lishi. Demak, pedagogik kompetensiyaining asosi o‘z ustida mustaqil o‘qish hamdir.
Pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishi, usta (master) juda ilg‘or, bilimdon yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi.
“Pedagogik kompetensiya”maqsadi- pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirlsh, pedagogik texnikani egallash to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |