talablarga amal qilish kerak:
1.Anketalar o'quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal
vositasiga aylantirmasligi kerak.
2.Anketalar juda katta va noaniq bo'lmasligi kerak.
3. Anketani o'tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi
kerak va hokazo.
Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so'z bo'lib, rolni boshqaraman, idora etaman,
boshqarish san'ati degan ma'noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik
organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi.
Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari
asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o'quv jarayonini,o'qitish va bilim berish jarayonlarini
boshqarishning alohida shakli sifatida o'ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida juda katta farq bor.
Sosilogik metod. Yuqoridagi sanab ko'rsatilgan metodlar qo'llashda tadqiq qilinayotgan
o'quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor.
Bunday paytda o'quvchilarning ko'pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu
muammosini hal etishda sosiologik metodini qo'llash talab qilinadi. Misol uchun maktab
o'quvchilari o'zlarining bo'sh vaqtlardini qanday o'tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa
savollari asosida so'rash ko'plab o'quvchilardan o'tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.
Modellashtirish - bu real mavjud pedagogika tizimiga aynan o'xshash maxsus andoza
(model) ni yaratib, unda bu tizimni tashkil qilish va faoliyat ko'rsatish prinsiplarini takrorlagan
Do'stlaringiz bilan baham: |