holda uning moddiy yoki hayoliy tarazda ishlab ko'rish demakdir. Modellashtirish yordamida
tizimning ushbu aniq holatda muhim bo'lmagan xususiyatlaridan chetga chiqish mumkin.
Tadqiqotchi pedagog bu metoddan foydalanarkan, ayrim xususiyatlar, shakllari va jarayonlarni
analitik tarzda o'rganish o'rniga nazort qiladigan sharoitlardagi yaxlit tizimlarni sintetik tarzda
bilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Turli fanlardan dars beradigan o'qituvchilar o'quvchilar bilan ishlashda o'z maqsadlariga
erishishda o'ziga xos ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishdi.
2.4. Ta'lim nazariyasi (Didaktika) va uning vazifalari
Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika
ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan
ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim nazariyasi
ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga
oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchi-talabalarni har tomonlama tarbiyalash
maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi.
Didaktikaning predmeti ta‘lim-tarbiya muassasasi sharoitida o’qituvchining rahbarligi
ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq
qilinadi, har xil tipdagi ta‘lim-tarbiya muassasalarida beriladigan ta‘lim mazmunini belgilashning
ilmiy asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda
ta‘limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida didikatikaga doir o’lmas asarlar yozib qoldirgan bir qancha
Do'stlaringiz bilan baham: |