borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab
hujjatlarini tekshirish orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati
haqida aniq ma‘lumotlar olinadi.
Eksperiment – so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi.
Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy
ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi:
1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti.
3) Amaliy tajriba.
Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo’li
bilan to’plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod
eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar
bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy
konferentsiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma‘ruzalar bilan chiqish ilmiy maqolalar, kitoblar
nashr etish, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik tavsiyalari bo’lishi mumkin. Pedagogikada hali
hal etilmagan muammolar juda ko’p. Bular ilmiy – tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi.
Anketa metodi. Anketa fransuzcha so'z bo'lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa
metodi o'quvchilardan so'rash metodi bo'lib, u o'quvchilar tarkibining sifati to'g'risida kerakli
ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga
yo'llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o'tkaziladi. Bu metodni qo'llashda quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |