tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi ta‘lim-tarbiya soxasida muhim o’zgarishlar va tub
islohatlarning o’tkazilishiga asosiy omil bo’ldi. Shu boisdan bugungi kunda ta‘lim-tarbiya
muassasalari faoliyatini yaxshilash, shakllantirish, o’qitish tizimini yaxshi yo’lga qo’yish va yangi
pedagogik texnologiyalarni joriy etishga erishilmoqda.
XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan,
pedagogika-psixologiya sohasida yangi yo’nalishlar, o’qitishning ilg’or pedogоgik texnologiya
asosidagi o’qitish usullari kulami rivojlandi. Yangi pedagogik texnologiya asosida o’qituvchilar
faoliyati shakllanmoqda, shuningdek masofaviy ta‘lim, axborot texnologiyasi yordamida dars
berish hozirgi zamonaviy o’qituvchining faoliyatida ko’rinmoqda.
2.5. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati.
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim
jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.
Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga
tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon
sodir bo’ladigan jarayondir. Bu o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O’qituvchi bilim
egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda
bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli
ta‘lim puxta uylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga
aylanib, kutilgan natijalarni beradi.
Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini
o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda ikki tomon
Do'stlaringiz bilan baham: |