Referat. Mavzu: Maktabgacha pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Reja


Chunki o’qituvchi ham, o’quvchi ham ta‘lim jarayonining asosiy tarkibi hisoblanadi. Shu boisdan


Download 35.21 Kb.
bet12/13
Sana21.06.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1641322
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Документ (25)

Chunki o’qituvchi ham, o’quvchi ham ta‘lim jarayonining asosiy tarkibi hisoblanadi. Shu boisdan 
ta‘lim jarayonida bu ikki tomondan bittasi, ya‘ni o’qituvchi yoki o’quvchi qatnashmasa ham ta‘lim 
jarayoni amalga oshmaydi. 
O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma‘naviy sifatlarga 
ega bo’lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. O’quvchilarda bilimga qiziqish va 
ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan 
qurollantirish kerak. Shu bilan birga o’qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb 
tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining 
rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim. 
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli 
qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bularni amalga 
oshirish esa o’qituvchining xilma xil faoliyatiga bog’liq: yoshlarni o’qitish, maktabdan va sinfdan 
tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot 


ishlarni tashkil eta bilish xamda o’tkazish va hakozo. O'qitish jarayoni ikki faoliyatni ya'ni 
o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchi faoliyati o'quv materiallarini bayon 
qilishdan, o'quvchilarda fanga qiziqishni tarkib topdirishdan, ularning mustaqil ishlariga
ko'nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o'qishga xohishini uyg'otish, rag'batlantirish kabi 
butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir. 
O'qitish jarayonining ikkinchi tomoni o'quvchining faoliyati bo'lib, u o'quv fani 
materiallarini o'zlashtirishdan iborat. Demak, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilimlarini tarkib 
toptirib, ko'nikmalarni shakllantirib, umumiy rivojlanishi ta'minlanadi. 


Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling