DARAJASI NORMAL QUYQLIGI QOTISH BOSHLANISHI VA OXIRI
MARKASINI ANIQLASH.
Vazifa.
Gips bog‘lovchi moddalarning xossalarini aniqlash.
Gips bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Qurilishgipsi
havoda qotadigan bog‘lovchi moddadan iborat bo‘lib, gipstosh (CaSO
4
·2H
2
O) ni
150-180
0
S issiqda kuydirib tarkibida yarim molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfat
(CaSO
4
·0,5H
2
O)ga aylantirib, tuyib maydalash yo‘li bilan olinadi. Qurilish
gipsidan qurilish detallari va buyumlari tayyorlash maqsadida, shuningdek, suvoq
ishlarida foydalaniladi.
GIPS
BOG‘LOVCHI
MODDANING
MAYDALIK
DARAJASINI
ANIQLASH
Maydalik darajasi bo‘yicha texnik talablar.
Gipsni turi
Maydalik
darajasi
turi
Elakda qolgan to‘la qoldik (№
0,2 mm li elak), % ko‘p emas.
Dag‘al
maydalanganlik
I
23%
O‘rtacha
maydalanganlik
II
14%
Nozik maydalanganlik III
2%
Ta’rif.
Gipsning maydalik darajasi 0,2 nomerli elakda elangandan keyin
qolgan qoldiqning miqdori bilan ifodalanadi.
Asbob va uskunalar.
Elektron tarozi, 0,2 nomerli elak.
Ishlash tartibi.
Quritish javonida 50-55°S haroratda bir soat mobaynida
quritilgan gips namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga
soat oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips
turi 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi. Gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish
kerak, gips qo‘lda elanadi, yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash
jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, keyin asbob to‘xtatilib, elakning tubi
ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi. Tekshirib
ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga elanadi. Bir
daqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nihoyasiga etkazilgan
hisoblanadi. Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips
massasining dastlabki namuna massasi (50 g)ga nisbati sifatida aniqlanadi,
bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta
sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips kukunining mayinlik
qiymati sifatida qabul qilinadi.
Gips namunasi- …………g. Hisoblash formulasi:
%
100
1
m
m
M
Elakda qolgan qoldiq - …….g. Maydalik darajasi -…….%
Do'stlaringiz bilan baham: