Referat mavzulari ro’yxati


GIPS HAMIRINING NORMAL QUYUKLIGINI ANIQLASH


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
 GIPS HAMIRINING NORMAL QUYUKLIGINI ANIQLASH 


Ta’rif. Narmal quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo‘lgan, 
latun silindri ko‘targanda ichidagi gips hamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni 
ko‘rsatganligiga aytiladi. 
Asbob va uskunalar. Suttard viskozimetri, tarozi, suv, qorishtirgich, oyna, 
chizg‘ich. 
Ishlash tartibi. Gips hamirining normal quyuqligi Suttard viskozimetri 
(rasmda) yordamida aniqlanadi. Bu asbob balandligi 100 mm va ichki diametri 50 
mm bo‘lgan mis yoki jez silindrdan iborat. Silindrning ichki yuzasi va shisha 
plastinka tegib turaditan cheti puxta silliqlangan bo‘lishi shart. Tajriba vaqtida 
silindr shisha plastinkaga o‘sha tomoni bilan o‘rnatiladi. Diametri 240 mm dan 
kattaroq bo‘lgan shisha plastinkaning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan qog‘ozga 
diametri 150-220 mm bo‘lgan bir necha konsentrik aylana chiziladi. Diametri 170-
190 mm bo‘lgan aylanalar orasidagi masofa 5 mm, boshqa aylanalar orasidagi 
masofa esa 10 mm bo‘lishi lozim. Tajriba o‘tkazish oldidan silindr va shisha 
plastinkani xo‘l latta bilan artish kerak. SHisha plastinka aniq yotiq holda 
joylanadi, silindr esa konsentrik aylanalar markaziga o‘rnatiladi.Gips hamirining 
normal quyuqligini aniqlash uchun tarozida 300g gips tortib olinib, 150-220mm suv 
quyilgan mahsus kosaga solinadi va sim xalqalardan iborat dastaki chilcho‘p bilan 
30 sekund davomida uzluksiz ravishda aralashtirib turiladi. Hisoblash vaqti 
kosadagi suvga gips kukuni solingan paytdan boshlanadi. 30 daqiqadan keyin 
shisha plastinkadagi aylanalar markaziga o‘rnatilgan silindrga gips hamiri 
to‘ldiriladi, silindrdan ortib chiqib turgan hamir chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. 
Kosadagi hamirni qorishtirish to‘xtatilganidan 15 sekund o‘tgach, plastinka 
ustidagi silindrni ko‘tarib chetga olib qo‘yish kerak. SHunda shisha plastinka 
ustidagi gips hamiri kulchadek yoyiladi. Gips hamirining yoyilish (kulcha) diametri 
konsentrik aylanalar bo‘yicha aniqlanadi yoki bir-biriga nisbatan tik joylashgan 
ikki yo‘nalishda o‘lchanadi (yo‘l qo‘yilgan xatolik 5mm dan ziyod bo‘lmasin) va 
o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblab chiqariladi. YOyilgan hamirning o‘rtacha 
diametri gips hamirining quyuqligi, ya’ni konsistensiyasini ifodalaydi. YOyilgan 
gips hamiri diametrining 180±5mm ga tengligi hamirning quyuqligi normal ekanligi 
(standart konsistensiya)dan darak beradi. Kulcha diametri bundan katta yoki kichik 
bo‘lsa, tajriba takrorlanadi, lekin bu gal suv miqdori 1-2% o‘zgartiriladi. Gips 
hamirining normal quyuqligi 100 g gipsga to‘g‘ri keladigan suvning millilitrlardagi 
massasi bilan ifodalanadi. 
Tajriba ko‘rsatmalari 





Olingan gips massasi, g 
Olingan suv massasi, g (ml) 
Gips massasiga nisbatan suvni hajmi, %
YOyilgan kulchaning diametri, sm 
Normal suyuqlik - …………% 


1 – rasm. Viskozimetr sxemasi va u bilan ishlash uslubi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling