Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- QUMNING O‘RTACHA TO‘KMA ZICHLIGINI ANIQLASH
LABORATORIYA №10 10-ISH. BETONLAR UCHUN MAYDA TO‘LDIRGICH QUMNING XOSSALARINI ANIQLASH. Vazifa. Xossalarini aniqlash. Qum uchun umumiy tushuncha va qo‘yiladigan texnik talablar. To‘ldirgichlar betonning asosiy qismi hisoblanadi. Ular beton hajmining 80-85% ini, binobarin, betonning qattiq skeletini tashkil etadi va shu bilan betonning qurib kichrayishini kamaytiradi hamda qurib yorilishining oldini oladi. To‘ldirgichlarning sifati og‘ir betonning texnik xossalariga juda ta’sir etadi. To‘ldirgichlar donalari (zarralari)ning yirik-maydaligiga qarab, mayda to‘ldirgich (qum) va yirik to‘ldirgich (chaqiqtosh) kabi xillarga ajratiladi. Og‘ir beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida tabiiy qum ishlatiladi, qum pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda emirilishidan hosil bo‘lgan, yirik-maydaligi 0,14-5 mm keladigan zarralardan iborat sochiluvchan materialdir. Tabiiy qumlar joylashishiga qarab, daryo qumi, dengiz qumi va jarliklar (tog‘) qumi degan nomlar bilan yuritiladi. Daryo va dengiz qumlarining zarralari shaklan dumaloq, jarlik (tog‘) lar qumining zarralari esa o‘tkir qirrali bo‘ladi, bunday zarralar beton bilan yaxshi tishlashadi. Biroq jarliklar qumida zararli aralashmalar dengiz va daryo qumlaridagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. QUMNING O‘RTACHA TO‘KMA ZICHLIGINI ANIQLASH Ta’rif. Qum 10 sm balandlikdan idishga erkin tushganligi va o‘sha massani hajmga bo‘linganligi qumning to‘kma zichligi deyiladi. Asbob va uskunalar. 1l hajmli idish, quritish javoni, tarozi, lineyka. Ishlash tartibi.Betonning tarkibini hisoblash, qum zarralari orasidagi bo‘shliqlar hajmini aniqlash, shuningdek, qumni tashib keltirish, to‘ldirgichlar saqlanadigan omborlarni loyihalash va shu kabilar bilan bog‘liq hisoblash uchun qumning to‘kma zichlignni bilish kerak. To‘kma zichlikni aniqlash uchun og‘irligi 5 kg bo‘lgan o‘rtacha namuna quritish javoniga joylanib, massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha 110±5°S haroratda quritiladi. So‘ngra ko‘zlarining diametri 5 mm keladigan g‘alvirdan o‘tkaziladi, sovitiladi, keyin massasi aniqlangan 1 l sig‘imli metall silindrga 10 sm balandlikdan kurakcha bilan oz-ozdan tashlab turiladi, silindr limmo-lim to‘lgach, uyulib turgan ortiqcha qum metall yoki yog‘och chizg‘ich bilan tekislanadi, bu vaqtda silindrni mutlaqo silkitmaslik kerak, aks holda qum zichlashadi. Qumga to‘la silindr tarozida tortiladi. Qumming to‘kma zichligi formula yordamida hisoblanadi va natija jadvalga to‘ldiriladi № Massa, g Idish hajmi, sm 3 To‘kilgan o‘rtacha zichlik, g/ sm 3 idish idish bilan qum qum 1 2 To‘kilgan qumning o‘rtacha zichligining o‘rtacha qiymati . . . kg/m 3 Hisoblash formulasi: V m m q 2 1 Bu erda: 1 m - qum to‘ldirilgan silindrning massasi, g; 2 m - bo‘sh o‘lchash silindrining massasi, g; V - silindrning hajmi, sm 3 . O‘rtacha to‘kma zichlikni aniqlash rasmi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling