Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
 
 
 SEMENT HAJMINING BIR TEKISDA O‘ZGARISHINI ANIQLASH 
Umumiy tushunchalar. Sement qotishi sementtosh hajmining o‘zgarishi 
bilan kuzatiladi. Biroq sementdagi erkin Ca va MgO larning so‘nishi sement 
hamiri toshdek qotib qolgandan keyin ham davom etganligidan toshning hajmi 
ortadi, bu xol qotib qolgan betonlar va qorishmalar hajmining notekis 
o‘zgarishiga va yorilishga sabab bo‘lishi mumkin. 
Asbob va uskunalar. Tarozi, kolba, elak, qorishtirgich, shisha oyna, suv. 
Ishlash tartibi. Sement hajmining bir tekis o‘zgarishini bilish uchun 
sementdan tayyorlangan namuna-kulchalar suvda qaynatiladi. Kulcha tayyorlash 
uchun 400 g sementdan normal quyuqlikda hamir qoriladi, shu hamirdan tarozida 
har biri 75 g keladigan to‘rtta zuvala tortiladi. Har bir zuvala mashina moyi 
surtilgan alohida-alohida shisha plastinkalar ustiga qo‘yiladi. Zuvalalar 
kulchadek yoyilishi uchun plastinkani stolning chetiga sekin-sekin urish kerak
shunda diametri 7-8 sm va o‘rta qismining qalinligi 1sm keladigan kulchalar hosil 
bo‘ladi. Kulchalarning yuzi suvda xo‘llangan pichoq bilan chetidan o‘rtasiga 
tomon silab tekislanadi. SHu tariqa tayyorlangan namunalar shisha plastinkaga 
joylanib, gidravlik qopqoqli vannada 24 soat tutiladi; vannadagi harorat 20±5°S 
bo‘lishi kerak. So‘ngra kulchalar shisha plastinkadan olinib, bak ichidagi panjara 
tokchaga joylanadi. Bakdagi suv sathi o‘zgarmasligi uchun bak rostlagichga 
rezina shlang yordamida tutashtirilgan bo‘ladi. Rostlagich og‘ziga o‘rnatilgan 
naycha bakdagi suvning sathi kulchalar yuzidan 4-6 sm balandroq bo‘lishini 
ta’minlaydi. Keyinchalik bakning qopqog‘i yopiladi va bak isitadigan asbob ustiga 
qo‘yiladi. Bakdagi suv 30-45 minutda qaynaydi, namunalar shu suvda 4 soat 
qaynatiladi. Ular bakda turgan holida 20±5°S gacha sovishi lozim, shundan keyin 
bakdan olinib, sinchiklab ko‘zdan kechiriladi. Qaynatilagan namuna-kulcha 
yuzida uning chetiga etib turadigan radial yoriqlar yoki lupa orqali ko‘rinadigan 
yohud oddiy ko‘zga ham ko‘rinadigan to‘rsimon qil yoriqlar paydo bo‘lmasa va 
namunalar qiyshaymasa sement sifatli hisoblanadi. 
1-rasm. Sinovdan o‘tgan kulchalar.
2-rasm. 
Sinovdan o‘tmagan 
kulchalar. 
Kulchaning o‘lchamlari -…..
Kulchaning massasi -………g 


Suv mikdori -……….%
Ishlash uslubi – 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling