Referat toshkent 2022 Reja


Auditorlik professional etika kodeksi


Download 35.62 Kb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

2. Auditorlik professional etika kodeksi
Auditorlik etika kodeksi auditorlik faoliyatining o’ziga xos “odobnoma”si
xisoblanadi. Ushbu kodeks auditorlik faoliyatining umuminsoniy qadriyatlarga,
fazilatlarga mos bo’lishini, auditor o’z faoliyatini halollik bilan, faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishini ta’minlaydi.
Bu Kodeks yuridik kuchga ega va unda keltirilgan tamoillarning buzilishi
auditorning jinoiy, moddiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Ko’pgina xorijiy davlatlar, shu jumladan Respublikamizda qabul qilingan “O’zbekiston
auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi” da auditorlarga nisbatan etika nuqtai
nazaridan quyidagi asosiy talablar keltirilgan:

zimmalaridagi vazifalarini amalga oshirish jarayonida umuminsoniy axloqiy
qadriyatlar, tamoillarga amal qilgan holda, xalollik bilan ish yuritishlari va qaror
qabul qilishlari shart. Boshqacha qilib aytganda, auditorlar “Boshqalar siz uchun
qilishlarini xoxlamagan ishini o’zingiz xam boshqalar uchun qilmang” jumlasiga
amal qilgan holda ish ko’rishlari, butun tekshiruv o’tkazish va xulosa tayyorlash
jarayonida halollik bilan ishlashlari, masalalarga holislik bilan yondoshishlari,
adolatsizlikka va boshqa xamkasblari tomonidan insoniy, axloqiy qadriyatlarning buzilishiga yo’l qo’ymasliklari lozim.

mijoz to’lasada, auditor faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish ko’rishi shart. Mijoz manfaatlarini soliq va sud idoralarida ximoya etishdan
oldin auditor mijozning bu manfaatlari to’g’ri, qonuniy asosda yuzaga kelganiga
ishonch hosil qilishi zarur. Aks holda auditor mijoz manfaatlarini ximoya etishdan bosh tortishi shart.

4

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling