Referat toshkent 2022 Reja
Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarning auditorlik firmasi bilan munosabatlari
Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar boshqa auditorlarga
do’stona munosabatda bo’lishlari va ularning ishlarini asossiz tanqid qilmasliklari zarur. Mijoz talabiga ko’ra tekshiruvda qatnashayotgan auditorlardan biri yoki bir nechtasi almashtirilsa, avvalgi auditor keyingi auditor bilan xam yaxshi munosabatlarni o’rnatishi, yangi auditor o’z ishini yuqori sifatli qilib o’tkazishi uchun barcha amaliy yordamni ko’rsatishi kerak. Xodimlarning auditorlik firmasi bilan munosabatlari. Malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditor auditorlik firmasiga ishga qabul qilingach shu firmadagi butun faoliyati davomida firma obro’sining ortishi va kelgusi rivoji uchun xizmat qilishi, firma rahbariyati va boshqa xodimlari, shuningdek, mijoz rahbariyati va xodimlari bilan do’stona munosabatlarni o’rnatishi va ta’minlashi lozim. Auditorlik firmasi rahbariyati va xodimlarining o’zaro munosabati xizmat ko’rsatish jarayonida umumiy javobgarlikka asoslanishi va firmaning xizmat ko’rsatish doirasini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilishi zarur. Auditorlik firmasi o’z xodimlarining malakasini oshirishi ustidan doimiy 7 nazoratni tashkil etishi va uzluksiz ta’limni ta’minlashi kerak. Rivojlangan davlatlarda yirik auditorlik firmalari “Professional rivojlanish” bo’limini tuzganlar. Bu bo’limning asosiy vazifalari qatoriga firma xodimlarining malakasini doimiy ravishda yuqori darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida audit, buxgalteriya, soliq, qonunchilik, axborot texnologiyalari kabi soxalar bo’yicha turli seminarlar, treyning kurslarini tashkil etish, ilmiy izlanishlar olib borish, jurnallar va adabiyotlar nashrini yo’lga qo’yish kabilar kiradi. Auditorlik firmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o’z vazifalariga halollik bilan, zimmalaridagi majburiyat va javobgarlikni xis etgan holda yondoshishlari, o’z malakalarini oshirib borishga xarakat qilishlari, ichki va tashqi hujjatlar bilan ehtiyotkor ishlashlari va mijoz rahbariyati, shuningdek, xodimlari bilan munosabatda mustaqillik tamoilidan chetlashmasliklari zarur. Agar avvalgi xodimlar auditorlik firmasi manfaatlari va auditorlik faoliyati obro’-etiboriga jiddiy ta’sir etuvchi xatti xarakatlarni sodir etmagan bo’lsalar, auditorlik firmasi rahbariyati xam uchinchi tarafga bu avvalgi xodimlarining professional va shaxsiy xususiyatlarini ochiq bayon etmasligi kerak. Biror sabablarga ko’ra auditorlik firmasini tark etayotgan xodim ushbu firmaga tegishli, axamiyatli va maxfiy xisoblangan barcha hujjatlarni, ma’lumotlarni, texnik vositalar (uyali aloqa, kompyuter) ni o’z vaqtida topshirishi kerak. Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling