Referat toshkent 2022 Reja


Download 35.62 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

Auditorning holisligi. Tekshiruv yakunida xulosa va tavsiyalar

tayyorlash uchun yagona asos - etarli miqdordagi va ishonchli ma’lumot
xisoblanadi. Auditor bilgan holda noto’g’ri ma’lumotlarni to’plashi, yoki
ma’lumotlarni soxtalashtirishi va ularni tashqi foydalanuvchilarga taqdim etishi
mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish jarayonida xar qanday turdagi tashqi
bosim yoki shu kabi boshqa holatlar o’z muloxazasining holisligiga (holislik -
jamiyat manfaatlaridan boshqa guruhlar manfaatini ximoya etmaslik) ta’sir
etmayotganiga ishonch hosil qilishi va shuni ta’minlashi, aks holda xulosa
berishdan bosh tortishi shart.

  • Auditorning e’tiborliligi. Professional xizmat ko’rsatish jarayonida

auditor o’z ishiga yuqori darajada e’tiborlilik, ehtiyotkorlik bilan yondoshishi,
rejalashtirish, tekshiruv o’tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida mavjud
qonunlar va standartlarga to’liq amal qilinishini ta’minlashi, tekshiruvning xar bir bosqichiga nisbatan yuqori darajadagi nazoratni o’rnatishi zarur.

rahbariyatining aloxida vakillari bilan auditor mustaqilligiga ta’sir o’tkazish
darajasidagi yaqin munosabatlarga ega bo’lsa, bu tekshiruvni o’tkazishdan bosh
tortishi lozim. Tekshiruv davrida va tekshiruv yakunida tayyorlangan hujjatlarda
auditor korxonaga nisbatan to’liq mustaqilligini ishonch bilan bayon eta olishi
zarur.

  • Auditorning professional malakasi. Auditor mijozga xizmat ko’rsatishda yuqori darajadagi malakaga ega bo’lishi lozim. Yangi mijoz bilan munosabat o’rnatishdan oldin auditor shu mijoz uchun audit amaliyotining yangi

uslubiyatlarini qo’llash, eng so’nggi qonunchilikka amal qilgan holda yuqori
darajali xizmat ko’rsatishni kafolatlashi zarur.
Auditor o’z malakasi doirasidan tashqari bo’lgan soxalarda xizmat
5
ko’rsatishi, tavsiya berishi mumkin emas. Tekshiruv davomida bunday hollarga
duch kelinsa, auditor mustaqil ekspert xizmatidan foydalanishi shart.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling