Referat toshkent 2022 Reja
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq munosabatlari
- Ko’rsatilgan xizmat uchun to’lov
Mijoz tijorat siri. Auditor mijoz bilan munosabatlarning davom
etayotgani yoki to’xtaganligidan qat’iy nazar, shu mijozga xizmat ko’rsatish jarayonida qo’lga kiritilgan xar qanday ma’lumotni sir tutishi zarur. Auditor xech qachon mijozga xizmat ko’rsatish jarayonida ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni mijoz korxona zarar ko’rishi evaziga o’z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko’zlab oshkor etmasligi lozim. Soliq munosabatlari. Auditorlar xar qanday sharoitda xam soliqqa doir qonunchilikka to’liq amal qilishlari shart. Auditorlar o’z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko’zlagan holda daromadlarini yashirmasliklari kerak. Bu majburiyat mijozga soliqqa doir xizmat ko’rsatish jarayonida xam amal qiladi. Auditor mijoz manfaatlaridan kelib chiqqan holda soliq qonunchiligini buzib ish tutishi qonunga xilof amaliyot xisoblanadi va javobgarlikka tortiladi. Tekshiruv o’tkazish jarayonida soliqqa doir aniqlangan kamchiliklar yuzasidan auditor mijoz rahbariyatiga yozma ko’rinishda zudlik bilan xabar berishi, bu kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini taklif etishi va zaruriy choralar ko’rilmaganda mijozga nisbatan qollanilishi mumkin bo’lgan jazo choralaridan xabardor qilishi lozim. Mijozga soliqqa doir tavsiyalarni auditor faqatgina yozma ko’rinishda taqdim etishi zarur. Shu bilan birga auditor mijozga bu tavsiyalar soliq idoralari bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xar qanday tur muammolarni xal etmasligini va soliq deklaratsiyasi va soliqqa doir boshqa hujjatlardagi ma’lumotlarning to’g’riligi yuzasidan javobgarlik faqatgina mijoz rahbariyati zimmasida ekanligini xam eslatib o’tishi kerak. 6 Ko’rsatilgan xizmat uchun to’lov. Tekshiruv uchun to’lov etika talablariga javob berishi uchun to’lov summasi tekshiruv xajmi va sifatidan kelib chiqishi lozim. To’lov summasiga ko’rsatilayotgan xizmatning murakkabligi, auditorlar malakasi, auditorlik firmasining obro’–e’tibori va auditor o’z zimmasiga olayotgan javobgarlik kabi omillar xam ta’sir o’tkazadi. To’lov summasi yuqoridagi omillardan qat’iy nazar faqat ma’lum maqsadlarga erishilishiga bog’liq bo’lishi qonunga zid amaliyot xisoblanadi. Auditor xizmat uchun to’lov summasi va shaklini oldindan kelishib qo’yishi kerak. Mijoz o’z yillik daromadining katta qismini audit tekshiruvi uchun xizmat xaqi sifatida berishi esa auditor tomonidan auditorlik etikasiga amal qilinganini shubxa ostiga qo’yishi mumkin. Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling