Referat toshkent 2022 Reja


Auditda professional javobgarlik sug’urtasi


Download 35.62 Kb.
bet8/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

4. Auditda professional javobgarlik sug’urtasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar qanday tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan
auditorlik faoliyati xam tavakkalchilikka asoslanadi. Ya’ni faoliyat yakunda faqat daromadli bo’lishini xech kim kafolatlamaydi. Auditorlik faoliyatidagi eng asosiy tavakkalchilik auditorning o’tkazilgan tekshiruv yuzasidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan javobgarligi (noto’g’ri xulosa va maslaxat, xato baholash va boshqalar) bilan bog’liq.
Ko’rsatiladigan xizmat turi va ish xajmi qanchalik katta bo’lsa,
12
tavakkalchilik xam mos ravishda oshib boradi. Bu esa auditor tomonidan xato
xulosa, maslaxatlarning berilishi ehtimolini oshiradi. Shu sabab, xozirda auditorlar o’z faoliyati bilan bog’liq bu tavakkalchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moddiy javobgarlikni qisqartirish maqsadida o’z xulosa va maslaxatlarini sug’urtalashmoqda.
Bu tur sug’urtadan foydalanish uchun auditorlik firmasi auditorning
professional (fuqarolik) javobgarligini sug’urtalashni taklif etayotgan sug’urta
kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va doimiy ravishda sug’urta badallarini to’lab boradi.
Sug’urta sub’ekti – O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati
to’g’risidagi qonun”ga asosan tashkil etilgan va faoliyat yuritadigan yuridik
shaxslar (auditorlik tashkiloti) va jismoniy shaxslar (auditorlar);
Sug’urta ob’ekti – auditorning auditorlik professional faoliyatini amalga
oshirish jarayonida uchinchi tarafga etkazgan zararini qonun bilan belgilangan
tartibda qoplash majburiyati bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaati xisoblanadi.
Sug’urta kompaniyasi sug’urta to’lovini uchinchi taraf nomidan auditorlik
firmasiga auditorlar tomonidan etkazilgan zararni qoplshni so’rab kelib tushgan
arizaga muvofiq amalga oshiradi. O’z navbatida sug’urta kompaniyasi auditor
tekshiruvga holisona yondoshgan jarayonda bilmagan holda yo’l qo’ygan xatoligi natijasida uchinchi tarafga etgan zararni qoplaydi. Auditor tomonidan mijozga moddiy zarar etishi mumkinligini bilib turib atayin qilingan xatolik yoki amalga oshirilmagan xatti-harakat natijasida uchinchi tarafga etgan zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi.

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling